Irakliy Vissarionovich Abashidze (gruzincha: ირაკლი ბესარიონის ძე აბაშიძე) (1909.10.11, Kutaisi gubernyasi Xoni qishlogʻi – 1992) – gruzin shoiri va jamoat arbobi. Gruziya FA akademigi (1960). Gruziya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1953—67). Gruziya Ensiklopediyasi bosh muharriri (1967-yildan).

Irakliy Vissarionovich Abashidze
gruzincha: ირაკლი ბესარიონის ძე აბაშიძე
 9-Gruziya SSR Oliy Soveti Raisi
Mansab davri
1971-yil 12-iyul – 1990-yil 14-noyabr
Oʻtmishdoshi Rafael Dvali
Vorisi Zviad Gamsaxurdiya
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-noyabr 1909-yil
Xoni, Kutaisi guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 14-yanvar 1992-yil(1992-01-14)
(82 yoshda)
Tbilisi, Gruziya
Siyosiy partiyasi KPSS
Alma mater Tbilisi davlat universiteti
Kasbi Shoir, siyosatchi
Mukofotlari
Xalqlar doʻstligi ordeni
Shota Rustaveli nomidagi Gruziya SSR davlat mukofoti
Dafn etilgan joyi Didube panteoni

Asarlaridagi asosiy mavzu – shoirning insonparvarlik burchi, Gruziyaning hozirgi va oʻtmishdagi taqdiri („Gruziya yashnayapti“, 1950; „Yaqinlashish“, 1966; „Bu qoʻshiqlar ham – Gruziyamga“, 1971; sheʼriy toʻplamlari, „Rustaveli izidan“ poemasi, 1966 va boshqalar). „Yuksak mahorat uchun“(1959), „Doʻstlar, yoʻllar, oʻylar“ (1979) kitoblari muallifi. Oybek, Gʻafur Gʻulom va boshqa bilan ijodiy muloqotda boʻlgan. Zulfiya sheʼrlarini gruzin tiliga tarjima qilgan. Oʻzbek tilida „Sheʼrlar“ kitobi nashr qilingan (1962).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil