Jaʼfar ibn Mansur al-Yaman
Jaʼfar ibn Mansur al-Yaman (arabcha: جعفر بن منصور اليمن) X asrda yashagan ismoiliy missioneri va ilohiyot yozuvchisi. Yamanda tugʻilib oʻsgan, otasi Ibn Havshab IX asr oxirida Ismoiliy taʼlimotiga asos solgan. U oʻz yurtidan Ifriqiyadagi Fotimiy xalifalari saroyiga qochib ketgan va u yerda oʻlimiga qadar xalifalarga xizmat qilgan. U Fotimiylarning Abu Yazid qoʻzgʻoloni ustidan qozongan gʻalabasini madh etuvchi sheʼrlar yozgan, otasining tarjimai holi, bir qancha muhim diniy risolalar muallifi.
Hayoti
tahrirJaʼfar Yamanda ismoiliylik taʼlimotini asos solgan kufonlik missioner Ibn Havshabning oʻgʻli edi. Ibn Havshab 914-yilda vafot etgunga qadar, sherigi Ali ibn al-Fadl al-Jayshoniy bilan birga mamlakatning katta qismlarini zabt etib, Mansur al-Yaman („Yaman fathchisi“) sharafli kunyaga sazovor boʻlgan[1][2]. 911-yilda Ibn al-Fadl ismoiliylar harakatining yetakchisi fotimiylar xalifasi Abdulloh al-Mahdiyga[3] bay’at qilishni istamay va oʻzini mahdī eʼlon qiladi[4]. Ibn Havshab uning isyoniga qoʻshilishdan bosh tortadi. Lekin Ibn al-Fadl Jabal Masvar qal’asini qamal qilish orqali, oʻzining sobiq sherigini avvalgidek u bilan yelkadosh boʻlishga majburlaydi. Sakkiz oylik qamaldan soʻng, 912-yil aprelida Ibn Havshab oʻgʻli Jaʼfarni garovga topshiradi. Jaʼfar bir yildan soʻng oltin marjon evaziga garovdan ozod etiladi[5][6].
Ibn Havshab vafotidan keyin oʻgʻillari oʻzaro janjallashadilar. Ukasi Abul-Hasan bilan kelisha olmay qolgan Jaʼfar oxir-oqibat Yamanni tark etib, Ifriqiyadagi Fotimiylar saroyiga yoʻl oladi. U ikkinchi Fotimiy xalifasi al-Qoim bi-Amr Alloh (h. 933–946) va Abu Yazidning buyuk qoʻzgʻoloniga guvoh boʻlgan[1]. U Fotimiylarning yakuniy gʻalabalari va 945–948-yillardagi qoʻzgʻolonning bosqichma-bosqich bostirilishi bayramiga bagʻishlangan sheʼrlar yozadi va uchinchi xalifa al-Mansur (h. 946–953) tomonidan qurilgan Fotimiylarning yangi poytaxti Mansuriyda yer-mulkka ega boʻladi[1]. Xalifa al-Muizz (h. 953–975) davrida uyini garovga qoʻyib, qarzlari qoplashga urinadi. Lekin qarz miqdorining koʻpligi bois uyidan deyarli mahrum boʻlishiga oz qoladi, xalifaning aralashuvi bilan qutqarib qolinadi[1]. U al-Muizz hukmronligining dastlabki davrida nomaʼlum bir yilda vafot etgan[1].
Yozuvchilik faoliyati
tahrirU otasi Ibn Havshab tomonidan yozilgan avtobiografiyani takomillashtirib, uning kvazi-agiografik tarjimai holini yozadi[1][7]. Hozirda mazkur asar yoʻqolgan[7].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Daftary, Farhad. Ismaili Literature: A Bibliography of Sources and Studies. London and New York: I.B. Tauris, 2004. ISBN 978-0-8577-1386-5.
- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Haji, Hamid (2008). "Jaʿfar B. Manșur-Al-Yaman". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume XIV: Isfahan IX–Jobbāʾi. London and New York: Routledge & Kegan Paul. p. 349. ISBN 978-1-934283-08-0. https://www.iranicaonline.org/articles/jafar-b-mansur-al-yaman.
- Madelung, Wilferd (1991). "Manṣūr al-Yaman". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VI: Mahk–Mid (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 438–439 b. doi:10.1163/1573-3912_islam_SIM_4941. ISBN 978-90-04-08112-3. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Man%E1%B9%A3%C5%ABr+al-Yaman&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Virani, Shafique „The Book of the Master and the Disciple by Ja‘far ibn Mansur al-Yaman“, . The Ismailis: An Illustrated History. London: Azimuth Editions, in association with the Institute of Ismaili Studies, 2008 — 69-bet. ISBN 978-1-898592-26-6.
- Ismail K. Poonawala, Biobibliography of Ismāʿīlī Literature, Malibu, 1977