Hasanboy Maʼrufjon oʻgʻli Doʻsmatov (oʻzbekcha: Дўсматов Хасанбой Марфжон ўғли; 24-iyun, 1993-yil, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) – eng yengil vazn toifasidagi (49 kg) oʻzbek professional bokschisi. 2016-yilgi va 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, jahon chempioni (2023-yil), Jahon chempionati kumush medali sovrindori (2017-yil), Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori (2018 yil), uch karra Osiyo chempioni (2015, 2017, 2022), Universiada gʻolibi (2013). 2016-yil Val Barker kubogi gʻolibi[1]. 2013—2014-yillarda boks boʻyicha Ukrainaning „Ukraina atamanlari“ yarim professional jamoasi aʼzosi boʻlgan. Professionallar oʻrtasida 1-ogʻir vazn toifasida amaldagi WBA International chempioni. Afsonaviy final bahsi 2016-yil 14-avgustda Yuberxen Martinesga qarshi kechgan va Hasanboy gʻolibnikni qoʻlga kiritgan[2]. Aiba natijalariga koʻra (17.02.2016) 11-chi oʻrinni egallagan[3].

Hasanboy Doʻsmatov
Hasanboy_1.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 24-iyun 1993-yil (1993-06-24) (31 yosh)
Andijon
Boʻyi 159 sm
Vazni 49 kg
Mukofotlar Oʻzbekiston iftixori
Sport
Qaysi sport boks
Klubi Uzbek Tigers
Faol tomoni chapaqay
Murabbiy(lar)i Ziyovutdin Toygʻonboyev

Hayoti

tahrir
 
Rio 2016 yozgi olimpiada finalidagi jangi. Koʻk libosda Hasanboy, qizilda esa – Martines

Hasanboy Doʻstmatov 1993-yil 24-iyunda Andijon viloyatida tugʻilgan. Murabbiyi Ziyatdinbek Toygonboyev. Bokschilik faoliyatini 11 yoshida, Andijondagi boks maktabida boshlagan. 2012-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[4]. Andijon davlat universitetida tahsil olgan[5].

Havaskor boksdagi faoliyati

tahrir

Doʻstmatov 2009-yilda Qozogʻistonda Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirda birinchi oʻrinni egallab, oʻzining ilk katta muvaffaqiyatiga erishdi. 2011-yilda 49 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

2013-yilda Olmaotada oʻtkazilgan AIBA jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrin boʻldi. 2014-yilda ukrainalik atamanlar tarkibida rossiyalik David Ayrapetyanga qarshi chorak final jangida gʻalaba qozondi. Oʻsha yili Oʻzbekiston milliy chempionatida ikkinchi, Incheondagi Osiyo oʻyinlarida yettinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda Butunjahon boks seriyasida 7 ta jang oʻtkazib, barcha yetti jangda gʻalaba qozongan.

2016-yil 17-fevraldagi AIBA reytingida 11-oʻrinni egallagan[6].

Havaskor boksdagi natijalari

tahrir
 
Doʻsmatov Oʻzbekistonning esdalik markasida, 2017-yil
  • 2009-yil – Qozogʻiston Respublikasi chempioni F. Shonazarov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Uralsk, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
  • 2011-yil – Yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
  • 2012-yil – Makar Mazay xotirasiga bagʻishlangan „A“ toifasidagi 46-xalqaro turnir (Mariupol, Ukraina) – 1-oʻrin
  • 2012-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan IV xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
  • 2012-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
  • 2013-yil – Oʻzbekiston milliy kubogi – 1-oʻrin
  • 2013-yil – Yozgi Universiada (Qozon, Rossiya) – 1-oʻrin
  • 2013-yil – Oʻzbekiston chempionati – 1-oʻrin
  • 2013-yil – Toʻrt millat turniri (Ostona, Qozogʻiston) – 1-oʻrin
  • 2013-yil – Nikolay Manger xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Xerson, Ukraina) – 1-oʻrin
  • 2014-yil – Checheniston Respublikasi Prezidenti A. X. Qodirov xotirasiga bagʻishlangan VI xalqaro turnir (Rossiya) – 1-oʻrin
  • 2014-yil – Sydney Jackson xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin
  • 2015-yil – Chemistry kubogi (Halle, Germaniya) – 1-oʻrin
  • 2015-yil – Boks boʻyicha Osiyo chempionati (Bangkok, Tailand) – 1-oʻrin
  • 2016-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Rio-de-Janeyro, Braziliya) – 1-oʻrin
  • 2017-yil – Boks bo'yicha Osiyo chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1 oʻrin
  • 2023-yil – Boks boʻyicha jahon chempionati (Toshkent, Oʻzbekiston) – 1-oʻrin[7]
  • 2024-yil – Yozgi Olimpiya oʻyinlari (Parij, Fransiya) – 1-oʻrin

Professional faoliyati

tahrir

2019-yilning 16-noyabr kuni Doʻsmatov professional ringda meksikalik Jesus Cervantes Villanuevaga qarshi bahs olib bordi. Doʻsmatov ikkinchi raundda Vilyanuevaga chap qoʻli bilan zarba berib, nokautga uchratdi va gʻalaba qozondi[8]. Debyutidan bir yil oʻtib, Doʻstmatov 2020-yilning 24-dekabr kuni Odiljon Sotqinovga qarshi professional bokschi sifatidagi ikkinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Doʻstmatov bahsning boshidanoq ustunlik qildi va birinchi raundning oʻzida raqibini toʻrt marta nokautga uchratib nokaut bilan gʻalaba qozondi[9][10].

2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari

tahrir

Hasanboy Doʻsmatov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Puerto Riko vakili Xuan Manuel Lopesni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda Qozogʻiston vakili Saken Bibossinov bilan toʻqnashib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi[11]. Yarim final bahslarida Kabo Verdelik Daniel Varela de Pinadan ustun keldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[12]. Finalda Fransiya vakili Billal Bennama ustidan gʻalaba qozondi va oltin medalni qoʻlga kiritdi[13].

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Uzbekistan’s new Olympic Light Flyweight Champion Hasanboy Dusmatov wins the Val Barker Trophy for the outstanding male boxer of Rio 2016“. 2016-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-mart.
  3. Aiba natijalari (ingl.). 15-avgust 2016-yilda tekshirilgan. (PDF), 2016-09-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-03-20
  4. 4,0 4,1 „Parij-2024 litsenziatlari: “Professor” Hasanboy Doʻsmatov“. olympic.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  5. „O'zbek yo'lbarsi - Hasanboy Do'smatov haqida!“. olamsport.com. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  6. „AIBA rankings“ (en) (pdf). AIBA (2016-yil 17-fevral). 2016-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  7. „Хасанбой Дусматов завоевал «золото» ЧМ по боксу в Ташкенте“. Newshub.uz.
  8. „Asian scene: Inoue and Donaire in battle for the ages“ (en). boxingmonthly.com. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.
  9. „Evgeny Terentyev Outpoints Viktor Plotnikov“ (en). boxen247.com. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  10. „World-rated Potapov wins easily“ (en). fightnews.com. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  11. „Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda!“. olympic.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  12. „Hasanboy Doʻsmatov faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya oʻyinlari finalida“. uzreport.news. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  13. „Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk o‘zbek bokschisi!“. kun.uz. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  14. „Bahodir Jalolovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi“. qalampir.uz. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  15. „Бир қатор спортчилар унвон ва орденлар билан тақдирланди“.
  16. „Диёра Келдиёровадан Улуғбек Рашитовгача: Олимпия ўйинларида иштирок этган бир гуруҳ спортчи ва мураббийлар мукофотланди“. Daryo.uz.
  17. 17,0 17,1 „Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi“. kun.uz. Qaraldi: 29-avgust 2024-yil.