DJ Piligrim

oʻzbek qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi va DJi
(Ilhom Yoʻlchiyevdan yoʻnaltirildi)

DJ Piligrim, asl ismi Ilhom Isroilovich Yoʻlchiyev (1976-yil 10-iyun, Toshkent shahri) – oʻzbek qoʻshiqchisi. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar yozadi.

DJ Piligrim
Maʼlumot
TaxallusiDJ Pilligrim, Ila
Tavallud topgan sanasi va joyi10-iyun 1976-yil (1976-06-10) (48 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Yo'nalishiPop, Dance
KasbiDJ, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari1998 – Hozirgi vaqtgacha
Mukofotlari
Veb-sahifasidjpiligrim.com

Biografiyasi

tahrir

1976-yil 10-iyunda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Chilonzor tumanidagi 229-maktabda oʻqigan. 11 yoshidan etikdoʻzlik, tikuvchilik va sotuvchilik qilgan. Habibullo Fayziyevning filmlaridagi epizodlarda suratga tushgan.

1997-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tugatgan. Hozirda „Oʻzbekkonsert“ davlat muassasasi xonandasi[1].

2005—2009-yillarda giyohvandlikka berilib, moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan[2].

2017-yilda „Ixom Yulchiev“ savdo belgisini[3], 2022-yilda „IY“ savdo belgisini patentlagan[4].

Ilhom Yoʻlchiyev oʻz ijodiy faoliyatini 1996-yilda Chilonzor tumani Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan klubda boshlagan. Oʻsha yili Oʻzbekistonda birinchi marta DJlar tanlovi boshlangan va tanlovda qatnashish uchun oʻziga taxallus tanlashi kerak boʻlgan. Romeo va Juliet filmidagi Romeoning oʻqigan sheʼridan „Piligrim“ soʻzini yoqtirib qolgan va „DJ Piligrim“ taxallusini tanlagan. 1998-yilda Artur Boydo, Igor Tyan, Igor Kim, Denis Belyayev, Valijon Sodiqov bilan birgalikda GC Records bazasida ishlay boshlagan. Ilk qoʻshiqlaridan biri „Mne ne jit bez tebya“ („Sensiz yasholmasman“) qoʻshigʻi edi. Keyinchalik Piligrim „Koʻk choy“, „O Leyla“, „Ya skuchayu“ („Sogʻinaman“), „Koʻr boʻlsin“, „Ti menya zabud“, „Oazis“ qoʻshilari bilan yanada kengroq mashhurlikka erishdi[5].

DJ Piligrim boshqa musiqachilar bilan ham ijod qilib keladi. Jumladan, uning birinchi „Nocherom, vecherom, kecherom“ albomidagi „Unutma meni“ (Diana Sharapova bilan), „Veter peremen“ („Oʻzgarishlar yeli“; Sevara Nazarxon bilan), „Tanhoman“ (Yulduz Usmonova bilan) va „Ya vstretil devushku“ („Bir qiz uchratdim“; Tohir Sodiqov bilan) kabi qoʻshiqlar muallifi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ikki marta turmush qurgan va ikki marta ajrashgan. Birinchi marta, 2003-yilda „Seʼtanho“ (sobiq „Setora“) musiqiy guruhining aʼzosi Komila Xoʻjayevaga uylangan. Ularning 2004-yilda tugʻilgan Isom ismli oʻgʻli bor. 2005-yilda ajrashgan. Ikkinchi marta, 2018-yilda turmush qurgan. Bu turmushdan Inom ismli oʻgʻli bor. 2022-yilda ajrashgan.

Diskografiyasi

tahrir
  • 1998 – „Nocherom, vecherom, kecherom“
  • 1999 – „Angel pechali“
  • 2001 – „Natsionalnost – lyudi“
  • 2009 – Ты меня забудь
  • 2011 – ONE WAY
  • 2011 – C-ENERGY
  • 2011 – ON LINE
  • 2015 – День то или ночь
  • 2016 – АХИМСА
  • 2016 – OM

Mukofotlari

tahrir

„Koʻk choy“ qoʻshigʻi uchun „Tarona Taqdimoti—2002“ marosimida „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan.

2024-yilda Shuhrat medali berilgan[6].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir