Harry Potter va tilsim shahzodasi
Harry Potter va tilsim shahzodasi (boshqa nomi Harry Potter va zoti past shahzoda; inglizcha: Harry Potter and Half Blood Prince) ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub fentezi janridagi „Harry Potter“ romanlari turkumidagi oltinchi romandir[1]. Roman Harryning dushmani Lord Voldemortning oʻtmishini hamda Harryni Voldemortga qarshi yakuniy jangga ustozi Albus Dumbledorening bilan tayyorgarliklari haqida hikoya qiladi.
Asl nomi | Harry Potter and Half Blood Prince |
---|---|
Muallif(lar) | J. K. Rowling |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | fentezi |
Nashr etilgan sanasi | 16-iyul 2005-yil |
Nashriyot | Bloomsbury (Birlashgan Qirollik) |
Sahifalar soni | 607 (ilk nashr) |
ISBN | ISBN 0-7475-8108-8 |
Avvalgisi | Harry Potter va Feniks jamiyati |
Keyingisi | Harry Potter va ajal tuhfalari |
Kitob Birlashgan Qirollikda Bloomsbury nashriyoti tomonidan, AQShda esa Scholastic nashriyoti tomonidan 2005-yil 16-iyulda chop etildi. Kitob 24 soat ichida toʻqqiz million nusxada sotildi[2][3].
2006-yilda „British Book of the Year“ mukofotiga loyiq topildi[4].
Sujet
tahrirFeniks jamiyati aʼzosi boʻlmish Severus Snape (talaffuzi: Severus Sneyp) Lord Voldemort tarafdorlari – Narcissa Malfoy (Draconing onasi) va uning singlisi Bellatrix Lestrange (Draconing xolasi) bilan uchrashadi. Narcissa oʻgʻli Draco Voldemort tarafidan berilgan topshiriqdan omon qolmasligi mumkinligidan xavotirlanar ekan, Snape unga Dracoga koʻmak berishiga qasamyod qildi.
Dumbledore (talaffuzi: Dambldor) Harryni uning eng yaqin doʻsti Ron Weasley (talaffuzi: Ron Uizli) ning uyiga kuzatib qoʻyadi. Ular Hogwartsda damlamalar boʻyicha sobiq oʻqituvchi Horace Slughornning uyini kezishadi; Harry beixtiyor Slughornni yana oʻqituvchilikka qaytishiga yordamlashadi.
Hogwarts Expressda Hogwarts boʻylab sayohat qilayotgan Harry Draco „Ajal kasofatlari“ aʼzosi boʻlishi mumkinligidan shubha qiladi. Draco doʻstlariga Voldemort unga yuklagan topshiriq haqida soʻzlab maqtanar ekan, Harry uni yashirincha sezdirmay kuzatadi. Draco Harryni ushlab olib, burnini sindiradi. Nymphadora Tonks Harryni topadi va uning burnini tuzatib, Hogwartsgacha kuzatib qoʻyadi. Dumbledore oʻquvchilarga oʻqituvchilar oʻzgarganini eʼlon qiladi. Unga koʻra, Snape qora kuchlarga qarshi himoyalanish boʻyicha oʻqituvchi, Slughorn esa damlamalar boʻyicha oʻqitadi. Harry bir zamonlar kimdir tarafidan koʻplab afsun va maslahatlar yozilgan „Tilsim shahzoda“ nomli eski damlamalar boʻyicha kitobni topadi. Harry ushbu kitobdan foydalangan holda, damlamalar darsida eng yaxshi oʻquvchilardan biriga aylanadi va bir shisha Felix Felicis yoki „Suyuq omad“ni yutib oladi. Biroq, Hermione kitobga ishonmaydi.
Ron va Hermione oʻrtasida yaqinlik paydo boʻladi, ammo Ron singlisi Ginnydan Hermionening Viktor Krum bilan boʻlgan tarixini oʻrganar ekan, Herminonening rashkini keltirish uchun Lavender Brown bilan ishqiy munosabatlar oʻrnatadi. Harryda Ginnyga nisbatan tuygʻulari paydo boʻladi va ular Ronning Gryffindor Quidditchda gʻalabasidan soʻng uning roziligi bilan munosabatlarini boshlashadi. Draco esa yil davomida aqldan ozib, shubhali harakatlar qiladi.
Ayni paytda, Dumbledore va Harry bashorat qilingan Harry va Voldemort oʻrtasidagi jangda Voldemortni yengish maqsadida uning oʻtimishidagi insonlarning xotiralarini oʻrganish uchun Pensievedan foydalanishadi. Xotiralarning biri Slughorn bilan yosh Tom Riddle oʻrtasidagi suhbatni oʻz ichiga oladi, ammo bu xotira oʻzgartirilgan boʻlib chiqdi. Dumbledore Harrydan Slughorndan haqiqiy xotirani olishini soʻraydi. Harry Felix Felicisdan xotirani olishda foydalanadi. Xotiraga koʻra, Slughorn Riddlega jonni parchalash va uni jontumorlarga solish haqida soʻzlab beradi, bu esa kishini deyarli oʻlmasga aylantiradi. Voldemort oltita jontumor yaratgan, Voldemortni yoʻq qilish uchun ularning barchasini yoʻq qilish lozim. Ikkita jontumor – Riddlening kundaligi va Voldemortning bobosiga tegishli uzuk boʻlib, ular allaqachon yoʻq qilingan; toʻrttasi qolgan.
