Halayib

Halaib - Qizil dengiz yonidagi port shahar:

Halayib (arabcha: حلايب Ḥalāyib [ħæˈlæːjeb]), Qizil dengiz porti va shaharchasi. U Halayib uchburchagida, 20,580 km2 (7,950 kv mi) lik maydonda joylashgan. Shaharcha Misr va Sudan oʻrtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. Shahar misrliklar Qizil dengiz Riviera deb ataydigan hududning janubiy chekkasida va Sudanning Qizil dengiz davlatining shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Shaharcha oʻrta asrlardagi ʽAydhab xarobalariga yaqin hududda oʻrnashgan. Hududni amalda nazorat qilish Misr hukumati qoʻl ostida.

Halayib

حلايب
shaharcha
22°13′23.02″N 36°38′51.00″E / 22.2230611°N 36.6475000°E / 22.2230611; 36.6475000
Mamlakat Misr
Gubernatorlik Qizil dengiz gubernatorligi
Shtat Qizil dengiz (shtat)
Hukumat
De jure
Munozarali hudud quyidagilar orasida:
Misr bayrogʻi Misr
Sudan bayrogʻi Sudan

De facto
Boshqarilishi:
Misr bayrogʻi Misr
Halayib xaritada

Nomlanishi

tahrir

Halaib nomi arabcha: حلايب Ḥalāyib soʻzini ifodalaydi. Halayeb, Haloib va Halayib koʻrinishidagi shakllari ham uchraydi.

Ekologiya va geografiyasi

tahrir

Halayib mintaqasida afrotropik elementlarning shimoliy chegaralari Elba togʻida joylashgan boʻlib, u Shimoliy Afrika ekotizimlarida hukmronlik qiladigan mintaqalar orasidagi noyob hudud hisoblanadi. Biscutella elbensis kabi oʻsimliklarning endemik turlaridan tashqari, akatsiya, mangrov va boshqa butalarning zich qoplami ham mavjud.

Mintaqaning eng baland choʻqqisi Elba togʻidir (1,435 m or 4,708 ft). Shuningdek Shellal togʻi (1,409 m or 4,623 ft), Shendib togʻi (1,911 m or 6,270 ft) va Shendoday togʻi (1,526 m or 5,007 ft) ham shu hududda joylashgan.

Iqlimi

tahrir
Halayib iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 31,4 40,7 29,7 42,8 46,6 45,4 44,5 44,5 45,0 40,0 35,4 34,0 46,6
Oʻrtacha maksimal, °C 24,9 25,7 27,5 30,6 31,1 35,7 37,0 37,1 33,7 32,4 27,7 24,9 30,7
Oʻrtacha minimal, °C 16,8 16,5 18,0 20,5 23,4 25,3 26,1 26,7 25,1 23,8 20,5 17,6 21,7
Mutlaq minimal, °C 11,0 10,3 12,0 13,5 16,2 18,0 16,5 19,7 20,5 18,8 15,5 12,0 10,3
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 0,6 0,0 0,0 0,5 1,2 0,0 0,2 0,0 0,0 3,2 17,9 4,2 27,8

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir