Jürgen Klinsmann
Yurgen Klinsman ( nemischa: Jürgen Klinsmann ; tug'ilgan sanasi 30-iyul 1964-yil ) — nemis futbolchisi va futbol murabbiyi. 2004-2006-yillarda Germaniya terma jamoasi murabbiyi boʻlgan. Sochining rangi va samaradorli o'yimari uchun u "Oltin to'purar" laqabini oldi.
Futbolchi faoliyati
tahrirKlubdagi faoliyati
tahrirSakkiz yoshidan futbol o'ynashni boshlagan, barcha pozitsiyalarda, shu jumladan darvozabon nuqtasida ham o'ynagan. U professional faoliyatini 16 yoshida o'sha paytda ikkinchi divizionda - "Shtutgarter Kikers" klubida boshlagan. 1984-yilda u birinchi divizionning doimiy a'zosi boʻlgan kuchliroq " Shtutgart " klubiga o'tdi.
"Shtutgart" va Myunxenning "Bavariya" da o'ynashdan tashqari, Klinsman Yevropaning ko'plab klublarida - Monakoning " Monako ", Italiyaning " Inter " va "Sampdoriya" klublarida va ikki marta Angliyaning "Tottenxem" klubida o'ynagan.
Germaniya terma jamoasi faoliyati
tahrirKlinsman xalqaro futbolchilik faoliyatini 1987-yilda Germaniya terma jamoasida boshlab, 108 ta o'yinda 47 ta gol urib xalqaro miqyosda xam o'z imidjini yaratdi. U terma jamoa tarkibida quyidag musobaqalarda ishtirok etdi:
- 1988-yilgi Olimpiada o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi;
- 1988, 1992 va 1996-yillarda Yevropa chempionatlari, 1992-yilda finalgacha yetib borgan va 1996-yilda chempion bo‘lgan;
- 1990-yilgi jahon chempionatida (3 gol urgan), 1994-yil (5 gol) va 1998-yilgi (3 ta gol), 1990-yilda jahon chempioni boʻlgan;
1998-yilgi Fransiyada boʻlgan jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etgan.
Klinsman uchta jahon chempionatida kamida uchta gol urgan birinchi futbolchidir.
Yutuqlari
tahrir- 1990-yil-Jahon chempioni .
- 1992-yilda Yevropa vitse-chempioni .
- 1996-yil Yevropa chempioni .
- 1991-yilda ( Inter bilan) va 1996-yilda ( Bavariya bilan) UEFA kubogi g'olibi .
- 1994-va 1998-yillarda Germaniyada-yilning eng yaxshi futbolchisi .
- 1995-yilda Angliyada-yilning eng yaxshi futbolchisi .
- 1997-yil Germaniya chempioni
- Germaniya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi gollari soni bo'yicha rekordchisi : 5 ta gol.
- FIFAning 100 ta eng yaxshi futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan.
- "Tottenxem" klubida o'ynab, Angliya tarixida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgan birinchi xorijlik bo'ldi.
- 1995-yil Xalqaro o'yinlarda dunyoning eng yaxshi to'purari uchun IFFHS mukofoti sovrindori:[1] .
Murabbiylik faoliyati
tahrir2004-yil 26-iyulda u Germaniya terma jamoasiga murabbiy bo'lib tayinlandi, u bilan birga terma jamoada o'ynagan Rudi Fyollerning o'rnini egalladi.
2006-yil 12-iyulda Klinsmann Germaniya terma jamoasiga murabbiylik faoliyatidan iste'foga chiqqanini ma'lum qildi. qildi. Klinsmanning o'rnini uning yordamchisi Yoaxim Lyov egalladi.
2008-yil 11-yanvarda "Bavariya" klubi Yurgen Klinsman 2008-yilning 1-iyulidan boshlab klub bosh murabbiyi bo'lishini e'lon qildi[2] .
2009-yil 27-aprelda Klinsman "Bavariya" murabbiyligidan chetlatildi."Bavariya" futbolchisi Filipp Lam keyinchalik o'zining avtobiografik kitobida shunday degandi:[3].
"Klinsmanning "Bavariya"ga bosh murabbiy etib tayinlanishini muvaffaqiyatsiz tajriba deb ta'riflash mumkin. Mashg'ulotlarda u faqat o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga e'tibor qaratdi, taktik jihatdan esa hech narsa qilinmadi. Birgalikda ish boshlaganimizdan sakkiz hafta o'tgach, biz bu murabbiy bilan hech narsa chiqmasligini angladik".
2010-yil 3-noyabrda Klinsman rasman MLS ning "Toronto" klubi uchun maslahatchi murabbiy lavozimiga tayinlandi[4] .
