Hamdan Qarmat
Hamdan Qarmat ibn al-Ash’as (arabcha: حمدان قرمط بن الأشعث; milodiy 874 – 899-yil) ismoilizmning qarmat tariqatining asoschisi. Dastlab Quyi Iroqdagi bosh ismoiliy missioner (dāī), 899-yilda Saʼid ibn al-Husayn (boʻlajak birinchi Fotimiy xalifasi tomonidan qoʻlga olingandan keyin Salamiyadagi harakat rahbarlari bilan janjallashgan. Sababi uning izdoshlari bu harakatdan ajralib chiqishgan. Keyinchalik Hamdan gʻoyib boʻlgan, ammo uning izdoshlari bir necha oʻn yillar davomida Suriya choʻli va al-Bahraynda oʻz tariqatlarini rivojlantirishgan.
Hamdan Qarmat ibn al-Ash'at | |
---|---|
حمدان قرمط بن الأشعث | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 899 yoki keyinroq |
Dini | Shialik |
Mazhab | Ismoilizm |
Diniy oqimi | Qarmatlar |
Hayoti
tahrirHamdanning yoshligi haqida maʼlumotlar mavjud emas, faqatgina u Kufaning sharqidagi Furat Badaqla tumanidagi al-Dur qishlogʻida voyaga yetgani maʼlum[1][2]. U hoʻkiz haydab, yuk tashish bilan shugʻullangan. Hamdan missioner (dāī) al-Husayn al-Ahvaziy tomonidan ismoiliylik taʼlimotiga oʻtishi bilan hayotida oʻzgarishlar boʻla boshlagan[1]. Uning hayoti haqidagi oʻrta asr manbalariga koʻra, bu voqea hijriy 261 (milodiy 874/875) yoki 264 (milodiy 877/878) yilda yoki shu yillar atrofida sodir boʻlgan[1][2].
Uning „Qarmat“ familiyasi oromiy tilidan olingan boʻlishi mumkin. Manbalarda uning turli shakl va maʼnolari qayd etilgan. Jumladan, at-Tabariyning yozishicha, uning ismi Karmītah, „qizil koʻzli“; an-Navbaxtiy va Nizom al-Mulk qoʻlyozmalariga koʻra, kichik Qarmāṭūya, boshqa olimlar talqinida ismning „oyoqlari kalta“ degan maʼnoni anglatishini taxmin qilingan[1][3]. Anʼanaga koʻra, Hamdanning izdoshlari uning sharafiga „Qarmat odamlari“ – „Qarāmiṭa“ (yakka Qarmaṭī) deb nomlangan[1][4]. Biroq, 873/874-yillarda vafot etgan oʻn ikki shia olimidan biri al-Fadl ibn Shadxon „qarmatiy“ taʼlimotlarini rad etgan. Demak, Hamdan yo manbalarda qayd etilgan vaqtdan bir necha yil oldin faollashgan, yoki oʻz familiyasini mazhabdan olgan[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Madelung & Halm 2016.
- ↑ 2,0 2,1 Daftary 2007, s. 107.
- ↑ Daftary 2007, ss. 107–108.
- ↑ 4,0 4,1 Daftary 2007, s. 108.
- ↑ Madelung 1978, s. 660.
Adabiyotlar
tahrir- Bayhom-Daou, Tamima (2010). "Bāb (in Shīʿism)". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_COM_23569.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Madelung, Wilferd (1978). "Ḳarmaṭī". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 660–665 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_COM_0451. OCLC 758278456. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=%E1%B8%B2arma%E1%B9%AD%C4%AB&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Madelung, Wilferd „The Fatimids and the Qarmatīs of Bahrayn“, . Mediaeval Isma'ili History and Thought. Cambridge University Press, 1996 — 21–73-bet. ISBN 978-0-521-00310-0.
- Madelung, Wilferd (2003). "ḤAMDĀN QARMAṬ". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume XI/6: Ḥājj Sayyāḥ–Harem I. London and New York: Routledge & Kegan Paul. 634–635 b. ISBN 978-0-933273-70-2. http://www.iranicaonline.org/articles/hamdan-qarmat-.
- Madelung, Wilferd (2007). "ʿAbdān, Abū Muḥammad". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_SIM_0162.
- Madelung, Wilferd; Halm, Heinz (2016). "Ḥamdān Qarmaṭ". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3rd nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. http://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_ei3_COM_30252.