Harry Potter va Feniks jamiyati
Harry Potter va Feniks jamiyati — Harry Potter romanlari turkumiga kiruvchi, J. K. Rowling qalamiga mansub beshinchi kitobi. Bu kitobda Harry Potterning Hogvarts afsungarlik maktabidagi beshinchi yili, Lord Voldemordning qaytishi va Sehrgarlik vazirligi haqida bayon etilgan. Kitob ilk bora 2003-yil 21-iyunda Birlashgan Qirollikning Bloomsbury, Qoʻshma Shtatlarning Scholastic va Kanadaning Raincoast nashriyotlarida chop etildi. Kitob dastlabki 24 soat ichida besh million nusxada sotildi. Kitobga asosan 2007-yilda Harry Potter va Feniks jamiyati filmi tarzida suratga olindi va Electronics Art kompaniyasi tomonidan video oʻyin ishlandi. Kitobning oʻzbek tilida chop etilgan nashri hozircha yoʻq, ammo Shokir Dolimov asarni tarjima qilgan.
![]() | |
Asl nomi | Harry Potter and the Order of the Phoenix |
---|---|
Muallif | J. K. Rowling |
Janr | Fentezi |
Til | Ingliz tili |
Nashr etilgan sanasi | 2003-yil 21-iyun |
ISBN | ISBN 0-7475-5100-6 |