Hayleigh Bell
Hayleigh Bell (talaffuzi: Heyli Bell; 1996-yil 19-iyulda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Rudi Swiegers bilan birga juftlikda konkida uchgan. Sobiq sherigi Alistair Sylvester bilan ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Hayleigh Bell | |
---|---|
Bell/Sylvester juftligi, 2012 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
19-iyul 1996-yil Burlington, Ontario, Kanada |
Boʻyi | 1.60 m (5 ft 3 in) |
Sherigi | Rudi Swiegers |
Oldingi sheriklari | Alistair Sylvester |
Murabbiyi | Anabelle Langlois, Cody Hay |
Oldingi murabbiylari | Lee Barkell |
Jamoasi | Skate Regina |
Uchishni boshlagan | 2003 |
Yakunlagan | 2016 |
Shaxsiy hayoti tahrir
Hayleigh Bell 1996-yil 19-iyulda Ontario shtatining Burlington shahrida tugʻilgan[1].
Konki uchish faoliyati tahrir
Sylvester bilan tahrir
Hayleigh Bell va Alistair Sylvester 2009-yilda juftlik hosil qilgan va ularga Ontario shtatidagi Barrie shahrida joylashgan „Allandale Recreation Centre“ markazida Lee Barkell murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻzlarining bosh sovrinini qoʻlga kiritgandan soʻng, 2012-yilda Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, Kanada terma jamoasiga kiritilgan. Juftlik chempionatda qisqa dastur bo‘yicha oʻn ikkinchi o‘rin, erkin dasturda esa toʻqqizinchi o‘rin bilan, umumiy hisobda jamoalar oʻrtasida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan[2].
Bell / Sylvester juftligi keyingi mavsumda oʻzlarining birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etgan; ular Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri turnirida 7, Xorvatiyada esa 6-oʻrinni egallagan. 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan juftlik, 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Italiyaning Milan shahriga joʻnatilgan. Juftlik chempionatda qisqa dasturda 14-o‘rinni, erkin dasturdan esa 10-o‘rinni egallaganidan holda, umumiy hisob bilan jamoalar orasida 11-o‘rindan joy olgan[3].
Dasturlari tahrir
Swigers bilan tahrir
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2015—2016 |
|
Sylvester bilan tahrir
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2012—2013 |
|
|
2011—2012 |
|
|
Natijalari tahrir
GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Swigers bilan tahrir
Xalqaro | |
---|---|
Musobaqa | 2015—16 |
GP Rostelecom Cup | 8 |
Skate Kanada | 5 |
Milliy | |
Kanada chempionati | 8 |
Sylvester bilan juftlik tahrir
Xalqaro | ||
---|---|---|
Musobaqa | 2011—12 | 2012—13 |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati | 12 | 11 |
JGP Avstriya | 7 | |
JGP Xorvatiya | 6 | |
Milliy | ||
Kanada chempionati | 1 | 1 |
Yakka holda tahrir
Musobaqa | 2011—12 | 2012—13 |
---|---|---|
Kanada chempionati | 18 | 16 |
Manbalar tahrir
- ↑ „Hayleigh BELL / Alistair SYLVESTER: 2012/2013“. International Skating Union. 2014-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Walker, Elvin. „Canada’s Bell and Sylvester hope for more surprises“. Golden Skate (2012-yil 13-sentyabr).
- ↑ Kwong, PJ. „Figure skaters get creative to cover massive costs“. CBC Sports (2015-yil 18-noyabr).