2011-yil 29-iyulda AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5][6][7]. U bu lavozimda oldingi murabbiy Bob Bredlini almashtirdi[8] . 2011-yil 10-avgustda u Amerika terma jamoasi murabbiyi sifatida Filadelfiyada Meksika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qildi[9].
2016-yil 21-noyabrda u AQSh milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlaridan ozod etildi[10]. Iste'foga chiqish vaqtida AQSH terma jamoasi Konkakaf mintaqasida 2018-yilgi jahon chempionatiga saralash baxslarida Meksika (1:2)[11] va Kosta-Rika (0:4)[12] terma jamoalaridan ikkita o'yinda ikkita mag'lubiyatga uchradi va turnir jadvalida so'nggi, oltinchi o'rinni egalladi.
2019-yilning 27-noyabr kuni u Berlinning “ Gerta ” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha imzolandi [13] . 2020-yilning 11-fevralida, Bundesliga 2019/20 21-turi doirasidagi uy uchrashuvida “Gerta” “ Maynts-05 ”dan (1:3) mag‘lub bo‘ldi va 3 kun o‘tib, u iste’foga chiqdi[14].
Yutuqlar
tahrir- 2013-yil AQSH terma jamoasi bilan KONKAKAF Oltin kubogi sohibi
- 2006-yilgi Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatining bronza medali sovrindori
- 2005-yil Germaniya terma jamoasi bilan Konfederatsiyalar kubogining bronza medali sovrindori
- Germaniyada-yilning eng yaxshi futbol murabbiyi : 2006-yil
Shaxsiy hayoti
tahrirKlinsmanning otasi Zigfrid novvoy, onasi Marta esa uy bekasi boʻlgan.
Yurgen amerikalik model Debbi Chinga uylangan. Ularning ikki farzandi bor - qizi Laylo va o'g'li Jonatan[15][16]. Jonatan otasining izidan borib,futbolchi bo'lsada lekin darvozabon ampulasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Germaniya terma jamoasida o'ynagan otasidan farqli o'laroq, o'g'li AQSh terma jamoasida o'ynaydi[17].
Klinsmann ingliz, italyan va fransuz tillarini yaxshi biladi[18]. Yurgen shuningdek, vertolyot uchuvchisi litsenziyasiga ham ega[19].
Ayni paytda Klinsmann AQShda, Xantington-Bich shahrida ( Kaliforniya ) yashaydi. U basketbolni yaxshi ko'radi, u Los-Anjeles Leykersning muxlisi.
Manbalar
tahrir- ↑ „IFFHS — The World’s best top goal scorer“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-yanvar.
- ↑ Заявление на официальном сайте
- ↑ Лам в своей автобиографии раскритиковал Клинсманна, 2016-11-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-21
- ↑ „Toronto FC finalizes Klinsmann deal“. 2010-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-noyabr.
- ↑ „Клинсманн стал главным тренером сборной США“. Чемпионат.com (2011-yil 29-iyul). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
- ↑ „Klinsmann Named Head Coach of U.S. Men's National Team“ (en). US Soccer (2011-yil 29-iyul). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
- ↑ „Klinsmann neuer Fußball-Nationaltrainer der USA“ (de). transfermarkt.de (2011-yil 29-iyul). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
- ↑ „Bradley's Tenure as Head Coach of U.S. Men's National Team Ends“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (2011-yil 28-iyul). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
- ↑ „MNT Draws Mexico 1-1 in Philadelphia“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (2011-yil 10-avgust). 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
- ↑ „US Soccer Parts Ways with Jurgen Klinsmann“ (en). USsoccer.Com. Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (2016-yil 21-noyabr). 2016-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-noyabr.
- ↑ „USA Falls on Last Minute Goal to Mexico in First Match of 2018 Hex“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (2016-yil 11-noyabr). 2016-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „USA Suffers 4-0 World Cup Qualifying Defeat Away to Costa Rica“ (en). Official site of US Soccer and the United States National Soccer Teams (2016-yil 15-noyabr). 2016-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-noyabr.
- ↑ „Einvernehmliche Trennung von Ante Čović“ (de). Offizielle Webseite von Hertha BSC (2019-yil 27-noyabr). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ „Jürgen Klinsmann ab sofort nicht mehr Cheftrainer“ (de). Offizielle Webseite von Hertha BSC (2020-yil 11-fevral). 2020-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ „Klinsmann may finally be next U.S. soccer coach“. Yahoo Sports (2011-yil 28-iyul). 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyul.
- ↑ Zeigler, Mark „The face of Germany“. utsandiego.com (2006-yil 7-iyun). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- ↑ „J. Klinsmann“. Soccerway. 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-may.
- ↑ „The Person“. klinsmann.com (2014-yil 16-iyun). 2014-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-iyun.
- ↑ US SOCCER „Air Klinsmann“ (2014-yil 31-yanvar). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-yanvar.