Gemotoksinlar (qadimgi yunoncha: αἷμα — кровь va qadimgi yunoncha: τοξικον — яд) – qizil qon tanachalarining membranalariga zarar yetkazuvchi va organizmda gemolizning kelib chiqishiga sabab boʻluvchimikrob, oʻsimlik yoki hayvonlardan ishlab chiqariladigan zaharli moddalar. Gemotoksinlar asosan eritrotsitlar membranasidagi fosfolipidlarni parchalaydigan lesitinazalar yoki fosfolipazlar kabi fermentlar yoki membrananing boshqa tarkibiy qismi – xolesteringa taʼsir qiluvchi saponinga oʻxshash moddalar boʻlib hisoblanadi.

Asosiy maʼlumotlar

tahrir

Gemotoksinlar yoki gematiklar – bu qizil qon hujayralarini yoʻq qiladigan (yaʼni gemolizga olib keladigan), qon ivishini buzadigan yoki organlarning nobud boʻlishiga va umumiy toʻqimalarning shikastlanishiga olib keladigan toksinlar boʻladi. Gemotoksin atamasi biroz notoʻgʻri, chunki qonga zarar yetkazadigan toksinlar boshqa toʻqimalarga ham albatta zarar yetkazadi.

Turlari

tahrir

Gemotoksinlar ajralib turadi:

Sezuvchanlik

tahrir

Turli xil hayvonlarda eritrotsitlarining bir xil gemotoksinga sezgirligi bir xil boʻlmaydi. Shunday qilib, ilon zahari (masalan, kobra zahari) gvineya choʻchqalari, itlar va odamlarning qizil qon hujayralarini parchalaydi, lekin qoramol, qoʻy va echkilarning eritrositlariga taʼsir qilmaydi. Katta dozalarda lesitinlar va xolesterin gemotoksinlarning taʼsiriga qarshi kurashadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Akatov A. K. Gematoksini // Bolshaya meditsinskaya ensiklopediya : v 30 t. / gl. red. B. V. Petrovskiy. – 3-e izd. – M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1977. – T. 5 : Gambuziya – Gipotiazid. – 568 s. : il.