Erbil, shuningdek Hawler (kurdcha: ھەولێر ,Hewlêr[1] arabcha: أربيل,[2] suryoniycha: ܐܲܪܒܹܝܠ,[3] yoki Arbel, turkcha: Erbil)[4] — Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri. Shuningdek tarixiy manbalarda shahar Arbel nomi bilan ham uchraydi.[5] Bugungi kunga qadar shahar aholisini roʻyxatga olish oʻtkazilmagan va aholining aniq soni maʼlum emas. Shahar aholisining soni 1,600,000 atrofida deya taxmin etiladi[6].

Erbil
Shahar
36°11′28″N 44°0′33″E / 36.19111°N 44.00917°E / 36.19111; 44.00917 G OKoordinatalari: 36°11′28″N 44°0′33″E / 36.19111°N 44.00917°E / 36.19111; 44.00917 G O
Mamlakat Iroq
Hukumat
 • Hokim Omed Khoshnaw
Avvalgi nomlari Arbairā, Arbailu
Maydon 115 km2 (44 mi²)
Markazi balandligi 390 m
Rasmiy til(lar)i arabcha
Aholisi
 (2022)
1 612 700
Zichligi 10435 kishi/km2
Konfessiyaviy tarkib
Etnoxoronim Hawleri
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi 066
Pochta indeks(lar)i 44001
Erbil xaritada
Erbil
Erbil

Miloddan avvalgi 5-mingyillikda Erbil hududiga odamlar kelib oʻrnasha boshlagan[7]. Shahar markazida qadimiy Erbil qal’asi va Mudafariya minorasi joylashgan. Mintaqaga oid eng qadimgi tarixiy maʼlumot Shumerning uchinchi Ur sulolasi davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, oʻshanda shoh Shulgi Urbilum shahri haqida taʼkidlagan. Keyinchalik shahar Ossuriya tomonidan bosib olingan[8][9].

Gutiylar tomonidan bosib olingandan soʻng Erbil miloddan avvalgi XXI asrdan miloddan avvalgi VII asrning oxirigacha Ossuriya podsholigining ajralmas qismiga aylangan va Ossuriya yilnomalarida Urbilim, Arbela va Arba-ilu kabi turlicha nomlar bilan maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng shahar bir qancha imperiyalar, shu jumladan, Midiya imperiyasi, Ahamoniylar davlati, Makedoniya imperiyasi, Salavkiylar davlati, Parfiya va Sosoniylar davlatining geosiyosiy ajralmas bir boʻlagi boʻlgan. Musulmonlar Forsni fath qilganidan soʻng, shahar endi eski mavqeini saqlab qola olmadi va oʻrta asrlarda Saljuqiylar imperiyasi va Usmonlilar imperiyasi tomonidan boshqarildi[10].

Erbil arxeologiya muzeyida islomgacha boʻlgan asarlar, xususan Mesopotamiya sanʼatining katta kolleksiyasi mavjud boʻlib, ushbu yer mintaqadagi arxeologik loyihalar markazi hisoblanadi. Shahar Arab Turizm Kengashi tomonidan 2014-yilda Arab turizm poytaxti sifatida eʼlon qilingan[11]. 2014-yil iyulda Arbil qal’asi Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[12].

Etimologiya tahrir

Klassik davrda Arbela (yunoncha: Ἄρβηλα; tarjima. Arbēla) nomi bilan mashhur boʻlgan shaharning qadimiy nomi qadimgi forscha Arbairā va oxir-oqibat Ossuriya tilidagi Arbailu nomiga borib taqaladi[13][14][15].

Demografiya tahrir

Shahar aholisi asosan kurdlar va turkman ozchiligidan tashkil topgan[16][17][18].

Turkman tahrir

Erbil shahrida yashaydigan turkmanlarning soni 300,000 atrofida taxmin qilinadi. Ular asosan Erbil shahri markazidagi Taci, Mareke va Uch Tak mahallalarida, qal’a atrofida yashaydilar. Turkmanlar 2006-yilgacha deyarli 700 ta uyni oʻz ichiga olgan qal’aning Tophane, Tekke va Saray mahallalarida yashaganlar. 2006-yilda qal’a boʻshatilib, qal’adagi turkmanlar boshqa mahallalarga koʻchirilgan. Turkmanlar KRG siyosiy institutlarida, jumladan parlamentda ishtirok etadilar[19].

Tarix tahrir

 
1258-1259-yillarda moʻgʻul Hulokuiylar davlatining Erbil shahri qamali
 
Erbil qalʼasi 2014-yilda UNESCO tomonidan Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[20]
 
Erbil shahri chekkasida joylashgan Ankavadagi Avliyo Jozef xaldeylik katolik sobori

Qadimgi tarix tahrir

Erbil shahri joylashgan hududlar miloddan avvalgi 3000-yillarda Shumerlar davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik butun Mesopotamiyani birlashtirgan Akkad davlati (m.a. 2335-2154) vujudga kelganidan soʻng, shahar ushbu davlat tarkibiga qoʻshib olindi. Bugungi kunda Ossuriya xalqi, akkad tilida soʻzlashuvchilarning avlodlari boʻlgan suriy tilida soʻzlashuvchi jamoa, Shimoliy Iroq, Suriyaning shimoli-sharqi, Turkiyaning janubi-sharqi va Eronning shimoli-gʻarbiy qismida ozchilikni tashkil qiladi. Ushbu aholining soni 3,3 million deb taxmin qilinadi[21].

Adabiy manbalarda Erbil haqida birinchi eslatma Sharqiy Semit tilida soʻzlashuvchi Ebla qirolligi arxividan uchratilgan. Gutiylar qirolligining qiroli Erridupizir miloddan avvalgi 2150-yilda shaharni bosib oldi. Urning hokimi Amar-Sin miloddan avvalgi 1975-yilda shaharni egallagan[22].

Erbil miloddan avvalgi 2050-yillardan boshlab Ossuriyaning ajralmas qismi boʻlib, imperiyaning miloddan avvalgi 612-599-yillar oraligʻida qulaganga qadar boʻlgan davrlarda: Eski Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 1975-1750), Oʻrta Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 1365-1050) va Yangi Ossuriya imperiyasi (miloddan avvalgi 935-605) vaqtida muhim shaharlardan biri hisoblangan. Biroq shahar milodiy VII asrning birinchi yarmigacha fors, yunon, parfiya, rim va sosoniylar hukmronligi ostida Ossuriya tarkibiga kirgan. Midiya davlati hukmronligi davrida Kiaksar qadimgi Eronning sagart qabilasidan boʻlgan bir qancha odamlarni Ossuriyaning Arbela va Arrafa (zamonaviy Kirkuk) shaharlariga joylashtirgan boʻlishi mumkin deya taxmin qilinadi, ehtimol bu ushbu qabilaga Nineviyani qoʻlga kiritishda Kiaksarga yordam bergani uchun mukofot boʻlgan[23]. Klassik mualliflarning fikriga koʻra, Fors imperatori Kir II Buyuk miloddan avvalgi 547-yilda Ossuriyani egallab, uni Ahamoniylar davlati satrapligiga aylantirgan va eski forschada Aθurā (Athura) deb atagan va poytaxti Bobil boʻlgan[24].

Miloddan avvalagi 331-yilda Makedoniyalik Iskandar Ahamoniylar davlatining soʻngi shahanshohi Doro III ni magʻlub etgan Gavgamela jangi, Urbano Montining xaritasiga koʻra, Erbil shahrida 100 kilometr gʻarbda boʻlib oʻtgan[25]. Jangdan soʻng Doro III shaharga qochishga muvaqqat boʻlgan. Keyinchalik Arbela Makedoniyalik Iskandar imperiyasining tarkibiga qoʻshib olindi. Miloddan avvalgi 323-yilda Makedoniyalik Iskandar vafotidan keyin Arbela ellinistik Salavkiylar imperiyasi tarkibiga kirdi[26][27].

Erbil sosoniylar davrida Rim va Fors oʻrtasidagi bahsli hududning bir qismiga aylandi. Adiabene (Ossuriya Hadyabning yunoncha shakli) qadimgi Ashkenazi-Rifathean qirolligining markazi Erbil boʻlgan va shahar, qirollik oilasining yahudiy diniga oʻtishi bilan tarixda mashhur. Parfiya davridan sosoniylar davrining dastlabki davrigacha Erbil Adiabene davlatining Ashkenazi-Rifathean poytaxtiga aylandi[28].

Keyinchalik shahar aholisi asta-sekin I-IV asrlar orasida qadimgi Mesopotamiya dinidan nasroniylikka oʻtdi, Pkidha milodiy 104-yilda shaharning birinchi yepiskopiga aylandi. Ammo qadimgi Mesopotamiya dini milodiy X asrga qadar mintaqada butunlay yoʻq boʻlib ketmadi[29][30]. Arbeladagi Adiabene (Sharqiy Suriya cherkovi viloyati) oʻrta asr oxirigacha sharqiy suriyalik nasroniylikning markazi boʻlib qolgan[31].

Oʻrta asrlar tarixi tahrir

Musulmonlar Forsni bosib olgandan soʻng, Erbil tarkibiga kirgan Naxwardašīragān va keyinchalik Garamig ud Nodardashiragan viloyati tugatildi[32][33] va VII asr oʻrtalaridan boshlab mintaqaga musulmon xalqlar, asosan arablar, kurdlar va turkiy xalqlar asta-sekin kirib keldi. Ushbu mintaqadagi eng koʻzga koʻringan mashhur kurd qabilasi Hadhabani boʻlib, X asrdan XII asrga qadar, Zangiylar hududni bosib olib, Begteginlarga berganiga qadar hukm surganlar[34][35]. Yoqut al-Hamaviy Erbilni XIII asrda asosan kurdlar istiqomat qilgan deb taʼriflagan[36].

Moʻgʻullar Yaqin Sharqni istilo qilgan vaqtlarida, Erbilga birinchi marta 1237-yilda hujum qilganlar. Ular shaharning quyi qismini talon-toroj qilishdi, lekin yaqinlashib kelayotgan xalifalik qoʻshini oldida chekinishga va qal’ani egallashni toʻxtatishga majbur boʻldilar[37]. 1258-yilda Huloku boshchiligidagi moʻgʻullar Bagʻdod xalifaligini bosib olgandan soʻng, Erbilni olti oy qamal qildilar va egalladilar[38][39]. Keyin Huloku shaharga nasroniy ossuriyalik hokimni tayinladi va Suriya pravoslav cherkoviga cherkov qurishga ruxsat berdi[40].

Vaqt oʻtishi bilan butun Hulokuiylar davlati boʻylab nasroniylar, yahudiylar va buddistlarga qarshi doimiy taʼqiblar 1295-yilda Oyrat amir Navruz hukmronligi ostida jiddiy tus oldi va bu mahalliy nasroniy ossuriyaliklarga salbiy taʼsir koʻrsatdi[41]. Mahmud Gazan tomonidan Navruzning qilayotgan oʻzboshimchaliklariga nuqta qoʻyildi[42][43].

Oljeytu hukmronligi davrida Ossuriya aholisi taʼqibdan qutulish uchun qal’aga chekinishdi. 1310-yilning bahorida viloyat maliki kurdlar yordamida qal’ani tortib olishga harakat qildi. Yepiskop Mar Yahballohning yaqinlashib kelayotgan halokatning oldini olish uchun qilgan barcha saʼy-harakatlariga qaramay, qal’a 1310-yil 1-iyulda Hulokuiylar davlati qoʻshinlari va kurd qabilalari tomonidan qamal qilinganidan keyin egallandi va barcha himoyachilar, shu jumladan shaharning quyi qismidagi koʻplab ossuriyaliklar qirgʻin qilindi[44][45].

Biroq, shaharning ossuriyalik aholisi 1397-yilda Amir Temur qoʻshinlari tomonidan shahar vayron qilungunga qadar son jihatdan koʻpchilikni tashkil etgan[46].

Shahar oʻrta asrlarda Umaviylar, Abbosiylar, Buvayhiylar, Saljuqiylar va turkman bekligi Begteginlar tomonidan muvafaqqiyatli boshqarilgan. Keyingi asrlarda shahar Hulokuiylar davlati, Jaloyiriylar davlati, Qora qoʻyunlilar davlati, Temuriylar imperiyasi va Oq qoʻyunlilar davlati tarkibiga kirgan. Shahar keyingi asrlarda 1514-yildagi Chaldiran jangidan soʻng, Usmonlilar imperiyasiga vassal boʻlgan Soran amirligi tarkibiga kirga. Amirlik 1830-yilda oʻzini Usmonlilardan mustaqil deb eʼlon qiladi. 1835-yilda Usmonlilar qoʻshini shaharni egallaydi va Soran amirligini butunlay tugatadi. Shundan soʻng, shahar va unga tutash hududlar Usmonlilar imperiyasining Mosul viloyati tarkibiga kiradi va Birinchi jahon urushida Buyuk Britaniya tomonidan ishgʻol etiladi[47].

Zamonaviy tarix tahrir

 
Erbil markaziy maydoni
 
1900-yildagi Erbil shahrini koʻrsatgan otkritka

Erbil shahri togʻlar ostidagi tekislikda joylashgan, ammo Iroq Kurdistoni aholisining koʻp qismi tepaliklarda, kurdlarning qadimdan anʼanaviy yashash joyi boʻlgan qoʻpol va toshloq yerlarda istiqomat qiladi[48].

Zamonaviy Erbil shahri Usmonli qal’asi tepasida joylashgan. Oʻrta asrlarda Erbil Bagʻdod va Mosul oʻrtasidagi yoʻlda asosiy savdo markaziga aylangan boʻlib, shahar geosiyosiy oʻrni jihatidan bugungi kunda ham muhim hisoblanadi[49].

Erbilda Suriyada davom etayotgan mojarolar tufayli koʻplab qochqinlar ham yashaydi. 2020-yilgi taxminlarga koʻra, Erbilga 2003-yildan beri 450,000 qochqinlar koʻchib kelgan va ularning bu yerda muqim qolishi faraz qilinmoqda[50].

 
Erbil soat minorasi

1970-yilda Iroq hukumati va Mustafo Barzaniy boshchiligidagi Kurdiston demokratik partiyasi (KDP) oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng Iroq Kurdistoni parlamenti Erbil shahrida tashkil etilgan. Ammo 1991-yilgi Fors koʻrfazi urushi oxiridagi kurdlar qoʻzgʻolonigacha Saddom Husayn tomonidan nazorat qilingan. 1990-yillarning oʻrtalarida ikki asosiy kurd fraksiyalari — Kurdiston demokratik partiyasi va Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi (KVI) oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlanganidan keyin qonun chiqaruvchi organ oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Shahar 1996-yilda Saddam Husayn hukumati yordamida Kurdiston demokratik partiyasi tomonidan bosib olingan. Keyin Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi Sulaymoniyada muqobil kurd hukumatini tuzdi. Kurdiston demokratik partiyasi 1996-yil mart oyida Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi KDPga qarshi kurashish uchun Erondan yordam soʻraganini daʼvo qiladi. Eronliklarning Iroq tuprogʻiga kirib kelgan deb baholagan KDP Saddam Husayndan yordam soʻragan[51][52].

Erbildagi Kurd parlamenti 1997-yilda kurd partiyalari oʻrtasida tinchlik bitimi imzolangandan soʻng qayta yigʻildi, ammo haqiqiy kuchga ega boʻla olmadi. Erbildagi kurd hukumati avtonom hududning faqat gʻarbiy va shimoliy qismlarini oʻz nazoratiga ola oldi. 2003-yilda Iroqqa bostirib kirish paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari maxsus kuchlarining shtab-kvartirasi Erbil yaqinida joylashgan[53][54][55].

AQSh Iroqni ishgʻol qilgan paytda Erbilga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirildi. 2004-yil fevralida Hayit bayramiga qarshi sodir etilgan portlashlarda 117 kishi halok boʻlgan[56]. Portlashdagi mas’uliyatni Ansor as-Sunna oʻz zimmasiga olgan. 2005-yil may oyida jonli bombaning (oʻzini portlatgan inson) portlashi oqibatida 60 nafar tinch aholi halok boʻldi va yana 150 nafari yarador boʻldi[57].

2005-yilda Erbil xalqaro aeroporti ochildi[58][59][60].

2013-yil sentyabrida beshta avtomobil portlashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi[61][62].

2015-yilda Chikagoda joylashgan Sharqiy Ossuriya cherkovi oʻz oʻrnini Chikagodan Erbilga koʻchirdi[63].

2021-yil fevral oyida shaharga bir qator raketalar kelib tushdi, 2 kishi halok boʻldi va 8 kishi jarohatlandi. Keyingi raketa hujumlari 2022-yilning mart oyida amalga oshirildi[64][65][66].

Transport tahrir

Erbil xalqaro aeroporti Iroqning eng gavjum aeroportlaridan biri boʻlib, u shahar yaqinida joylashgan. Xizmatlar Bagʻdod xalqaro aeroporti kabi koʻplab ichki yoʻnalishlarga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni oʻz ichiga oladi. Erbildan koʻplab mamlakatlariga, jumladan Gollandiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Avstriya, Turkiya, Iordaniya va boshqa koʻplab dunyoning davlatlariga reyslar qoʻyilgan. Erbil xalqaro aeroportidan vaqti-vaqti bilan mavsumiy reyslar amalga oshiriladi. Erbil xalqaro aeroporti 2017-yil sentyabr oyida Iroq hukumati tomonidan kurdlarning mustaqillik ovoziga qarshi xalqaro tijorat reyslari uchun qisqa muddatga yopilgan edi, ammo 2018-yilning mart oyida qayta ochildi[67][68].

Erbil va uning atrofidagi tumanlar oʻrtasidagi boshqa muhim transport turi avtobus hisoblanadi. Turkiya va Eronga ham avtobusda qatnovlar qoʻyilgan. 2014-yilda yangi avtovokzal ochildi[69]. Erbilda shaharni oʻrab turgan beshta halqa yoʻl tizimi mavjud[70].

Iqlim tahrir

Erbil Oʻrta yer dengizi iqlimiga ega boʻlib, yozi juda issiq va uzoq, qishi esa yumshoq boʻladi. Yoz oylari juda quruq boʻlib, iyun-sentyabr oylarida yogʻingarchilik kam yoki umuman boʻlmaydi. Qish oylari odatda nam va zax boʻladi, yanvar eng yomgʻirli oy hisoblanadi[71].

iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha harorat, °C 12,4 14,2 18,1 24,0 31,5 38,1 42,0 41,9 37,9 30,7 21,2 14,4 27,2
Oʻrtacha minimal, °C 2,4 3,6 6,7 11,1 16,7 21,4 24,9 24,4 20,1 14,5 8,9 3,9 13,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 111 97 89 69 26 0 0 0 0 12 56 80 540
Manba: Climate-Data.org,[71] My Forecast for records, humidity, snow and precipitation days[72]

Iqtisodiyot tahrir

Erbil iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, turizm, savdo va neft eksportidan iborat[73].

Madaniyat tahrir

 
Erbil sivilizatsiya muzeyida Ossuriya, Urartu, Xurriy va Xatra davrlariga oid asarlar mavjud.

Erbil qal’asi tahrir

 
Ibn al-Mustawfi haykali

Erbil qal’asi — Erbilning tarixiy markazida joylashgan tepalik boʻlib, uning balandligi yer sathidan 25-32 metrdir. Qal’a 102,000 kvadrat metrni egallagan 430 dan 340 metrga teng oval maydon hosil qilgan. Bu joy dunyodagi doimiy aholi yashaydigan eng qadimgi shahar deb ishoniladi[74]. Qal’aning ishgʻol qilinganligi haqidagi eng dastlabki manbalar miloddan avvalgi V ming yillik oiddir. Shahar tarixiy manbalarda birinchi marta Ur III davrida uchraydi va Yangi Ossuriya imperiyasi davrida (miloddan avvalgi X—VII asrlar) alohida muhim hudud boʻlgan. 1258-yilda shahar moʻgʻullar tomonidan egallanganidan soʻng, Erbilning geosiyosiy ahamiyati pasaya boshladi[75].

XX asrda shahar tuzilishi sezilarli darajada oʻzgartirildi, buning natijasida bir qator uylar va jamoat binolari vayron boʻldi. 2007-yilda Erbil qal’asini qayta tiklash boʻyicha Oliy komissiya qal’ani qayta tiklashni nazorat qilish uchun tashkil etilgan. Oʻsha yili katta restavratsiya loyihasi doirasida bir oiladan tashqari barcha aholi qal’adan quvib chiqarildi. 2007-yildan beri arxeologik tadqiqotlar va restavratsiya ishlari turli xalqaro jamoalar va mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlikda olib borildi. Hukumat qal’a taʼmirlangach, unda 50 oila istiqomat qilishni rejalashtirmoqda[76].

Hozirda qalʼada saqlanib qolingan yagona diniy inshoot Mulla Afandi masjididir. Qal’a uch tuman yoki mahallaga boʻlingan: sharqdan gʻarbga Saray, Takya va Toʻpxona. Sarayni taniqli oilalar egallagan boʻlsa, Takya tumani darveshlarning uylari nomi bilan atalgan, ularni takyalar deb atashgan. Toʻpxona tumanida esa hunarmandlar va dehqonlar yashagan. Qal’aning diqqatga sazovor joylari orasida masjid va Toʻqimachilik muzeyi yaqinida joylashgan 1775-yilda qurilgan hammom mavjud[77]. Erbil qal’asi 2014-yil 21-iyunda Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan[78][79].

