Husomiddin Mahmud
Husomiddin Mahmud (turkcha: Hüsameddin Mahmud b. Alâeddin) 1364-yildan taxminan 1374-yillarga qadar Alay beyligining hukmdori boʻlgan. Husomiddin Mahmud hukmronlik qilgan davr Alay beyligiga qayta-qayta hujum qilgan Kipr podshohi Pierre I ga qarshi shiddatli kurash bilan kechgan.
Husomiddin Mahmud | |
---|---|
turkcha: Hüsameddin Mahmud b. Alâeddin | |
Alay beyligi hukmdori | |
Mansab davri 1364 – 1374-yillardan keyinga qadar | |
Oʻtmishdoshi | Aloviddin ibn Yusuf |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Bolalari |
Jaloliddin Aloviddin Gʻaybiy |
Otasi | Aloviddin ibn Yusuf |
Biografiyasi
tahrirHusomiddin Mahmud Alay beyligi hukmdori Aloviddin ibn Yusufning oʻgʻli boʻlgan. Bey Aloviddin hukmronligi davrida Kipr qiroli Pierre I Korikos (1360) va Antaliyani (1361) egallab olgan[1][2]. Kipr floti Onadoʻli qirgʻoqlariga ham tahdid solayotgan bir paytda Alay beyi Aloviddin vafot etgan va uning oʻrniga beylik hukmdori etib oʻgʻli Mahmud tayinlangan. Pierre I Korikos va Antaliya oʻrtasidagi butun mintaqani egallab olishga harakat qilgan. 1364-yilning sentyabr oyida Kipr armiyasi Antaliyadan Alay beyligigacha boʻlgan qirgʻoq hududlarini talon-taroj qilgan, Alay portiga kirib, qalʼaga hujum qilgan. Biroq keyinchalik oʻzlari turkman kemalari tomonidan uyushtiriladigan hujumlar natijasida qochishga majbur boʻlgan. Mahmud Bey 1364-yilning noyabrida dushmandan oʻch olishga muvaffaq boʻlgan. Dushman kemalarini talon-taroj qilish maqsadida Kiprga yoʻl olgan va u yerdan koʻplab odamlarni asir qilib olgan[2].
Pierre I dushmanga qarshi askar yollash maqsadida Yevropa boʻylab sayohat qilgan. 1365-yilda orolga qaytib kelib, oʻz floti bilan Iskandariyaga hujum uyushtirgan. Oʻsha paytda dunyoning eng boy yerlaridan biri hisoblangan shaharni uch kun ichida talon-taroj qilib, Oʻrta yer dengizi orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq ishlariga jiddiy zarba bergan. Pierre I oʻsha vaqtda Suriya portlariga ham hujum qilishni rejalashtirgan, ammo mamluklarning tahdidi, venetsiyalik va genuyaliklarning taqiqi uni fikridan qaytishga majbur qilgan. Shundan soʻng, Pierre Suriya oʻrniga Alay yerlarini nishonga olgan. 1366-yilda (hijriy 767-yil Ramazon oyi) yigirma ikkita kema bilan Alayni bosib olish uchun ushbu hududga qoʻshin tortgan. Uning jangchilari portni egallab olishgan, shaharni qoʻriqlab turgan xandaqdan oʻtib, qasrga hujum qilishgan, biroq turkman kamonchilarining otishmalari ularni ortga chekinishga majbur qilgan[1][2]. Manbalarda damashqlik tarixchi va huquqshunos Ibn Qodiy Shuhbe (1377–1448) Alay askarlari Karamoniylar koʻmagida hujumchilarni qirgʻoqqa qadar haydab yuborishgani, qoʻlga olingan dushman askarlarini qal’alarga osib qoʻyishgani, shuningdek, raqiblarining bir qancha kemalarini ham qoʻlga olishganligini eslatib oʻtgan.
