Ibn Fazlon
Ibn Fadlan Ahmad Ibn Abbos (10-asr) — arab sayyohi, tarixchisi. 921—922 yillarda abbosiylar xalifasi Muqtadir elchilari tarkibida kotib sifatida Buxoro va Xorazm orqali Volga bulgʻorlari podshohi huzuriga sayohat qilgan. Sayohat tavsifi, shuningdek, Xorazm, oʻgʻuzlar, boshqirdlar, bulgʻorlar, ruslar va b. xaqida boy folklor-etnografik maʼlumotlar keltirilgan kitob yozgan. I. F. kitobining dastlab-ki matni yoʻqolgan. 13-asr dayoq arab olimi Yoqut Hamaviy tomonidan foydalanilgan, qisqartirilgan tahriri Mashhad sh. da topilgan (1923).
Adabiyot
tahrir- Kovalevskiy A. P., Kniga Axmeda Ibnfadlana o yego puteshestvii na Volgu v 921—922 gg ., Harkov, 1956; Puteshestviye Ibnfadlana na Volgu, M. — L., 1939.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |