Gusev (Kaliningrad viloyati)
Gusev (ruscha: Гу́сев; nemischa: Gumbinnen ; litovcha: Gumbinė; polyakcha: Gąbin[1]) – Rossiya davlatining Kaliningrad viloyatida joylashgan. Aholisi: 29 234 kishi (2021-yil holatiga koʻra). Kaliningraddan 12 km uzoqda joylashgan.
Gusev Гусев | |
---|---|
tuman | |
54°35′00″N 22°12′00″E / 54.58333°N 22.20000°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Aholisi | 29 234 (2 021) |
Milliy tarkib | ruslar, ukrainlar |
Konfessiyaviy tarkib | pravoslav |
Telefon kodi | 7 401-43 |
|
Tarixi
tahrirGumbinnen Prussiya gersogligidagi aholi punkti boʻlgan(litovcha: Gumbinė). Birinchi marta Polsha Qirolligining vassal gersogligi 1580-yilgi hujjatlarda bu aholi punkti haqida qayd etib oʻtgan. 1545-yilda Gohensollernning buyrugʻiga koʻra, Prussiya gersogi Albert tufayli Gumbinnen shahrida protestant qishlogʻi tashkil etilishi boshlangan va 1582-yilda qurib bitkazilgan. 1618-yilda Gumbinnen Brendenburg-Prussiya tarkibiga kirgan va Polsha nazoratni oʻz qoʻliga olgan.
Gumbinnen 18-asrgacha Prussiya qirolligi tarkibida boʻlgan. 1709-1711-yillar oraligʻida bu hudud Shimoliy urush talofatlari tufayli vayron boʻlib, Prussiyaning „Qirol askari“ Frederik Uilyam I buyrugʻi bilan 1732-yilda Salzburgga qaytadan qurilgan[2]. Zalsburg protestantlarining birinchi qishlogʻi 1752-1752-yillarda qurilgan. 1840-yilda Karl Fridrix Shinkel tomonidan ishlab chiqilgan neoklassik arxittektura uslubida qayta qurilgan. Qishloq 1995-yilda Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning protestantlari tomonidan qayta tiklangan.Birinchi jahon urushi davrida Sharqiy frontda Gumbinnen jangi boʻlib oʻtgan. 1914-yilning avgust oyida bu jangda Rus armiyasi Gumbinnenni bir necha oy ichida bosib olgan. Keyinchalik, nemis qoʻshinlari Gumbinnenni qaytarib olishga muvaffaq boʻlishgan. Urush tugagach,1945-yilda Berlin konferensiyasida eʼlon qilingan chegara oʻzgarishlariga koʻra, avvalgi Sharqiy Prussiya viloyatining shimoliy qismi Sovet Ittifoqining bir qismiga aylangan, shu jumladan Gumbinnen ham. 1945-yilning yanvar oyida Gumbinnen yaqinidagi jangda halok boʻlgan va Sovet Ittifoqi Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan Qizil Armiya sardori Sergey Ivanovich Gusev sharafiga shaharni Gusev deb nomlashgan.
Iqtisodiyoti
tahrirTransporti
tahrirGusev Kalininggrad viloyatini Litva va Belarussiya orqali Rossiyaning asosiy hududlari bilan bogʻlaydigan ikki yoʻlli temir yoʻl liniyasida joylashgan.
Yantar iqtisodiy zonasi
tahrir1990-yillarda Kalininggrad viloyatida Yantar iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Hududdagi baʼzi loyihalar Gusev shahrida joylashgan va bunga misol qilib NPO CTS ni keltirish mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ M. Kaemmerer. Ortsnamenverzeichnis der Ortschaften jenseits von Oder u. Neiße (de), 2004. ISBN 3-7921-0368-0.
- ↑ Turner, George. Salzburger, Ostpreußen - Integration und Identitätswahrung (de), August 2017. ISBN 9783830537878.