Islomxoʻja — oʻzbek badiiy dramasi. Film Xorazm bosh vaziri Islomxoʻja hayoti va faoliyatini yoritish maqsadida suratga olingan. Rejissori va senariy muallifi Jahongir Ahmedov[1] Oʻzbekino agentligi Moskva bilan birinchi qoʻshma[2]

Filmning bosh rollarida Ulugʻbek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Husan Jumayev, Arslonov Hoshim va Azamat Ahrorov suratga tushishgan.

Syujet tahrir

Xorazm bosh vaziri Islomxoʻja hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi filmda uning sirli oʻlimi tafsilotlarini oʻrganishga kirishgan tadqiqotchi-tarixchi, mavjud hujjatlar asosida haqiqiy aybdorlarni ochishga harakat qiladi.[3][4]

Yaratilish tahrir

2017-yil sentabr oyida Toshkent shahrida „Islomxoʻja“ filmi ustida ish boshlanishidan avval „Islomxoʻja“ mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. „Filmlardagi hayot va badiiy tana“ mavzusidagi oʻzbek filmida gʻoyaviy talqin va senariy muhokama qilindi[5][6]

Filmni suratga olish „Ezgu Film“ kinokompaniyasiga yuklangan. Filmda oʻzbek va rossiyalik mashhur aktyorlar suratga tushgan.

„Ezgu film“ kino saytida oʻsha davr muhiti qayta tiklandi. Rossiyadan kelgan ijodiy guruh bilan hamkorlikda 5 gektar maydonda shahar va jang maydoni manzaralari barpo etildi. 3500 kvadrat metr maydonni egallagan 5,5 metr balandlikdagi Xorazmshohning ikki qavatli saroyida 1500 ishchi mehnat qildi.[7]

 
Xivadagi Islomxoʻja minorasi
 
Xivadagi Islomxoʻja madrasasi

Rollarda tahrir

Ijodiy jamoa tahrir

„Islomxoʻja“ filmi musiqasi Doniyor Aʼzamov tomonidan yozilgan. Ovoz muhandisi Anvar Fayzullaev. Ovoz dizayni Donyor Agzamov. CineLab Dolby Digital 5.1 tovozlarni qayta ishlagan.

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

  • „Oltin humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi rassom“ nominatsiyasi gʻolibi (2019) (Akmal Saidov)[8]
  • „Oltin humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi vizajist“ nominatsiyasi gʻolibi (2019) (Valentina Abduqunduzova)[9][10]

Manbalar tahrir