Boshqa diqqatga sazovor joylar tahrir

 
Erbil illuziya muzeyi
  • Qal’aning asosiy kirish eshigidan pastda joylashgan va asosan uy-roʻzgʻor buyumlari va asbob-uskunalari sotiladigan Erbil Qaysari bozorlari[80].
  • Qal’adan bir necha chaqirim uzoqda Minora bogʻida joylashgan balandligi 36 metr boʻlgan Mudhafariya minorasi. Minora XII asri oxirida Salohuddin al-Ayyubiy xizmatida boʻlgan va keyin uning singlisiga uylangan Erbil bekligi beki Muzafferüddin Kökbörü davrida qurilgan.
  • Sami Abdulrahman Parki[81][82]
  • Qalich ogʻa togʻi qal’adan 1 kilometr uzoqlikda, Sivilizatsiya muzeyi hududida joylashgan. 1996-yilda olib borilgan qazishmada Halaf, Ubayd va Uruk davrlariga oid asboblar topilgan[83].
  • Erbil illuziya muzeyi
  • Kurd toʻqimachiligi va madaniyati muzeyi[84][85]

Sport tahrir

Mahalliy asosiy futbol jamoasi Erbil futbol klubi boʻlib, oʻz futbol uchrashuvlarini Erbil markazining janubiy qismida joylashgan Franso Hariri stadionida oʻtkazadi. Stadion oʻz nomini oʻldirilgan ossuriyalik siyosatchi, Erbil shahrining sobiq gubernatori Franso Hariri ismidan olgan. Erbil futbol jamoasi Iroq milliy ligasida 3 marta gʻolib chiqqan. Shuningdek ikki marta OFK finaliga chiqishni uddalagan, lekin ikkala finalda ham magʻlub boʻlgan[86].

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Hewlêr dixwaze Bexda paşekeftiya mûçeyan bide“ (ku). Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  2. „أربيل“ (ar). Aljazeera. Qaraldi: 28-dekabr 2019-yil.
  3. „Search Entry“. www.assyrianlanguages.org. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
  4. Khan, Geoffrey. A Grammar of Neo-Aramaic: The Dialect of the Jews of Arbel (en). BRILL, 1999 — 2 bet. ISBN 978-90-04-30504-5. „There are a number of variant forms of the name Arbel. The form Arbel, which is used throughout this book, is the Neo-Aramaic form of the name. The Arabic-speaking Jews of the town refer to it as Arbīl or Arwīl. In Classical Arabic sources it is known as Irbīl. The Kurds call it Hawler, which appears to have developed from the form Arbel by a series of metatheses of consonants. The name appears to be of non-Semitic origin. It is first found in cuneiform texts dating to the third millennium B.C., where it usually has the form Urbilum.“ 
  5. Danilovich, Alex. Federalism, Secession, and International Recognition Regime: Iraqi Kurdistan (en). Routledge, 2018-10-12. ISBN 9780429827655. 
  6. https://all-populations.com/en/iq/population-of-erbil.html
  7. Novice, Karel (2008). „Research of the Arbil Citadel, Iraq, First Season“. Památky Archaeological. № XCIX. 259–302-bet.
  8. Villard 2001
  9. Hamblin, William J.. Warfare in the Ancient Near East to 1600 BC. Routledge, 2006 — 111 bet. ISBN 0-415-25589-9. 
  10. Georges Roux — Ancient Iraq
  11. Erbil named 2014 Arab Tourism Capital (Wayback Machine saytida 8-iyul 2015-yil sanasida arxivlangan). Retrieved 30 January 2014
  12. "Erbil: Kurdish City, Arab Capital", Rudaw. Retrieved 30 January 2014
  13. Hansman, J. F. (1986). "ARBELA". Encyclopaedia Iranica, Vol. II, Fasc. 3. 277–278 b. https://iranicaonline.org/articles/arbela-assyrian-arbailu-old. 
  14. Sourdel, D. (1978). "Irbil". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. OCLC 758278456. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/irbil-SIM_3589?s.num=0&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&s.q=irbil. 
  15. Kessler, Karlheinz (2006). "Arbela". Brill's New Pauly. Brill Online. https://referenceworks.brillonline.com/entries/brill-s-new-pauly/*-e131650. 
  16. The Kurdish Population by the Kurdish Institute of Paris, 2017 estimate.
  17. „Iraqi Turkmen“. Minority Rights Group International. Qaraldi: 17-oktabr 2020-yil.
  18. Central Statistics Agency — Home Page. Archived from the original on July 16th 2017. on the Wayback Machine website.
  19. Merkezi (ORSAM), Ortadoğu Araştırmaları. „ORSAM Analysis 203, Bilgay Duman, The Situation of Turkmens and The Turkmen Areas After ISIS“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  20. Centre, UNESCO World Heritage „Erbil Citadel“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  21. Statistics „UNPO: Assyria“ (en). unpo.org.
  22. Timeline (Wayback Machine saytida 14-avgust 2014-yil sanasida arxivlangan) ErbilCitadel.orq
  23. electricpulp.com „ASAGARTA (Sagartia) – Encyclopaedia Iranica“. iranicaonline.org. 18-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2011-yil.
  24. Yarshater, Ehsan (1993). The Cambridge History of Iran, Volume 3. Cambridge University Press. p. 482. ISBN 978-0-521-20092-9. Of the four residences of the Achaemenids named by HerodotusEcbatana, Pasargadae or Persepolis, Susa and Babylon—the last [situated in Iraq] was maintained as their most important capital, the fixed winter quarters, the central office of bureaucracy, exchanged only in the heat of summer for some cool spot in the highlands. Under the Seleucids and the Parthians the site of the Mesopotamian capital moved slightly to the north on the Tigris—to Seleucia and Ctesiphon. It is indeed symbolic that these new foundations were built from the bricks of ancient Babylon, just as later Baghdad, a little further upstream, was built out of the ruins of the Sassanian double city of Seleucia-Ctesiphon.
  25. „Composite: Tavola 1-60. (Map of the World) (Re-projected in Plate Carree or Geographic, Marinus of Tyre, Ptolemy) - David Rumsey Historical Map Collection“. www.davidrumsey.com. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  26. Sherwin-White, Susan M.; Kuhrt, Amélie. From Samarkhand to Sardis: A New Approach to the Seleucid Empire. University of California Press, 1993 — 40 bet. ISBN 978-0-520-08183-3. 
  27. Nigel Wilson. Encyclopedia of Ancient Greece, 2013 — 652 bet. ISBN 9781136788000. 
  28. In the Targum to Jeremiah li. 27, Ararat, Minni, and Ashkenaz are paraphrased by Kordu, Harmini, and Hadayab, i.e., Corduene, Armenia, and Adiabene; while in Ezekiel xxvii. 23 Harran, Caneh, and Eden are interpreted by the Aramaic translator as "Harwan, Nisibis, and Adiabene."
  29. MŠIHA-ZKHA. „HISTORY OF THE CHURCH OF ADIABENE UNDER THE PARTHIANS AND THE SASSANIDS“. Tertullian.org.
  30. Neusner, Jacob. A history of the Jews in Babylonia, Volume 2. Brill Archive, 1969 — 354 bet. 
  31. British Institute of Persian Studies. Iran, Volumes 19–21. the University of Michigan, 1981 — 15, 17 bet. 
  32. Gillman, Ian and Hans-Joachim Klimkeit. Christians in Asia before 1500. (Ann Arbor: University of Michigan, 1999) p. 33
  33. D. Sellwood, „ADIABENE,“ Encyclopædia Iranica, I/5, pp. 456-459
  34. V. Minorsky. Studies in Caucasian History III, Prehistory of Saladin. Cambridge University Press. 208 pp. 1953.
  35. Nováček, K., Amin, N., & Melčák, M. (2013). A Medieval City Within Assyrian Walls: The Continuity of the Town of Arbīl in Northern Mesopotamia. Iraq, 75, 1-42.
