Fuzuliy xalqaro aeroporti
Fuzuliy xalqaro aeroporti (ozarbayjoncha: Füzuli Beynəlxalq Hava Limanı) – Ozarbayjonning Fuzuliy shahridagi aeroport. Mamlakatning yettita xalqaro aeroportidan biridir. Aeroport qariyb 30 yil oldin tashlab ketilgan va avvalgi minalangan maydonlar bilan oʻralgan aerodromda qurilgan[1]. Qurilishiga 75 million manat (44 million dollar) sarflangan[2].
Fuzuliy xalqaro aeroporti Füzuli beynəlxalq hava limanı | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: FZL – ICAO kodi: UBBF | |||
Qisqacha bayon | |||
Egasi | Ozarbayjon hukumati | ||
Operator | Hukumat | ||
Xizmat doirasi | Fuzuliy | ||
Joylashuvi | Fuzuliy, Ozarbayjon | ||
Ochilgan | 26-oktyabr, 2021-yil | ||
Koordinatalari | 39°35′40″N 47°11′48″E / 39.594400°N 47.196600°E | ||
Xarita | |||
|
Tarixi
tahrir1980-yillarning oxirlarida Fuzuliy shahrida 17 000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan[3]. Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi paytida, 1993-yil 24-avgustda Ozarbayjon qurolli kuchlari Fuzuliydan chiqib ketishga majbur boʻladi. Shahar Artsax Respublikasi va Armaniston qurolli kuchlari qoʻliga tushishidan[4] qisqa vaqt oldin arvoh shaharga aylantiriladi[5]. 28 yildan keyin, 2020-yil 17-oktyabrda Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan qayta qoʻlga kiritiladi. Buning ortidan Ozarbayjon hukumati shahar va uning atrofidagi hududlarni minalardan tozalash jarayonini boshlab yubordi[6].
2020-yil 26-noyabr kuni Ozarbayjon Transport, kommunikatsiyalar va yuqori texnologiyalar vazirligi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Fuqaro aviatsiyasi davlat maʼmuriyatining oltita aeroportni, jumladan, Fuzuliy shahridagi aerodromni oʻzining xalqaro aeroport kodlari katalogiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatini qabul qilgani haqida xabar berdi[7]. 2021-yil yanvar oyida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Fuzuliy shahrida xalqaro aeroport qurish toʻgʻrisida farmon chiqardi. 14-yanvar kuni boʻlajak aeroportning poydevor qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi[8]. Aeroport qurilishiga Turkiya kompaniyalari jalb etildi[9]. Uchish-qoʻnish yoʻlagi qurib bitkazildi va 2021-yil 5-sentyabrda Azerbaijan Airlinesga tegishli Airbus A340-500 hamda Silk Way Airlinesga tegishli Boeing 747-400 yuk samolyoti qoʻnishi bilan[10] foydalanishga topshirildi[11].
Xabar qilinishicha, aeroport aproni 60,000 m2 maydonni egallab, sakkiztagacha samolyot toʻxtashiga imkon beradi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 3000 metr, kengligi esa 60 metrni tashkil qiladi. Aeroport terminali soatiga 200 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi[12].
Aeroport 2021-yil 26-oktyabrda Ozarbayjon (Ilhom Aliyev) va Turkiya (Rajab Tayyip Erdoʻgʻon) prezidentlari tomonidan rasman ochildi[13].
Manbalar
tahrir- ↑ „Azerbaijan Inaugurates Airport in Record Time“. Airways Magazine. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ „Azerbaijan inaugurates its first airport in Karabakh“. EurAsiaNet. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ „Всесоюзная перепись населения 1989 г. Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу“ (ru). Demoscope.ru (1989). Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Azerbaijan's Fizuli a ghost town after Karabakh battles“ (en). France 24 (2020-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ The New York Times Company. Caucasus City Falls to Armenian Forces. New York Times. August 24, 1993. pg. A7
- ↑ „30 illlik Azərbaycan-Ermənistan müharibəsindən sonra Qarabağda bərpa prosesi“ (az). Politicon.co. Topçubaşov Mərkəzi (28-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Аэродромы в Агдаме, Физули включены в каталог международных индексов местоположений“ (ru). Azerbaijani Ministry of Transport, Communications and High Technologies. 30-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Официальный сайт президента Азербайджанской Республики - НОВОСТИ » Мероприятия“ (ru). President.az. Presidential Administration of Azerbaijan. 22-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Azerbaijan opens new international airport in Karabakh“. Airport-technology.com (2021-yil 27-oktyabr).
- ↑ „Landmark Development: AZAL’s “KARABAKH” aircraft landed at Fuzuli Airport“ (en). AZERTAC (5-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2021-yil.
- ↑ https://news.az/news/azals-karabakh-aircraft-lands-in-fuzuli-airport-video
- ↑ Baghirov, Orkhan. „The Karabakh Air Gate Opens: Future Prospects for Fuzuli Airport“ (en). Jamestown Foundation (2021-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
- ↑ „Erdogan To Join Aliyev At Ceremony To Open Airport Beside Nagorno-Karabakh“ (en). Radio Free Europe / Radio Liberty. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.
Havolalar
tahrir- VikiOmborda Fuzuliy xalqaro aeroporti mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
- Fuzuliy aeroporti videosi