Umnyakov Ivan Ivanovich (1890-yil 9-avgust, Petrozavodsk, Rossiya imperiyasi – 1976-yil 22-fevral, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet sharqshunosi, arabshunosi, islomshunosi hamda tarixchi olim. Sankt Peterburg davlat universiteti professori, Oʻrta Osiyo geograflar jamiyati doimiy aʼzosi[1].

Umnyakov Ivan Ivanovich
Tavalludi 9-avgust 1890-yil
Petrozavodsk, Rossiya imperiyasi
Vafoti 22-fevral 1976-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Taʼlimi Sankt Peterburg davlat universiteti

Biografiyasi tahrir

Umnyakov Ivan Ivanovich 1890-yil 9-avgust kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Petrozavodsk shahrida harbiy oilasida tugʻilgan. U 1901-yildan 1909-yilgacha Sankt Peterburg gimnaziyasida tahsil oladi. Gimnaziyani kumush medalga tugatganidan soʻng, Sankt Peterburg universitetining sharq tillari fakultetiga qabul qilinadi. Ushbu fakultetda ustozlari Shmidt, Mednikov, Krachovskiy, Jukovskiy, Smernikov va boshqalardan sharq mamlakatning tarixi, madaniyati va qadriyatlari haqidagi bilimlarni oldi. Universitetning maxsus topshirigʻi bilan Ivan Umnyakov „Narshaxiy va arab geograflarining Buxoro topografiyasida qoʻshgan hissasi“ mavzusida maʼlumot toʻplagani Buxoroga boradi. Topshiriqni muvaffaqiyatli yakunlagandan soʻng, oltin medal bilan taqdirlanadi. Sankt Peterburg universitetining 1914-yil qizil diplom bilan tamomlagandan soʻng, Tashqi ishlar vazirligi oʻquv muassasasida tahsilini davom ettiradi. Ivan Umnyakov 1916-yil Rossiya siyosiy agentligining tarkibini kengaytirish maqsadida Buxoroga yuboriladi. 1918-yil Turkiston komissarining tavsiyasiga asosan, Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining Buxorodagi vakolatxonasi rahbarligiga tayinlanadi[2]. U 1920-yilgacha Buxoroni yanada puxta oʻrganishga kirishib, u yerning tarixiy qoʻlyozmalari bilan tanishib chiqqan.

Ivan Umnyakov 1944-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) tashkil qilingach, tarix kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. 1945-yildan 1949-yilgacha „Oʻrta Osiyo va Sharq tarixi“ kafedrasida mudir boʻlib faoliyat yuritadi. Ivan Umnyakov 1974-yil 24-sentyabrda Samarqand davlat universitetining „Oʻzbek xalqlari tarixi“ kafedrasida professor boʻlib ishlaydi.

Ivan Umnyakov 1976-yil 22-fevralda Samarqand viloyatida vafot etadi.

Manbalar tahrir

  1. „Умняков Иван Иванович (1890)“. ru.openlist. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. „УМНЯКОВ, Иван Иванович / / [23.06.1890 - 21.02.1976“]. sentrasiya.org. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.