Yil soʻngiga yaqin Harry va Dumbledore yana bir jontumor boʻlmish Slytherinning medalyonini olish uchun gʻorga borishadi. Medalyon koʻlning oʻrtasida joylashgan damlama bilan toʻldirilgan koʻrfazda boʻladi. Medalyonni olish uchun Dumbledore damlamani ichadi va bu uning jiddiy zaiflashishiga olib keladi. Koʻlda yashiringan Inferilar bilan jangdan soʻng, Harry va Dumbledore medalyonni qoʻlga kiritishadi va maktab minorasidagi Dark Markni topish uchun Hogwartsga qaytishadi. Ular minoraning eng tepasiga chiqishgach, Draco tomonidan tahdidga uchrashadi, shu paytda Draco unga berilgan topshiriq Dumbledoreni oʻldirish kerakligi va Ajal kasofatlarini Hogwartsga kiritganini ochiqlaydi. Biroq, Draco Dumbledoreni oʻldira olmaydi. Keyin, Snape keladi va Dumbledoreni oʻldiradi. Harry Snapeni taʼqib etadi, ammo unga magʻlub boʻladi. Snape ketishidan avval unga tilsim shahzoda oʻzi ekanligini aytadi.
Dumbledorening dafn marosimidan soʻng, Harry Ginnyni muhofaza qilish uchun u bilan aloqalarni uzadi. U keyinroq medalyon soxta ekanligini bildi. Harry keyingi yili Hogwartsda oʻqishdan koʻra, jontumorlarni izlashini bildiradi. Ron va Hermione unga qoʻshilishga ont ichishdi.
Boblari
tahrir- Yangi vazir
- Boshi berk Toʻquvchilar koʻchasi
- Vasiyat va meros
- Horace Slughorn
- Keragidan ortiq Xlorka
- Draconing siri
- Divan-klub
- Snapening xursandchiligi
- Zoti past shahzoda
- Mister Monster
- Hermionening yordami
- Kumush va opallar
- Nomaʼlum Riddle
- Suyuq omad
- Buzilmas qasam
- Nihoyatda sovuq Rojdestvo
- Atayin buzilgan xotira
- Tugʻilgan kun sovgʻalari
- Kuzatuvchi elflar
- Lord Voldemortning iltimosi
- Ochilmas xona
- Dafh marosimi
- Ruhdonlar
- Sektumsempra
- Bashorati eshitilgan sohibkaromat
- Gʻor
- Yashin urgan minora
- Shahzodaning qochishi
- Qaqnus figʻoni
- Oq maqbara
Adaptatsiya
tahrirFilm
tahrirUshbu roman asosida Harry Potter va tilsim shahzodasi filmi suratga olingan boʻlib, 2009-yilning 15-iyulida katta ekranlarga chiqarildi[5][6]. Bu filmga David Yates rejissorlik qildi. Shuningdek, Tilsim shahzodasi filmi „Eng yaxshi kinematograf“ nominatsiyasida Oscarga nomzod boʻldi[7][8].
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrir"Garri Potter va tilsim shahzodasi" asarini ilk bora oʻzbek tiliga Shokir Dolimov tarjima qilgan. Roman oʻzbek tilida ilk bor 2020-yil Toshkent shahrida „Ilm-ziyo – zakovat“ nashriyotida chop etilgan. Nashrga tayyorlovchi, iqtibos va izohlarni tayyorlovchi – Ergashboy Matyoqubov, bosh muharrir – Lolaxon Qoʻziboyeva, badiiy muharrir – Asaloy Eshonqulova, dizayner – Feruzbek Vohidov[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Book 6 – The Half-Blood Prince“. CBBC Newsround (10-iyul 2007-yil). 27-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2011-yil.
- ↑ „New Potter book topples U.S. sales records“. NBC News. Associated Press (18-iyul 2005-yil). Qaraldi: 22-mart 2011-yil.
- ↑ Memmott, Carol „Potter-mania sweeps USA's booksellers“. USA Today (17-iyul 2005-yil). Qaraldi: 17-iyun 2011-yil.
- ↑ „Previous Winners“. Literaryawards.co.uk. 16-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-11-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Eng, Joyce „Coming Sooner: Harry Potter Changes Release Date“. TVGuide (15-aprel 2005-yil). 18-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2009-yil.
- ↑ Child, Ben. „Harry Potter film delayed eight months“. The Guardian (15-avgust 2008-yil). 28-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2011-yil.
- ↑ „Nominees & Winners for the 82nd Academy Awards“. AMPAS. AMPAS. 21-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2010-yil.
- ↑ Strowbridge, C.S. „International Details — Dusk for Ice Age“. The Numbers (19-sentabr 2009-yil). 30-aprel 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2011-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
Havolalar
tahrir- Harry Potter va tilsim shahzodasi Harry Potter Wikida (ingl.)