Jean Golding (1939-yil 22-sentabrda tugʻilgan) – Britaniyalik epidemiolog va Avon nomli ota-onalar va bolalar boʻyicha tadqiqot asoschisi. 1962—1977-yillarda Jean Fedrick nomi bilan mashhur boʻlgan. Bristol universitetining pediatriya va perinatal epidemiologiya faxriy professori.

Jean Golding

Jean Golding
Tavalludi 22-sentyabr 1939-yil (1939-09-22) (85 yosh)
Britaniya, Hayle
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Millati Britaniyalik
Sohasi Epidemiolog
Institutlar Bristol universiteti

Taʼlimi

tahrir

Golding 1939-yilda Cornwall shtatining Hayle shahrida tugʻilgan. Bolaligidan koʻp kasallikka chalinganligi sababli maktabni kech boshlagan va muntazam darslarga bora olmagan. Oilasi bilan dastlab Plimutda yashashgan, keyin Chesterga koʻchib oʻtgan. Bir nechta haftalab poliomiyelit bilan ogʻrishi uni yana bir yil maktabdan qolishiga sabab boʻlgan. U oʻqishidagi uzilishlarga qaramay, 1958-yilda Oxforddagi Sent-Anna cherkoviga matematika sohasida oʻqishga kirishga muvaffaq boʻldi. Bu yerda imtiyozli tarzda bakalavr va keyin magistr darajalarini qoʻlga kiritdi[1].

Faoliyati

tahrir

1966-yilda Golding Londondagi Butler va Eva Albermanlarning ilmiy jamoasi bilan ishlab boshladi[2]. 1958-yilda perinatal oʻlim tadqiqotlari boʻyicha, asab nuqsonlari etiologiyasini oʻrganish boʻyicha ilmiy ishlari uchun London Universiteti tomonidan ilmiy stependiya olgan. 1980-yillarda Yamaykada yirik perinatal tadqiqotni loyihalashtirishda yordam berish uchun maʼsul boʻlgan[3]. Tadqiqotlar davomida Golding 1991—1992-yillarda Avon hududidagi bolalar, ularning ota-onalari haqida batavsil maʼlumotlar toʻplashga erishdi. Ularda ijtimoiy qatlamning bu qismiga oid biologik, psixologik, tibbiy maʼlumotlar, hayot tarzi haqida ham qaydlar toʻplangan. Bu maʼlumotlar dunyo tadqiqotchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Maʼlumot toʻplash har bir bola tugʻilgandan rivojlanib borgunga qadar shaxsiy anketalar, soʻrovnomalar tarzida nazoratga olingan. 2019-yilda bu maʼlumotlarga doir 2000 ga yaqin maqolalar chop etilgan[4].

1987-yildan 2012-yilgacha u pediatriya va perinatal epidemiologiya boʻyicha xalqaro jurnal muharriri boʻlgan[5]. Nafaqaga chiqqanidan keyin ham izlanishlarini davom ettirgan. 2016-yildan boshlab ota-onalar va bolalarni nazorat qilish markazi tashkil qilgan va u yerda nasliy muommolar, shajaralar, autizm, semizlik kabilarni tahlil qilgan. Onalardagi kasalliklarning homila rivojlanishiga taʼsiri, dori vositalari (parasetamol, asetaminofen), ogʻir metallar (simob)dan zaharlanishlar, parhezning buzilishini sogʻlom organizmga qanday taʼsir qilishi haqida maʼlumotlar toʻplagan.

Mukofotlari

tahrir
 
Kate Robson Braun professor Jean Golding su’rati bilan birga.

2012-yilda tibbiyot fanlariga qoʻshgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan mukofotlangan[6]. 2013-yilda Bristol universitetida „muassasada targʻib qilinayotgan fazilatlar va qadriyatlar naʼmunasi“ mavzusidagi ishlari boʻyicha huquq fanlari doktori darajasini qoʻlga kiritdi[7]. 2016-yilda Bristol universitetida matematik, epidemiolog sifatida faoliyat yuritdi. 1990-yillarda bolalar tadqiqoti boʻyicha masalalarni hal qiladigan, maʼlumotlarni saqlaydigan tashkilot sifatida Jean Golding institutini yaratdi. 2017-yilda aholi tarkibi va populyatsiyasini oʻrganish boʻyicha London universiteti faxriy aʼzosi, fan doktori unvoniga ega boʻldi. 2018-yilda NHS Research Legends (NHS tadqiqotlari afsonalari) tanlovida gʻalaba qozondi va ularning safiga qoshildi. 2018-yilda Bristonda boʻlib oʻtgan „Ayollar va tenglik: keyingi 100 yil“ tadbirida Bristonda ishlaydigan ayollar qatorida Golding ham taqdirlandi[8]. Shu bilan birga 2018-yilda English Heritage Put kompaniyasi chagʻirigʻiga koʻra 25 ayolga 3 oʻlchamli bosma haykalchalar qoʻyildi. Ular orasida Gobling ham nomzod qilib koʻrsatilgan. Bu hozirgi Bristol universitetidagi Royal Fort Houseda koʻrgazmaga qoʻyilgan.

Manbalar

tahrir
  1. The Guardian „"Jean Golding: a tale of illness, adventure and statistics“. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  2. Pearson, Helen (2012) „"Children of the 90s: Coming of age"“.
  3. Ashley, D.; McCaw-Binns, A.; Foster-Williams, K. (1988). "The perinatal morbidity and mortality survey of Jamaica 1986–1987". Paediatric and Perinatal Epidemiology. „doi:10.1111/j.1365-3016.1988.tb00194.x“. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/3237494.
  4. Telegraph.co.uk „"Ada Lovelace Day: Where are the women in science? Right here ... My top 10 female scientists".“. Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  5. Golding, Jean; Peters, Tim J. (2014), Epidemiology „"A Conversation with Jean Golding"“.
  6. BBC News „"New Years Honours: Prof Jean Golding appointed OBE"“. Qaraldi: 2016-yil 27-aprel.
  7. BBC News. „"Professor Jean Golding gets honorary degree at Bristol University"“. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  8. Bristol, University of. „November: Vote 100 portraits | News and features | University of Bristol“. www.bristol.ac.uk. Retrieved 29 September 2022.