Ismoil ibn Аbu Uvays Isbahoniy

Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniy muhaddis, Imom. (vaf. 841 yil).

Ismoil ibn Аbu Uvays Isbahoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Tarjimai holi

tahrir

[[]]Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniy vafoti 226/841. Oʻz davrida Madina shahrining mashhur imomlaridan hisoblangan.

Ustozlari

tahrir

Ismoil ibn Fbu Uvays Imom Nofiydan qurʼon ilmini mukammal oʻrgangan. Molikiy mazhabi sohibi Molik ibn Anas muhaddisning togʻasi boʻlgan va asosan hadislarni undan olgan. Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniy Abdulaziz ibn Mojishin, Sulaymon ibn Bilol, Salma ibn Virdon va boshqa koʻplab ishonchli roviylardan hadis oʻrgangan.

Shogirtlari

tahrir

Ismoil ibn Abu Uvaysdan sihohi sitta mualliflaridan Imom Nasoiydan boshqa barchasi — Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud, Ibn Mojja hadis [rivoyat]] qilishgan va Muhammad ibn Nasr Soigʻ, Ali ibn Jabla Isbahoniy]], Abu Muhammad Dorimiy, Hasan ibn Ali Sirriy va boshqa koʻplab muhaddislar Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniydan hadis oʻrgangan.

E’tiroflar

tahrir
  • Ahmad ibn Hanbal: „Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniy ishonchli muhaddis boʻlgan. Uning hadislarida kamchilik uchramaydi“, — degan fikrni bildirgan.
  • Abu Hotam: „Ismoil ibn Abu Uvays Isbahoniy rivoyat qilgan hadislarning hammasi toʻgʻri“, -degan.[1]


Adabiyotlar

tahrir
  • Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.


Manbalar

tahrir
  1. Zahabiy. Tazkirat-l-huffoz. J. 1. –B. 374-375.