Isʼhoq ibn al-Muqtadir
Isʼhoq ibn al-Muqtadir (arabcha: اسحاق ابن المُقتدر; 910-yillar — 988-yil mart) Abbosiy xalifa al-Muqtadirning oʻgʻli, Abbosiy shahzoda. Al-Qohir, ar-Radiy, al-Muttaqiy, al-Mustakfiy, al-Mutiy va at-Toiy kabi xalifalar bilan zamondosh boʻlib, ulardan uchtasi Isʼhoqning aka-ukalari boʻlgan. Al-Muqtadirning oʻgʻli boʻlgani sababli aka-ukalari davrida ham xalifalik taxtiga nomzod boʻlgan, ammo oʻgʻli Ahmad 991-yilda al-Qodir ismi bilan xalifalik taxtini egallagan.
Isʼhoq ibn al-Muqtadir اسحاق بن المُقتدر | |||||
---|---|---|---|---|---|
Tugʻilishi |
910-yillar Bagʻdod | ||||
Vafoti |
988-yil mart Bagʻdod | ||||
Dafn etilgan joy |
Bagʻdod | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Tamanni | ||||
Farzandlari |
| ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | al-Muqtadir | ||||
Onasi | Dimna | ||||
Dini | Islom (Sunniylik) |
Biografiyasi
tahrirIsʼhoq xalifa al-Muqtadirning (h. 908–932) Dimna ismli kanizakdan tugʻilgan oʻgʻli boʻlgan[1][2]. Isʼhoq Bagʻdodda tugʻilib, umrining katta qismini shu shaharda oʻtkazgan.
Isʼhoqning bolaligi fojiali kechgan. Otasi al-Muqtadir Isʼhoq juda yoshlik paytida suiqasd natijasida oʻldirilgan. Garchi otasi davrida akasi Abul Abbos (boʻlajak xalifa ar-Radiy) taxt vorisi deb belgilangan boʻlsa-da, vafotidan keyin amakisi al-Qohir xalifalik taxtini egallagan. Amakisining nomzodini al-Muqtadirga suiqasd uchun oʻgʻillari qatl etishini istamagan harbiy qoʻmondonlar qoʻllab-quvvatlagan.
Otasining vafotidan keyin Isʼhoq merosning bir qismiga egalik qilgan. Amakisi al-Qohir 932—934-yillarda hukmronlik qilib, ar-Radiy (h. 934–940) foydasiga taxtdan voz kechishni rad etgach, koʻr qilinib, qamoqqa tashlangan[3][4]. Ar-Radiy 940-yilda vafot etgach, oʻrniga ukasi al-Muttaqiy oʻtirgan. Al-Muttaqiydan keyin 944-yilda xalifalik taxtiga al-Mustakfiy chiqqan. Al-Mustakfiy al-Muttaqiyning tirik qolgan oʻgʻillariga dushmanlik qilgan. 946-yilda buvayhiylar hukmdori Muizz ud-Davla uni taxtdan agʻdarib, oʻrniga al-Muqtadirning oʻgʻli al-Mutiy oʻtirgan. Isʼhoq umrining qolgan qismini akasining saroyida kichik saroy xizmatchisi vazifasida oʻtkazgan.
Al-Mutiy hukmronligi davrida oʻrniga ukalaridan biri, ayniqsa Isʼhoq, oʻtirishi kutilgan edi. Biroq, u oʻgʻli at-Toiyni merosxoʻrlik uchun tanlagan.
Isʼhoqning Tamanni ismli xotinidan Ahmad ismli oʻgʻli boʻlib, u kelajakda al-Qodir ismi bilan xalifa boʻlgan[5]. Ahmad yaxshi taʼlim olgan. U Ahmad ibn Muhammad al-Haraviyning fiqh boʻyicha shofiʼiy asarlarini toʻplagani qayd etilgan[6]. Isʼhoqning Amina ismli qizi ham boʻlgan.
Oʻlimi
tahrirIsʼhoq 988-yil mart oyida vafot etgach, oʻgʻli Ahmad oʻgay singlisi Amina bilan meros masalasida janjallashib qoladi. Singlisi Ahmad haqida amakivachchasi xalifa at-Toiyga (h. 974–991) akasi xalifa boʻlishi xohlayotgani haqida xabar bergan. Ahmad qoʻlga tushmaslik uchun bir muddat yashirinib yurgan. Bu vaqtda Basra yaqinidagi Batiha botqoqligi noibi Muhazzi ud-Davla huzurida boʻlib, taxminan uch yil shu yerdan panoh topgan[6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj: Mystic and Martyr of Islam, Bollingen Series. Princeton University Press, 1994 — 182-bet. ISBN 978-0-691-01919-2.
- ↑ Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 1: The Life of Al-Hallaj, Online access with JISC subscription agreement: ACLS Humanities E-Books. Princeton University Press, 2019 — 394-bet.
- ↑ Zetterstéen 1987, s. 627.
- ↑ Sourdel 1978, s. 424.
- ↑ Busse 2004, s. 201.
- ↑ 6,0 6,1 Küçükaşcı 2001, s. 127.
- ↑ Busse 2004, s. 69.
Adabiyotlar
tahrir- Busse, Heribert. Chalif und Grosskönig - Die Buyiden im Irak (945-1055) (German). Würzburg: Ergon Verlag, 2004. ISBN 3-89913-005-7.
- Küçükaşcı, Mustafa Sabri (2001). "Kādir-Billâh" (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam, Vol. 24 (Kāânî-i Şîrâzî – Kastamonu). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. 127–128 b. ISBN 978-975-389-451-7. https://islamansiklopedisi.org.tr/kadir-billah.
- Massignon, Louis. [[[:Andoza:Google Books]] The Passion of Al-Hallaj: Mystic and Martyr of Islam]. Princeton University Press, 1994. ISBN 978-0-691019192.
- Sourdel, Dominique (1978). "al-Ḳāhir Bi’llāh". in van Donzel, E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IV: Iran–Kha (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 423–424 b. OCLC 758278456. https://dx.doi.org/10.1163/1573-3912_islam_SIM_3786.
- Zetterstéen, K. V. (1987). "al-Ḳāhir Bi 'llāh". in Houtsma, Martijn Theodoor. E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936, Volume IV: 'Itk–Kwaṭṭa. Leiden: Brill. p. 627. doi:10.1163/2214-871X_ei1_SIM_3803. ISBN 978-90-04-08265-6.