Ilhom Zaylobiddinov[1] (1975-yil 30-may) — qirgʻizistonlik futbolchi, himoyachi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan. 1996-yilda Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ilhom Zaylabetdinov
Tavalludi 1975-yil 30-may
Fuqaroligi Qirgʻiziston
Kasbi futbolchi
Mukofotlari Qirgʻiziston chempionatida kumush medal
Qirgʻiziston chempionatida bronza medal
Qirgʻiziston kubogida oltin medal

Biografiyasi

tahrir

Ilhom Zaylobiddinov 1975-yilning 30-may sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.

Klublardagi karyerasi

tahrir

Zaylabetdinov katta sportni 1992-yilda „Semetey“ (Qizil-Qiya) klubida boshlagan boʻlib, ushbu klub tarkibida toʻrt mavsum davomida Qirgʻiziston chempionatida 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Mamlakat chempionatining kumush (1994) va bronza (1995) medallari sovrindori, Qirg‘iziston kubogi sohibi (1995) boʻlgan.

1996-yilda „Semetey“ ning bir qancha oʻyinchilari va klub murabbiyi bilan birgalikda „Metallurg“ (Qadamjoy) klubiga oʻtadi va ushbu klub tarkibida Qirgʻiziston chempioni va mamlakat kubogi finalchisiga aylanadi. Mavsum yakunida Zaylabetdinov Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etiladi.

Keyinchalik bir necha yil O'zbekiston quyi ligasida oʻyinlarini davom ettiradi. 2002-yilda O‘zbekiston chempionati — Superliga bahslarida „Qo‘qon 1912“ klubi tarkibida, keyingi yili esa „Sementchi“ jamoalari safida toʻp suradi.

2005-yilda Zaylabetdinov Qirgʻizistonga qaytib keladi va u yerda „Jashtik-Ak-Altin“ jamoasida oʻynaydi, ikki karra milliy chempionatning bronza medali sovrindori va Qirgʻiziston kubogining ikki karra finalchisiga aylanadi. 2006-yilgi mavsum oʻyinlarida yana Oʻzbekistonning „Sementchi“ klubi safida birinchi liga bahslarida oʻz oʻyinlarini oʻtkazadi.

Jamoaviy karyerasi

tahrir

1996-yil 24-yanvarda Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan oʻyinda Zaylobiddinov Qirgʻiziston milliy terma jamoasida oʻzining debyut oʻyinini amalga oshiradi[2]. Ikki kundan soʻng futbolchi Yamanga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushiriladi. Shundan keyin Zaylobiddinov terma jamoa safidagi futbolchilik faoliyatini toʻxtatadi.

Murabbiylik karyerasi

tahrir

Zaylobiddinov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, O‘zbekistonning „Sementchi“ jamoasi murabbiylar shtabida ish boshlaydi[3][4]. 2018-yildan boshlab Fargʻonaning „Neftchi“ klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy boʻlib faoliyat olib boradi.

2019-yildan boshlab Zaylobiddinov „Sementchi“ klubida faoliyatini davom ettiradi. Klubda C darajadagi murabbiylik litsenziyasiga ega Abdumalik Hakimov bilan birgalikda bosh murabbiy boʻlib xizmat qiladi[5]. 2021-yilgi mavsumda Yaypanning "Turon" jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi[6].

Shaxsiy hayot

tahrir

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Islom Qobilov Ilhom Zaylobiddinovning o'g'lidir.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir