Gʻafur Shermuhammad— 1973-yil Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tugʻilgan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan[1].

G'afur
Asl ismi Shermuhammad
Tavalludi 12-aprel 1973-yil
Taxallusi G'afur Shermuhammad

Asarlari tahrir

Yozuvchining „Saman toy“ (2012 yil), „Langartogʻ yoʻlida“ (2016) nomli qissa va hikoyalar kitoblari chop etilgan. „Quduq tubidagi faryod“ (1999), „Pariqishloq afsonasi“ (2005) nomli pesalari Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida, „Koʻzlarida xoli bor“ (2005) asari Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali komediya teatrida sahnalashtirilgan. „Chavandoz“ (2008), „Arosat“ (2009), „Qoʻshnilar“ (M.Nizanov bilan hammualliflikda, 2010), „Taʼziyadagi toʻy“ (2010), „Aldangan ayol“ (2011), „Baxt uyi“ (A.Bekturdiyev bilan hammualliflikda, 2012), „Quduq“ (2014), „Barakasini bersin“ (2015) kabi badiiy filmlar, shuningdek, oʻnlab multfilm va hujjatli film uning ssenariylari asosida suratga olindi. Gʻafur Shermuhammad tarjimon sifatida Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Murodboy Nizanovning „Aqchagul“ qissasini, „Oxirat uyqusi“, „Dushman“, „Oshiq boʻlmagan kim bor“ romanlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Yozuvchining „Saman toy“ qissa va hikoyalar kitobi „Eng ulugʻ, eng aziz“ respublika koʻrik-tanlovining adabiyot yoʻnalishida uchinchi oʻringa sazovor boʻlgan. Oʻzbek xalqining oʻziga xos milliy qadriyatlari va xarakteri talqiniga bagʻishlangan „Chavandoz“ badiiy filmi esa 2009-yili Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan sport filmlari xalqaro kinofestivalining „Oriyat va gʻurur“ nominatsiyasida bosh mukofot bilan, „Listopad“ (Rossiya), „Kinoaziada“ (Qozogʻiston) kinofestivallarining kumush sovrini, „Kino va TVda sport“ (Oʻzbekiston) xalqaro kinofestivalining bosh sovrini bilan taqdirlangan. Shuningdek, mazkur film Oʻzbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan, istiqlol yillarida yaratilgan eng sara filmlarning „Istiqlol va milliy kino“ tanlovida sovrindor boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. Shermuhammad, G'afur. „G‘AFUR SHERMUHAMMAD. QUDUQ (QISSA)“ (2024-yil 28-mart).