Gavhar Alimova
Gavhar Zayirovna Alimova (tugʻ. 1970-yil 6-oktyabr, Jomboy tumani, Samarqand viloyati) — Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi[1], senator[2]
Gavhar Alimova | |
---|---|
Tavalludi |
6-oktyabr 1970-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Partiyasi | “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi |
Ilmiy darajasi
tahrir1995-yil Samarqand Davlat Universitetini tamomlagan
Mehnat faoliyati
tahrir1989—1991-yillarda Samarqand viloyati Jomboy tumani 16-maktab yoʻriqchisi
1991—1992-yillar Samarqand viloyati Payariq tumani 1-maktab oʻqituvchisi
1992—1995-yillar Toshkent shahar Hamza tumani 152-maktab oʻqituvchisi
1995—1997-yillar “Mulkdor” gazetasi kadrlar boʻlim boshligʻi
1997—1998-yillar Toshkent shahar Xamza tumani 10-sonli musiqa maktabi o‘qituvchisi
1998—1999-yillar Respublika “Adolat” gazetasi muxbiri
1999—2003-yillar Toshkent shahar Xamza tumani hokimligi Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish majmuasi bosh mutaxassisi
2003—2004-yillar Toshkent shahar Xamza tumani hokimi o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi
2004—2006-yillar Toshkent shahar Xamza tumani “Mahalla” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari
2006—2009-yillar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamg‘armasi respublika boshqaruvi Oila va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi
2009—2011-yillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi
2011—2015-yillar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari
2015—2018-yillar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
2018—2020-yillar Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari — viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
2020-yil Samarqand viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
2020-yil 6-mart sanasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi
Oilasi
tahrirOilali. Bir nafar qiz farzandi bor
Mukofotlari
tahrir“Shuhrat” medali (2016)
“Adolat” ko‘krak nishoni[3]
“Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi”[4] (2022)
“Doʻstlik” ordeni[5] (2022)
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni[6] (2022)
Manbalar
tahrir- ↑ „Самарқандлик сенатор Гавҳар Алимова Каттақўрғон шаҳри ҳокими этиб тайинланди“ (2020-yil 6- mart). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: daryo.uz.
- ↑ „Senat a'zosi“ (2019-yil). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: senat.uz.
- ↑ „O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi tomonidan “Adolat” ko‘krak nishoniga sazovor topilgan edi.“ (2021-yil 23-fevral). 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: adolat.uz.
- ↑ „Гавҳар Алимовага Мудофаа вазирининг буйруғига асосан тақдим этилган “Маънавий-маърифий ишлар аълочиси” кўкрак нишони топширилди.“ (2022-yil 1-fevral). 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: adolat.uz.
- ↑ „Mukofot va e'tirof muborak“ (2022-yil 7-mart). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: adolat.uz.
- ↑ „Каттақўрғон шаҳар ҳокими Алимова Гавҳар Зайировна вилоят ҳокимининг фахрий ёрлиғи ҳамда эсдалик нишони билан тақдирланди.“ (2022-yil 6-dekabr). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.