Alay beyligiga qilingan hujumining muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishi mintaqadagi vaziyatga sezilarli taʼsir koʻrsatgan[2]. Mamluk sultoni Husomiddin Mahmud Alâeddin Ali Bey, İlyas Bey Hamidiy, Muborizuddin Mehmed, Oydinogʻlu Iso, Mentesheogʻlu Muso va uning ukasi Kirmon, Saruxonogʻlu Is’hoq beylarga[3] Kiprga qarshi yurish boshlash uchun ittifoqqa qoʻshilish taklifi bilan maktublar yoʻllagan. 1367-yilning fevralida ularning koʻpchiligi Karamanogʻlu Aloviddin Bey boshchiligida[4] ittifoqqa qoʻshilishgan. Natijada 40 ming kishilik qoʻshin yigʻilib, Aloviddin boshchiligida Korikos[2][4][5] yerlariga qoʻshin tortib kelishgan. 1360-yilda Korikos hududi Kiprga tegishli boʻlgan, shu sababdan hudud aholisi ichki shaharda panoh topgan. Mavjud vaziyat yuzasidan Pierre I huzuriga ikki nafar elchi yuborilgan. Pierre I zudlik bilan ukasi qoʻmondonligi ostidagi qamal qolgan askarlar va tinch aholiga yordam kuchlarini yuborgan. Leontios Machairasning soʻzlariga koʻra, uch kundan keyin Pierrening ukasi Kornigos aholiga qal’ani tark etishni buyurgan[6]. 1367-yil 7-martda beylar qamalni olib tashlab, Korikosni tark etishgan[5].
Teke Bey bir necha marotaba Antaliyani qaytarib olishga urinib koʻrgan, koʻp marta shaharni qamal qilgan va nihoyat, 1373-yil 14-mayda Antaliyani toʻliq egallab olgan. Shaharning qayta qoʻlga kiritilishi bilan Kiprning mintaqaga qilgan bosimi toʻxtagan. Gʻalaba sharafiga Husomiddin Mahmud Bey 1374-yilda Alayda Gulafshon masjidini qurdirgan[2].
Husomiddin Mahmud Beyning qachon va qayerda vafot etgani haqida maʼlumot mavjud emas[2].
Egridirda topilgan qabr toshidagi yozuvda Husomiddin Mahmud Beyning 1412-yilda shu hududda beylik qilgan Jaloliddin ismli oʻgʻli boʻlgani qayd etilgan. Shuningdek, uning Kaygusuz Abdal laqabi bilan mashhur boʻlgan[2], asli Aloviddin Gʻaybiy ismli yana bir oʻgʻli borligi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Uzunçarşılı 1969.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Akkus 2018.
- ↑ Kofoğlu 2011.
- ↑ 4,0 4,1 Kofoğlu 1997.
- ↑ 5,0 5,1 Kofoğlu 2018.
- ↑ Леонтий Махера 1999.
Adabiyotlar
tahrir- Leontiy Maxera. Povest o sladkoy zemle Kipr // Krestonossi pozdnego srednevekovya. – M.: Izd-vo MGU, 1999.
- Akkus M. XVII. Alâiye Beyliği // Anadolu Beylikleri. – Siyer Basim Yayin Dagitim San. Ve Tic. Ltd. Sti., 2018. – Vol. 11. – 1158 p. – (İslam Tarihi ve Medeniyeti). – ISBN 9786052375495.
- Kofoğlu S. Hamidoğulları Beyliği // Anadolu Beylikleri. – Siyer Basim Yayin Dagitim San. Ve Tic. Ltd. Sti., 2018. – Vol. 11. – P. 227—242. – 1158 p. – (İslam Tarihi ve Medeniyeti). – ISBN 9786052375495.
- Kofoğlu S. Hamidoğulları // Islam Ansiklopedisi. – 1997. – Vol. 15. – P. 307—309.
- Kofoğlu S. Tekeoğulları // Islam Ansiklopedisi. – 2011. – Vol. 40. – P. 348—350.
- Merçil E. Alâiye Beyliği // Islam Ansiklopedisi. – 1989. – Vol. 2. – P. 332—333.
- Setton K. The Papacy and the Levant, 1204-1571. – American Philosophical Society, 1976. – Vol. I: The thirteenth and fourteenth centuries. – 542 s. – ISBN 978-0-87169-114-9.
- Uzunçarşılı İ. H. Alaiye beyleri // Anadolu beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu devletleri. – Türk Tarih Kurumu Basımevi, 1969. – P. 92—95. – 372 p.