Hamza ibn Abdulmuttalib yurishi
Hamza ibn Abdulmuttalib gʻazoti (arabcha: سرية حمزة بن عبد المطلب) – Islom paygʻambari Muhammad tomonidan yuborilgan birinchi gʻazot. Ushbu gʻazot islom taqvimi boʻyicha hijriy 1-yilning Ramazon oyida (milodiy 623-yil mart) boʻlib oʻtgan.
Hamza ibn Abdulmuttalib yurishi | |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Qoʻmondonlar | |||||
Hamza ibn Abdulmuttolib | Abu Jahl | ||||
Kuchlar | |||||
30–40 | 300 |
Qurayshga tegishli karvon yoʻlini toʻsish uchun uyushtirilgan bosqinni faqat muhojirlar (Madinaga surgun qilingan musulmonlar) amalga oshirgan (Madina ansorlaridan birortasi ham ishtirok etmagan)[1].
Tavsifi
tahrirUshbu yurish Muhammad tomonidan hijratdan 7–9 oy oʻtgach, buyurgan boʻlib, unga Hamza ibn Abdulmuttolib (Muhammadning amakisi) boshchilik qilgan. Qoʻshin 30–40 kishidan iborat boʻlib, Qurayshga tegishli karvonni tutish vazifasi topshirilgan. Oʻsha vaqtda karvon rahbari Amr ibn Hishom (Abu Jahl) 300 nafar makkalik chavandozlar bilan al-Isda qarorgoh qurayotgan edi[1][2][3][4].
Ikki qarshi taraf bir-biri bilan toʻqnashib, jangga hozirlik koʻrayotgan vaqtda har ikkala tomon bilan doʻstona munosabatda boʻlgan qurayshlik Majdiy ibn Amr al-Juhaniy ularning orasiga aralashadi va ularni tinch yoʻl bilan ortga qaytishga koʻndiradi. Shu sababli oʻrtada hech qanday urush sodir boʻlmaydi, Hamza Madinaga, Abu Jahl esa Makka tomon yoʻl oladi.
Manzil
tahrirVoqea Makka va Madina oʻrtasidagi Banu Juhayna hududida joylashgan al-Is mahallasidagi dengiz sohilida boʻlib oʻtgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Mubarakpuri, The Sealed Nectar (Free Version), p. 127.
- ↑ Mubarakpuri, When the Moon Split, p. 147.
- ↑ Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, 217–218-bet, ISBN 978-983-9154-17-7
- ↑ Hawarey, Dr. Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. The book contains a list of battles of Muhammad in Arabic. English version here