Isroil Ismoilov (1939-yil 27-oktyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2016-yil 28-mart, Dushanbe, Tojikiston) – fizik, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].

Isroil Ismoilov
Tavalludi 27-oktyabr, 1939-yil
Vafoti 28-mart, 2016-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Hayoti tahrir

Isroil Ismoilov 1939-yil 27-oktyabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1962-yil Samarqand davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlaydi. Shundan soʻng, Novosibirsk shahridagi zavodlardan biriga muhandis sifatida ishga yuboriladi. U yerda 1963-yilgacha ishlaydi. 1964-yilda Umarov nomidagi Tojikiston fanlar akademiyasida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyatini boshladi. Shu yilning oxirida, akademiyaning laboratoriya boʻlimiga rahbarlik qildi. Isroil Ismoilov 1965-yil SSSR Fanlar akademiyasi qoshidagi Fizika institutining aspirantura taʼlim bosqichiga oʻqishga qabul qilindi. 1968-yilda aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlaydi. Isroil Ismoilov 2016-yil 28-mart kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etadi[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

Isroil Ismoilov 1968-yilda „Qattiq eritmalar hisobiga ishlaydigan elektr generatorlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U 1969-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Fizika instituti qoshida „Kvant elektronikasi“ laboratoriyasini tashkil qildi. Isroil Ismoilov 170 dan ortiq ilmiy ishlar va maqolalar muallifi hisoblanadi.

Mukofotlari tahrir

Isroil Ismoilov „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan. U 1996-yilda „Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi“ unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, SSSR Fanlar akademiyasining va Tojikiston hukumatining faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.

Manbalar tahrir

  1. „ИСМОИЛОВ ИСРОИЛ“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. „Darguzashti Isroil Ismoilov“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.