Ismoil al-Marvaziy
fiqhshunos, hadisshunos, nahvshunos olim
(Abu Tolib) Ismoil ibn al-Husayn ibn Muhammad ibn al-Husayn ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Aziz ibn al-Husayn ibn Ali ibn Muhammad ibn Jaʼfar as-Sodiq al-Alaviy al-Husayniy (Jumaduloxir oyida tugʻilgan) — fiqh, nahv, hadis, usul, nasablar, munajjimlik, sheʼr kabi sohalarda ijod qilgan. 592-hijriy yilda al-Hajjoj bilan Bag‘dodga kelgan va bu yerda adabiyot bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning 614-yilda Marvda hayot bo‘lgani haqida maʼlumotlar bor.
Ismoil al-Marvaziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | jumaduloxir oyi |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | fiqhshunos, nahvshunos, hadisshunos olim |
Asarlari
tahrir- taxminan 60 jildli „Haziratu-l-quds“ („Jannat“);
- „al-Muʼjazfi-n-nasab“ („Muxtasar nasabnoma“);
- „Xulosatu-l-itrai-n-nabaviya fiansobi-l-musaviya“ („Musoga mansub shaxslarning nasablari haqida Payg‘ambar yaqinlarining xulosalari“);
- „Zubdatu-t-tolibiya“ („Tolibi ilmlarga qaymoq kitob“);
- „Kitobu-l-musallas fi-n-nasab“ („Nasabnomagaoid uchlik kitob“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 90-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |