Karl Wilhelm Friedrich von Schlegel (nemischa: Friedrich Schlegel ) — nemis yozuvchisi, shoir, tanqidchi va faylasuf, lingvist, pedagog. Falsafa va estetika boʻyicha bir necha asarlari bilan mashhur. „Lyusinda“ romani muallifi. Friedrich va uning akasi Avgust Wilhelm „Yens romantizmi“ nazariyasining asosiy namoyondalari edi.

Friedrich Schlegel
Tavalludi 1772-yil 10-mart
Vafoti 1829-yil 11-yanvar
Drezden, Saksoniya
Kasbi yozuvchi, shoir, faylasuf, lingvist, tanqidchi, pedagog
Ijod qilgan tillari Nemis tili[1]
Fuqaroligi Gannover qirolligi, Braunshveyg-Lyuneburg
Ota-onasi Iogan Adolf Schlegel, Ioanna Xristiana Erdmuta Hyubsh

Yoshligi va antik madaniyatga qiziqish

tahrir

Friedrich Schlegel Gannoverda, ruhoniy Iogan Adolf Schlegel va matematika professorining qizi boʻlgan Ioganna Xristiana Erdmuta Hyubsh oilasida dunyoga kelgan. Friedrich oilada oʻninchi farzand edi: ota-onasi unga yoshligida vafot etgan ilk farzandlari ismini qoʻyishgan[2]. Otasining koʻrsatmasiga koʻra u dastlab savdo faoliyati bilan shugʻullangan. 1787-yilda Friedrich Leipzigdagi „Shlemm va kompaniya“ savdo uyida taʼlim oldi. Keyinchalik Leipzigda huquqshunoslikni oʻrgandi. 1792-yilning yanvarida u Novalis bilan tanishdi va bu doʻstlik butun umr davom etadi. 1793-yilda Friedrich uning dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsata olgan inson, akasining xotini — Karolina Bomer bilan uchrashdi. Keyinchalik u Gettingen shahrida oʻz akasi Avgust bilan filologiya bilan shugʻullana boshlagan. Uning asosiy diqqati qadimgi tillar va adabiyotni oʻrganishga qaratilgan. Mashgʻulotlar yakuniga koʻra u Drezden shahriga koʻchib oʻtgan va antik madaniyat bilan shugʻullanishni davom etgan.

 
Schlegel. 1790-yil (Karolina Rerberg rasmi).

Yunon sanʼati va chiroyini tushuntirgan va uning tarixini ilmiy asoslab bergan Vilkelman ijodi bilan qiziqqan Friedrich keyinchalik xuddi shunday tartibda yunon sheʼriyati haqida ilmiy ish qilishni niyat qilgan. „Berlin oylik jurnali“ (nemischa: Berlinische Monatsschrift )ning 1794-yil noyabr oygi sonida uning „Yunon sheʼriyati maktablari haqida“ (nemischa: Von den Schulen der Griechischen Poesie ) nomli maqolasi eʼlon qilingan. Schlegel yunon sheʼriyati tarixini 4 bosqichga: ionik — epos va tabiat hissi ustun boʻlgan davr, doriy — lirika ustun boʻlgan davr, attik — tragediya ideallikka erishgan davr va aleksand davri — evrilish va yoʻqolish davriga boʻlgan. Shu holatda Schlegel ilk marotaba oʻzining aniq va yorqin xususiyatlarini namoyish etgan. U antik va zamonaviy sheʼriyatni taqqoslaydi: anarxiya va xaos[3].

„Yunon komediyasining estetik qiymati“ nomli ikkinchi maqolasida Schlegel Aristofan komediyalarini tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan analiz qilgan. „Goʻzallikning choʻqqisi“ nomli keyingi maqolasida u Schillerning estetika haqidagi xatlariga asoslangan holda fikr yuritgan. Soʻngra Aristofan komediyalari haqidagi va „Yunon sheʼriyatidagi ayol personajlar haqida“ nomli maqolalarini eʼlon qilgan. Schlegel ushbu mavzuni Platonning „Pir“ asaridagi donishmand Getera sababli „Diotima haqida“ deb nomlagan maqolasida davom ettirgan.

Tarixni oʻrganish davomida Schlegel doimo zamonaviy adabiyotga nazar tashlagan va ikkisini taqqoslagan. U nemis sheʼriyatini yunon sheʼriyati kabi mukammallikka erishishini orzu qilgan. Shu sababli u qadimgi davr sheʼriyatini chuqur oʻrganish tarafdori boʻlgan va talab qilgan. „Yunon sheʼriyatini oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u yangi sheʼriyatni qoralaydi: yunon sheʼriyati boʻlsa, ayniqsa Sofokl tragediyalarida naturalizm oʻz choʻqqisiga yetganligi, erkinlik, goʻzallik va obyektivlik oʻziga xos tarzda tasvirlanganligini taʼkidlagan.

Yens toʻgaragi

tahrir

1796-yilda u Drezden shahrida Yens shahriga, oʻz akasi yoniga koʻchib oʻtgan. Yensda u Reyxardtning „Germaniya“sida akasi Avgust Schlegelning qarshiliklariga qaramay Schillerning „Muzalar almanaxi“ga retsenziya yozgan. Ushbu maqolasida u Gyoteni buyuk shoir ekanligini taʼkidlagan, Schillerni esa nafaqat shoir sifatida, balki oddiy inson sifatida ham juda qattiq tanqid qilgan. „Sheʼriyatni oʻrganish haqida“ nomli maqolasida u Schillerga nisbatan keskin tanqidini unga aytilgan maqtovlar bilan oʻzgartirmoqchi boʻladi, lekin juda kech boʻlgan edi. Shu tufayli Schiller va Schlegelning oʻzaro aloqalari barham topgan.

1827-yilda u Venada falsafa tarixidan maʼruzalar oʻqiydi, 1828-yil kuzida esa Drezdenda til va soʻz falsafasidan maʼruzalar oʻta boshlaydi. 1829-yilning 11-yanvarda 12-yanvarga oʻtar kechasi Schlegel qoʻqqisdan Drezdenning Stadt Berlin mehmonxonasida jiyani Avgusta qoʻlida vafot etgan.

Bibliografiyasi

tahrir
  • Friedrich Schlegel. Estetika. Falsafa. Tanqid. 2 tomda. M., 1983;
  • K. V. F. Schlegel. Hayot falsafasi. Tarix falsafasi. — M.: Quadrivium, 2015. — 816 b. — ISBN 978-5-716-40628-5;
  • K. V. F. Schlegel. Til va soʻz falsafasi. Lyusinda. — M.: Quadrivium, 2018.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. Friedrich Schlegel-Handbuch / Ed. J. Endres. J. B. Metzler, Stuttgart 2017, ISBN 978-3-476-02522-7.
  3. Popov Yu. N. Filosofsko-esteticheskie vozzreniya Fridrixa Shlegelya // Fridrix Shlegel. Estetika. Filosofiya. Kritika. V 2-x tt. M., 1983. T. 1. S. 7-37.

Adabiyotlar

tahrir