Al-Muttaqiy
Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Jaʼfar al-Muqtadir (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم بن جعفر المقتدر), hukmdorlik unvoni al-Muttaqiy ismi bilan mashhur, (908 — 968-yil iyul; المتقي) 940-yildan 944-yilgacha Bagʻdodda xalifalik qilgan Abbosiylar xalifasi. Hukmronlik davri „soʻnggi Abbosiylar davri“ (940—1258) boshlanishi bilan xarakterli.
al-Muttaqiy المتقي | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |||||
al-Muttaqiyning kumush dirhami. Tangada ham xalifa, ham amir al-umaro Bajkam ismlari yozilgan. | |||||
Abbosiylar xalifaligining 21-xalifasi Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa | |||||
Saltanat | 940-yil 15-dekabr — 944-yil 26-avgust | ||||
Oʻtmishdoshi | ar-Radiy | ||||
Davomchisi | al-Mustakfiy | ||||
Tugʻilishi |
tax. 908-yil Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
968-yil iyul (60 yoshda) Abbosiylar xalifaligi | ||||
Turmush oʻrtogʻi | Ummu Isʼhoq | ||||
Farzandlari | Isʼhoq | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | al-Muqtadir | ||||
Onasi | Xalub Zahro | ||||
Dini | Islom (Sunniylik) |
Biografiyasi
tahrirAl-Muttaqiy al-Muqtadirning[1][2] Xalub, shuningdek Zuhra, ismli kanizakdan tugʻilgan oʻgʻli[3]. Kanizak yunon millatiga mansub boʻlib[4], Ibrohimning (boʻlajak xalifa al-Muttaqiy) onasi boʻlgan[1][2]. Toʻliq ismi Ibrohim ibn Jaʼfar al-Muqtadir, kunyasi esa Abu Isʼhoq boʻlgan.
Bu vaqtda xalifalik ahamiyatsiz boʻlib qolgan edi. Avvalgi xalifa ar-Radiy vafot etgach, amir ul-umaro (amirlar amiri) Bajkam oʻz kotibini Bagʻdodga joʻnatish bilan kifoyalanib, kotib yangi xalifani saylash uchun kengashni toʻplagan. Kengash marhum xalifaning ukasi al-Muttaqiyni tanlagan. Taxt bir necha kun boʻsh qolgach, al-Muttaqiy lavozimni egallagan. Yangi xalifaning birinchi ishi Bajkamga bayroq va sharaf libosini yuborish boʻlib, bu uning martabasini tasdiqlagan.
Bajkam Vositga qaytishdan oldin, oʻz hukumatini tuzgan, ovga chiqqan va ovda ekanida talonchi kurdlar guruhi qoʻlida oʻlgan. Poytaxtda yana anarxiya boshlangan.
Rasmiylar oʻrtasidagi raqobat
tahrirVazir Abu Abdulloh al-Baridiy ketgach, 3-iyul kuni ojiz xalifa al-Muttaqiy Kurankijni amir ul-umaro etib tayinlagan. O‘sha kechasi Turk Takinak hibsga olinib, cho‘ktirib o‘ldirilgan[5]. Kurankiy oʻziga kotiblik uchun Abulfaraj ibn Abdurrahmon al-Isfahoniyni tanlagan. Ali ibn Iso ibn al-Jarroh va uning ukasi Abdurrahmonni vazir unvonisiz boshqarma boshligʻi boʻlishga taklif qilgan. Biroq bu tartib uzoq davom etmagan. Bir necha kun ichida aka-uka Banul Jarroh ishdan olinib, Abu Isʼhoq Muhammad ibn Ahmad al-Qaroriy vazir etib tayinlangan[6]. Al-Baridiy yangi kuchlar yigʻib, Basradagi qarorgohidan Vositga kelgach, Kuranjiy ularga qarshi turish uchun Daylamiy qoʻmondon Ispaxon boshchiligida qoʻshin yuborgan. Qoʻshin yaqinlashib kelayotgani haqidagi xabarni eshitgan baridiylar Vositni tashlab, Basraga chekingan[7].
Bu orada Suriyaga qochgan avvalgi amir ul-umaro Muhammad ibn Raiq Bag‘dodni tark etgan turkiy qo‘mondonlar oqimi tufayli kuchayib, al-Muttaqiydan Abbosiylar poytaxtiga qaytish taklif qilingan maktub olgan[8]. Kurankij Ibn Raiqning Bagʻdodga yurishi haqidagi xabarni eshitgach, deyarli baridiylar qoʻliga oʻtgan Vositdan Ispaxonni chaqirib olgan. 22-avgustda vazir al-Qaroritiyni ham lavozimidan bo‘shatib, o‘rniga Abu Ja’far Muhammad ibn Qosim al-Karxiyni tayinlagan[9].
Ibn Raiq Bag‘dodga yaqinlashgach, Kurankij shahardan chiqib, Ukbara tomon yo‘l olgan. Ikki qo‘shin bir necha kun jang qilsa-da, Ibn Raiq g‘alabani ta’minlay olmagan. Shunga qaramay, 23-avgust kuni Ibn Muqotil boshchiligidagi Ibn Raiq qo‘shini otryadi Bag‘dodga kirgan. Ikki kundan so‘ng Ibn Raiq qo‘shinining asosiy qismi ham shaharga kirgan. Kuranjiy esa bir kunlik yoʻl ortda qolib ketgan. Xabarlarga koʻra, Kurankij va uning odamlari raqibiga nafrat bilan qaragan. Ibn Raiqning oʻzi Suriyaga qaytishni oʻylagan. Shahar ichida boshlangan jangda Ibn Raiqning ba’zi yigitlari Daylamiylarga orqadan hujum qilishga muvaffaq bo‘lgan. Daylamiylar aholining ham hujumiga uchraganlaridan soʻng, vahimaga tushib qolishgan. Kurankijning chekinib, yashirinishi Raiqning hukmronligini taʼminlagan[10][11]. 22-sentabrda Ibn Raiq tirik qolgan Daylamiylarni qatl etib, ertasi kuni amir ul-umaro darajasiga koʻtarilgan. Kurankij topilib, saroyda qamoqqa tashlangan[11][12].
Xalifaning amir ul-umarosi Muhammad ibn Raiq xalifani oʻzi bilan birga Mosulga ketishga ko‘ndirgan.
Al-Muttaqiyni u yerda uni poytaxtga qaytarish uchun yurish uyushtirgan Hamdoniylar sulolasi kutib olgan. Biroq, ularning maqsadlari xudbinlik boʻlgan. Ular Ibn Raiqni oʻldirib, uning Suriya hukumatini oʻzlariga qoʻshib, Bagʻdod tomon yurishgan. Nosir ad-Davla ismli Hamdoniylar yetakchisi xalifa bilan Bag‘dodga yo‘l olgan.
Hamdoniy rahbarlari arab birodarlari orasida qanchalik qudratli bo‘lishsa-da, yunonlar ustidan gʻalaba qozonishda hissa qoʻshgan xorijlik yollanma askarlar va shahardagi yaxshi uyushgan turk qo‘shinlari tufayli Bag‘dodda hukmronlik qilishni eplay olmadilar. Shunday qilib, Tuzun ismli turk sarkardasi Bagʻdodga gʻalaba bilan kirib, amir ul-umaro darajasiga erishgach, bir yildan kamroq vaqt ichida Hamdoniylar yetakchilari Mosulga qaytishga majbur bo‘lgan. Biroq, uning dushmaniga qarshi boshlangan yangi sud jarayoni Tuzunni poytaxtni tark etishga majbur qilgan. Shaharda yoʻqligida xalifa xavf ostida qolgan fitna boshlanib, yana Hamdoniylar shahzodasidan yordam soʻrashga majbur boʻlgan. Bunga javoban yuborilgan qoʻshinlar qochishga imkon berib, avval Mosulga, keyin Nusaybinga qochib ketgan.
Koʻp oʻtmay, Tuzun va Hamdoniylar yetakchilari oʻrtasida tinchlik oʻrnatilgach, al-Muttaqiy mashhur ajdodlarining magʻrur saroyi boʻlgan Raqqada qarorgoh qilgan.
Qulashi va vorislik masalasi
tahrirKeyinchalik al-Muttaqiy o‘zini chinakam va sodiq xizmat qilishga astoydil qasam ichgan Tuzunning qo‘liga topshirgan. Biroq, oradan koʻp oʻtmay Tuzun xalifani taxtdan agʻdarib, koʻzini koʻr qilgan. Oʻsha kuni Tuzun sobiq xalifaning amakivachchasini „Xudoning oʻzi kifoya“ — al-Mustakfiy ismi bilan taxtga chiqargan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj: Mystic and Martyr of Islam, Bollingen Series. Princeton University Press, 1994 — 182-bet. ISBN 978-0-691-01919-2.
- ↑ 2,0 2,1 Massignon, L.; Mason, H.. The Passion of Al-Hallaj, Mystic and Martyr of Islam, Volume 1: The Life of Al-Hallaj, Online access with JISC subscription agreement: ACLS Humanities E-Books. Princeton University Press, 2019 — 394-bet.
- ↑ Rizvi, Sayyid Saeed Akhtar; Shou, Salman. Utumwa: Mtazamo wa Kiislamu na wa Nchi za Magharibi. Al-Itrah Foundation, 2005 — 63-bet. ISBN 978-9987-9022-4-8.
- ↑ الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2, الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2009 — 453-bet.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 18–19.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 18–20.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 20.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 20–21.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 21.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 21–23.
- ↑ 11,0 11,1 Bowen 1928, s. 373.
- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 23–24.
Adabiyotlar
tahrir- The Eclipse of the 'Abbasid Caliphate. Original Chronicles of the Fourth Islamic Century, Vol. V: The concluding portion of The Experiences of Nations by Miskawaihi, Vol. II: Reigns of Muttaqi, Mustakfi, Muzi and Ta'i. Oxford: Basil Blackwell, 1921.
- Bowen, Harold. The Life and Times of ʿAlí Ibn ʿÍsà, ‘The Good Vizier’. Cambridge: Cambridge University Press, 1928. OCLC 386849.
- This text is adapted from William Muir's public domain, The Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall.