Hazorbogʻ — Surxondaryo viloyatidagi kanal. Toʻpolondaryoning oʻng sohilidan boshlanadi. 1929—1938-yillarda qurilgan. Ilgarigi uzunligi 36,5 km, suv oʻtkazish imkoniyati 18 m³/s bo'lgan. Keyingi rekonstruksiyalar (1953—1967) natijasida kanalning suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s gacha oshirildi; uzunligi 56 km ga yetkazildi. 3-kmda bosh gidrouzeli bor. Kanal kamsuv Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok daryolarini birlashtiradi. Hazorbogʻ trassasi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda koʻp mayda ariqlarni kesib oʻtadi. Denov va Shoʻrchi tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin ekin maydonlarini sugʻoradi. H. Defez suv ombori (sigʻimi 12,8 mln. m’)ga suv beradi.