  36. B. James. Le " territoire tribal des Kurdes " et l’aire iraqienne (xe-xiiie siècles): Esquisse des recompositions spatiales. Revue des Mondes Musulmans et de la Méditerranée, 2007. P. 101-126.
  37. Woods 1977, ss. 49–50
  38. Nováček et al. 2008, s. 261
  39. J. von Hammer-Purgstall. 1842. Geschichte der Ilchane, das ist der Mongolen in Persien, Volume 1. P. 159-161.
  40. Jeremiah Curtin The Mongols: A history, p.184
  41. Grousset, p. 379
  42. X. Liu.The Silk Road in World History, Oxford University Press, Oxford, ç2010 p.116
  43. E. Endicott-West. Merchant Associations in Yuan China: The "Ortoy,"Asia Major, Third Series, Vol.2 No.2, Academica Sinica, ç1989
  44. Sourdel 2010
  45. Grousset, p. 383
  46. Edwin Munsell Bliss, Turkey and the Armenian Atrocities, (Chicago 1896) p. 153
  47. George Finlay The history of Greece from its conquest by the Crusaders to its conquest by the Ottomans, p.384
  48. „9781906768188: Kurdistan - a Nation Emerges - AbeBooks - Jonathan Fryer: 1906768188“ (en-GB). www.abebooks.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  49. „The Kurdistan Region in brief“. Krg.org. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-oktyabr.
  50. „Interview with Nihad Salim Qoja: "Iranian hegemony in Iraq is very strong" - Qantara.de“ (en). Qantara.de - Dialogue with the Islamic World. Qaraldi: 2020-yil 18-iyul.
  51. Douglas A. Borer. „Inverse Engagement: Lessons from U.S.-Iraq Relations, 1982–1990“. U.S. Army Professional Writing Collection. U.S. Army (2003). 2006-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 12-oktyabr.
  52. „Ethnic Cleansing and the Kurds“. Jafi.org.il (2005-yil 15-may). 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-sentyabr.
  53. Andoza:Cite speech
  54. George W. Bush.. „Full text: State of the Union address“. BBC News (2002-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2006-yil 31-dekabr.
  55. „Behind The Scenes With Saddam“. CBS News (2003-yil 24-fevral). 2013-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 31-dekabr.
  56. Al-Nahr, Naseer. „Twin Bombings Kill 56 in Irbil“. Arabnews.com (2-fevral 2004-yil). Qaraldi: 11-may 2015-yil.
  57. Jaff, Warzer; Oppel Jr., Richard A.. „60 Kurds Killed by Suicide Bomb in Northern Iraq“. The New York Times (5-may 2005-yil). Qaraldi: 11-may 2015-yil.
  58. „Old & New“. erbilairport.com.
  59. „A winning design“. erbilairport.com (2005-yil 26-may).
  60. Erbil International „Airport“. www.erbilairport.com.
  61. „انفجارات تستهدف عاصمة إقليم كردستان "الآمن"“. DW News (2013-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  62. „Explosions rock Iraqi Kurdistan capital, kills six"“. Ekurd (2013-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 29-sentyabr.
  63. „Assyria: Assyrian Church of the East Elects 111th Patriarch“. UNPO. Qaraldi: 2015-yil sentabr.
  64. Abdul-Zahra, Qassim „1 Killed, 8 Wounded in Rocket Attack on U.S. Base in Iraq“. Time Magazine (2021-yil 15-fevral). 2021-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  65. Peterson, Nolan „American injured after Shiite militants launch rocket attack at Iraqi base“. Coffee or Die. Black Rifle Coffee Company (2021-yil 15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  66. „Mortars land near Erbil airport, Iraqi Kurdish security sources say“. Al Arabiya (2021-yil fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
  67. Blockade by Iraq. „Iraqi govt enforces international flight ban in Kurdistan region“. France 24 (29-sentabr 2017-yil).
  68. International Flight Return „Erbil International Airport“. erbilairport.com.
  69. „Erbil's New Bus Terminal a Boon for Travelers“ (en). Rudaw (4-aprel 2019-yil). Qaraldi: 19-mart 2019-yil.
  70. „Erbil's 5th ring road completed - the 120 Meter highway“ (en). Rudaw (2-may 2017-yil). Qaraldi: 19-mart 2019-yil.
  71. 71,0 71,1 „Climate: Arbil – Climate graph, Temperature graph, Climate table“. Climate-Data.org. Qaraldi: 13-avgust 2013-yil.
  72. „Irbil, Iraq Climate“. My Forecast. Qaraldi: 14-iyul 2013-yil.
  73. „Erbil Economy“. erbilchamber.org.
  74. „Erbil Citadel“. UNESCO. Qaraldi: 30-avgust 2010-yil.
  75. „History“. www.erbilcitadel.org. 2011-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  76. Qassim Khidhir Hamad. „The pride of erbil needs urgent care“. www.niqash.org. 2010-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  77. 'Erbil Citadel' Brochure, High Commission for Erbil Citadel Revitalization (HCECR). www.erbilcitadel.org
  78. Ivan Watson. „Kurds Displaced in Effort to Preserve Ancient City“. www.npr.org. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
  79. Centre, UNESCO World Heritage „Erbil Citadel“ (en). whc.unesco.org.
  80. Fryer, Jonathan. Kurdistan. London United Kingdom: Stacey international, 2010 — 16 bet. 
  81. „Martyr Sami Abdul-Rahman Park“. Lonely Planet. 2017-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-fevral.
  82. The Post-Conflict Environment: Investigation and Critique. Ann Arbor, Michigan: University of Michigan Press, 2014 — 90 bet. ISBN 9780472072231. OCLC 951903033. 
  83. 'Directorate Antiquities of Erbil's Guide' Brochure produced by General Directorate of Antiquities, KRG, Ministry of Tourism
  84. „Kurdish Textile Museum“. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-noyabr.
  85. „Kurds Displaced in Effort to Preserve Ancient City“. www.npr.org. Qaraldi: 19 de outubro de 2011.
  86. „Al Qadsia crowned AFC Cup champions“. AFC (2014-yil 19-oktyabr).

Havolalar tahrir