G'oziy Yashargil
G'oziy Yashargil
tahrirMahmut G'oziy Yashargil (1925-yil 6-iyulda tugʻilgan; Diyorbakir) — turk olimi va shifokori.U neyroxirurgiya bo'yicha mutaxassis. U neyroxirurgiya amaliyotida mikroskopni (mikrojarrohlik) qo'llash amaliyoti va keng tarqalishiga qo'shgan hissasi bilan mashhur.1999-yilda u Amerika Neyrologik jarrohlar Kongressida Neyroxirurgiya jurnali tomonidan "1950-2000-yilning neyroxirurg"i unvoniga sazovor bo'ldi va Yevropa nevrologik jarrohlar assotsiatsiyasining faxriy medali bilan taqdirlandi.
Ta'limi va akademik martabasi
tahrir1943-yilda Anqara Otaturk maktabida o'rta maktabni tamomlab, Anqara universiteti tibbiyot fakultetida o'qishni boshladi.O'zi va ikki ukasining tibbiy bilim olishida qo'shnilari va oila do'stlari, nevrologiya professori Yusuf Shukru Sariboshlarning ta'siri bo'lgan. 1944-yildan ikki yil Germaniyaning Fridrix Shiller universitetida tibbiy ta’limni davom ettirdi, keyin esa o‘n yil davomida Bazel universitetida o'qidi. 1949 yilning kuzida Bazel universitetining tibbiyot fakultetini tamomladi. Neyroxirurgiya bo'yicha mutaxasis bo'lishi uchun u bu sohada ixtisoslashuvning zaruriy sharti sifatida uch yil davomida boshqa sohalarda ishlashi kerak edi.Anatomiya institutida miya anatomiyasi bo'yicha Jozef Klinglerning yonida ishlagan.Shundan so‘ng, 1950-1953-yillarda nevrologiya, ichki kasalliklar va umumiy xirurgiya bo‘limida yordamchi bo‘lib ishladi.1953-yil yanvar oyida u Zurix universitetida tajribasini oshirish uchun tayyorlasnishni boshladi. U neyroxirurgiya klinikasida Hugo Krayenbühl va Gerxard Weber va E. Zancler qo'l ostidagi mutaxassislik ta'limini olgan.Zurix universitetining Neyroxirurgiya klinikasidagi faoliyati davomida u birinchi 12 yilda (1953-1965) miya va orbital angiografiyaga e'tibor qaratdi va ko'plab bemorlarda angiografiyani davoladi.1957-1965-yillar oralig'ida u Parkinson kasalligi va boshqa harakat buzilishlarinite stereotaktik texnikadan foydalangan holda davolash uchun jarrohlik operatsiyalarini o'tkazdi.U Zurix universiteti fiziologiya professori Oskar Viss bilan birinchi marta yuqori chastotali koagulyatsiya texnikasidan foydalangan va bu usul keyinchalik jarrohlik amaliyotida keng tarqalgan.U Zurix universiteti fiziologiya professori Oskar Viss bilan birinchi marta yuqori chastotali koagulyatsiya (qon to'xtatish) texnikasidan foydalangan va bu usul keyinchalik jarrohlik amaliyotida keng tarqalgan.1965-1966 yillarda u AQSHning Vermont universiteti hayvonlar laboratoriyasida Raymond Mediford Peardon Donaghi va jarrohlik hamshirasi Jeki Robert bilan mikrotomirlar jarrohligini (mikroskop yordamida qon tomir operatsiyalari) oʻrgangan va bu usulni ilk marta hayvonlarning miya tomirlarida qoʻllagan.U 1967-yilda Zurixga qaytib keldi va 1967-yil oktyabr oyida uchta arteriyasi tiqilib qolgan bemorda birinchi marta yangi arteriyalarni bog'lash operatsiyasini o'tkazdi.U Zurix klinikasida butun miya va orqa miya jarrohligida mikrovaskulyar jarrohlik texnikasidan foydalanishni boshladi. Ushbu texnika anevrizma, AVM, kavernoma, miya,orqa miya o'smalari va temporal epilepsiya jarrohligi kabi miyaning qon tomirlariga asoslangan muammolarida muntazam ravishda qo'llaniladigan bo'ldi. Shunday qilib, zamonaviy neyroxirurgiyada yangi davr boshlandi. Zurixda tashkil etilgan mikroxirurgiya laboratoriyasi 1968-1993-yillarda butun dunyodan kelgan neyroxirurglar uchun o'quv markaziga aylandi. Yashargil bu davrda mikroneyroxirurgiya boʻyicha sakkizta kitob chop ettirdi.U 1993-yil yanvar oyida Zurix universitetining neyroxirurgiya klinikasi boshlig'i lavozimidan nafaqaga chiqdi.O'sha paytda taniqli jarroh bo'lgan 68 yoshli Yaşargil Istanbuldan kelgan taklifni qabul qilib, Turkiyaga qaytishga hozirlik ko'rayotgan edi, lekin Turkiya qonunga ko'ra dezertir bo'lgani uchun rejasini amalga oshira olmadi.Shuning uchun, 1994-yilda Yaşargil AQShning Little Rock shahridagi Arkanzas Tibbiyot fanlari universiteti taklifini qabul qildi.U yerda u neyroxirurgiya klinikasi boshlig'i professor Ossama Al-Mefti bilan Amerikada birinchi mikroneyroxirurgiya markazini yaratdi. U shu kasalxonada jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazdi, maʼruzalar oʻqidi, nashrlar yozdi, mikroneyroxirurgiya laboratoriyasini tashkil qildi va mikroneyroxirurgiya kurslarini tayyorladi.U 2013-yil oktyabr oyida Arkanzas universitetidan nafaqaga chiqdi.Yaşargil 2013-yil noyabr oyidan keyin Yeditepe universiteti tibbiyot fakulteti neyroxirurgiya bo'limiga qo'shildi. U 2012-yilda Ozarbayjonda tashkil etilgan Yevroosiyo Akademiyasi xalqaro assotsiatsiyasining asoschilaridan biri bo'ldi.
Kashfiyotlari
tahrirU intrakranial anevrizma operatsiyalarida kattalashgan tomirlarni siqish uchun ishlatiladigan kliplarni ishlab chiqdi va amalyotga tatbiq etti.Yasharg'il kliplar o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan hali ham qo'llanilmoqda. Ayniqsa miya jarrohliklarida, operatsiya maydoniga etib borishi uchun ehtiyotkorlik bilan chetga surilishi kerak bo'lgan miya to'qimasini istisno qilish uchun leyla retraktorini ishlab chiqdi va amaliyotga tatbiq qildi. U mikroskop yordamida amalga oshirilgan operatsiyalarda kengroq ko‘rish maydonini ta’minlash uchun “Toymasin mikroskop” nomli mobil tizimni ishlab chiqdi.