Guttiner Xayder Fernando Kosta Tenorio (1994-yil 6-oktyabrda tugʻilgan), odatda Gutti nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, yaqinda Stomil Olsztyn jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1].

Gucci
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guttiner Heider Fernando Costa Tenorio
Tavallud sanasi 6-oktyabr 1994-yil (1994-10-06) (29 yosh)
Tavallud joyi Minas Gerais, Brazil
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011 América Mineiro
2012 Guarani
2013 Osasco Audax
2014 Audax Rio de Janeiro
2014 Rio Claro
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015 Bonsucesso 6 (0)
2016 Linense
2016–2017 Vitória das Tabocas 17 (0)
2017 Olimpik Donetsk 4 (0)
2018 Chornomorets Odesa 7 (0)
2018 Hibernians 7 (1)
2019 Obolon-Brovar Kyiv 4 (0)
2019 Viktoria Žižkov 4 (0)
2019–2020 Obolon Kyiv 22 (4)
2021 Avanhard Kramatorsk 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-may uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Guttiner faoliyatini Brazilyaning América Futebol Clube (Belo Horizonte) (MG) asosiy yoshlar jamoalari safida boshlangan va oʻzining professional ilk klubdagi faoliyatini 2015-yilda Bonsucesso Futebol Clube- jamoasida boshlagan. 2016—2017-yilgi mavsumni Associação Acadêmica e Desportiva Vitória das Tabocas (Recife) jamoasida oʻtkazib, jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Buning natijasida 2017-yil oxirida xorij jamoalaridan takliflar tusha boshladi.

2017-yil iyul oyida u Ukraina Premyer-ligasining „Olimpik Donetsk“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[2]. 2017-yil dekabr oyida shartnoma bekor qilindi va u Ukraina klubini tark etdi[3]. 2018-yil fevral oyida Guttiner Ukraina Premyer-ligasi jamoasi „Chornomorets Odessa“ bilan shartnoma imzoladi[4]. Guttiner Ukraina ligasi jamoalarida 4 yildan oshiq vaqt davomida faoliyat olib bordi. 2021-yil Koronavirus pandemiyasi endi tarqala boshlagan vaqtida, Oʻzbekiston Superligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasidan taklif tushdii va namanganliklar bilan shartnoma imzolaydi. Navbahor jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan Gutti 2021-yil soʻngida jamoani tark etdi.

Manbalar tahrir

  1. „Guttiner Heider piłkarzem "Dumy Warmii"“ (pl). OKS Stomil Olsztyn (2022-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  2. „olympic_podpisal_brazilca“ (Russian). Official FC Olimpik Donetsk Site (2017-yil 14-iyul). 2017-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  3. „"Олимпик" прощается с Антоном Поступаленко и Гути“ (Russian) (2017-yil 14-dekabr). 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  4. „Пополнение в составе "Черноморца"“ (Russian) (2018-yil 6-fevral).

Havolalar tahrir