Nuriddin Hamroqulov
Nuriddin Hamroqulov (1946-yil 18-iyun, Andijon — 2023-yil 1-avgust) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi.
Nuriddin Hamroqulov | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyun 1946-yil Andijon, Oʻzbekiston |
Vafoti |
1-avgust 2023-yil (77 yoshda) |
Kasbi | Qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor |
Faoliyat yillari | 1967-2023 |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Faoliyati
tahrirToshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida taʼlim olgan (1971—1973). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 1973), Haydar („Nurxon“), Ravshan („Ravshan va Zulxumor“) kabi obrazlarni yaratgan. Anʼanaviy va zamonaviy xonandalik yoʻllarini Oʻ.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan oʻrgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—1993). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-gʻullangan. Repertuaridagi mumtoz („Samarqand Ushshogʻi“, „Toshkent Irogʻi“), zamonaviy bastakorlar ashulalari („Talqinroz“, „Oq qush“, R.Yusupov va boshqalar) hamda oʻzi bastalagan („Olamni saqlang“, „Raʼno“, „Soy koʻrdim“, „Shirinliging“, „Kuldi bahorim“ kabi) qoʻshiqlari taʼsirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan[1][2].
Vafoti
tahrirXonanda 2023-yilning 1-avgust sanasida vafot etdi[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov 77 yoshida vafot etdi“. gazeta.uz (2-dekabr). Qaraldi: 2-dekabr.
- ↑ „Ўзбекистон халқ артисти Нуриддин Ҳамроқулов вафот этди“. yuz.uz. Qaraldi: 1-avgust 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |