Hamidjon Neʼmatov
Hamidjon Xalikovich Neʼmatov — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.
Hamidjon Neʻmatov | |
---|---|
Farg'ona viloyati hokimi | |
Mansab davri 2009-yil – 2011-yil | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Mamat Gʻofurov |
Vorisi | Shuhrat Gʻaniyev |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[1]. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandi[2][3]. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi[4]. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.
Mukofotlari
tahrirHamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan