Gʻanijon Sheraliyevich Soliyev (1979-yil; Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – iqtisodchi, 2024-yildan Bogʻdod tumani hokimi[1].

G‘anijon Soliyev
G‘anijon Sheraliyevich Soliyev
Fayl:Gʻanijon Soliyev.jpg
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
19-fevral 2024-yildan – hozirgi kungacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Yusufjon Husayinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1979-yil (1979-01-01) (45 yosh)
Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Taʼlim Toshkent moliya instituti
Maʼlumoti Bakalavr

Hayoti

tahrir

Gʻanijon Soliyev 1979-yilda Bagʻdod tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutining iqtisod yoʻnalishida tahsil olgan[2].

Dastlabki faoliyatini 2002-yilda Uchkoʻprik tumani moliya boʻlimida boshlagan, turli yillarda Moliya vazirligining ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasi, Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi, Fargʻona shahri va Bagʻdod tumani moliya boshqarmalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2014–2017-yillarda Oltiariq tumani hokimi oʻrinbosari, 2017–2020-yillarda Bagʻdod tumani hokimi birinchi oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda Fargʻona tumani hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Bagʻdod tumani „Xoʻja qishloq“ MFYda hokim oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2024-yil 19-fevraldan Bagʻdod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan[3][4][5].

Manbalar

tahrir
  1. „ҒАНИЖОН СОЛИЕВ БАҒДОД ТУМАНИ ҲОКИМИ ЭТИБ ТАЙИНЛАНДИ“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
  2. Kun.uz. „Bag‘dod tumani hokimi o‘zgardi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
  3. „To‘rtta tumanga hokimlar tayinlandi“ (19-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
  4. Qalampir.uz. „Farg‘onaning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi“ (20-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.
  5. Kun.uz. „Bag‘dod, Uchko‘prik va Baxmal tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi“ (20-fevral 2024-yil). Qaraldi: 29-may 2024-yil.