Jenne katta masjidi
Jenne masjidi (arabcha: الجامع الكبير في جينيه) — Sudano-Sahalin meʼmoriy uslubida qurilgan masjid hisoblanadi(asosiy xomashyosi yogʻoch va loy gʻisht hisoblanadi). Bu masjid Malining Jenné shahrida, Bani daryosining toshqin tekisligida joylashgan. Bu yerdagi birinchi masjid taxminan XII asrda qurilgan, ammo hozirgi inshoot 1907-yilga toʻgʻri keladi. Jenne Shaharning markazi boʻlishi bilan bir qatorda, u Afrikadagi eng mashhur diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. " Jennening eski shaharlari " tarkibida 1988-yilda Jenne shahri ham YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.
Jenne katta masjidi | |
---|---|
Joylashuv | Djenné, Mopti, Mali |
Turi | Masjid |
Qurila boshlagan | XIII asr |
Xarita | |
Koordinatalari | 13°54′19″N 4°33′20″W / 13.90528°N 4.55556°W |
Tarixi
tahrirBirinchi masjid
tahrirJennedagi birinchi masjidining haqiqiy qurilish sanasi nomaʼlum, ammo 1200-yil va 1330-yil oxirigacha taxmin qilingan[1]. Masjid haqida eslatib oʻtilgan eng dastlabki hujjat — bu Abdul as-Sadiyning " Tarix as-Sudan " asari boʻlib, u XVII asr oʻrtalarida mavjud boʻlgan ogʻzaki anʼanalar doirasidagi dastlabki tarixiy manbaa hisoblanadi. „Tarix“da aytilishicha, bir davrlar sulton Kunburu musulmonlikni qabul qilib, saroyini buzdirib tashlaydi soʻng bu joy masjidga aylantirilgan. Shaharning sharqiy masjidi yonida o‘ziga boshqa saroy qurdiradi[2]. Undan soʻng oʻgʻli taxtga oʻtiradi va masjid minoralarini qurdiradi, keyingi sulton esa uning atrofidagi devorlarini qurdiradi[3].
Ushbu masjid toʻgʻrisida boshqa yozma maʼlumotlar yoʻq. Fransuz tadqiqotchisi Rene Kayli 1828-yilda vayronaga aylangan masjidni ziyorat qilish uchun Jenni shahriga keladi va shunday yozadi:
„Jenneda tuproqdan qurilgan masjid bor, uning tepasida ikkita minora boʻlgan, ammo keyinchalik buzib tashlangan. Masjid juda katta va besoʻnaqay qurilgan. Bu haroba qaldirgʻochlar uchun uya vazifasini bajaradi, shuning uchun u yerdan yoqimsiz hid keladi. Shu tufayli masjidda namoz oʻquvchilar old hovlida ibodat qilishadi“[4].
Masid harobalaridan olingan suratlar
-
Albert Russo tomonidan 1893-4 yillarda olingan surat
-
X. Danel tomonidan 1904 yilda yoki undan oldin olingan surat
-
1906 yilda Edmond Fortier tomonidan olingan surat
Seku Amadu masjidi
tahrirRene Kaylining tashrifidan oʻn yil oldin, Fulani rahbari Seku Amadu oʻz gʻazotini boshlab, shaharni zabt etgan edi. Seku Amadu u yerdagi masjidlarga yetarli eʼtibor bermagan va keyinchalik bu masjid harobaga aylangan. Seku Amadu keyinchalik barcha kichik mahalla masjidlarini yopgandi[5]. 1834—1836-yillarda Seku Amadu sobiq saroy oʻrnidagi mavjud masjidning sharqida boshqa yangi masjid qurdiradi. Yangi masjid katta, ammo pastak bino boʻlib, hech qanday minoralari va bezaklari yoʻq edi. Lui Archinard boshchiligidagi fransuz qoʻshinlari 1893-yilning aprel oyida Jennani qoʻlga oladi. Koʻp oʻtmay, fransuz jurnalisti Feliks Dyubois shaharga tashrif buyuradi va dastlabki masjidning xarobalarini tasvirlab berdi[6]. U tashrif buyurgan paytda vayronaga aylangan masjidning ichki qismi qabriston sifatida foydalanilgan[6]. 1897-yilda chop etilgan „Tombouctou la Mysterieuse“ (sirli Timbuktu) kitobida Dyubois masjidning vayron qilinishidan oldin qanday koʻrinishda ekanligini tasavvur qilgani haqida yozadi va masjidning xomaki chizmasini tasvirlaydi[6].
Hozirda masjidning holati
tahrir1906-yilda shahardagi fransuz maʼmuriyati asl masjidni qayta qurishni va shu vaqtning oʻzida Seku Amadu masjidi yaqinida maktab qurishni loyihasi taklif qilinadi. Qayta qurish jarayoni 1907-yilda Jenne masonlar gildiyasi rahbari IsmailTrare rahbarligida yakunlandi. Oʻsha paytda olingan fotosuratlardan[1], koʻrinib turibdiki, tashqi devorlarning hech boʻlmaganda bir qismi asl masjidnikiga mos keladi, ammo tomning asosidagi ustunlar avvalgi tartibda saqlab qolinganmi yoki yoʻqmi, aniq emas. Qayta qurilgan masjiddagi asosiy yangilik boʻlgan narsa qibla devoridagi uchta katta minoraning simmetrik joylashuvi edi. Qayta qurilgan masjidning dizayni qanchalik Fransiya taʼsiri ostida boʻlgani haqida bahs-munozaralar mavjud[1].
Dyubois 1910-yilda Jennaga qayta tashrif buyurdi va yangi binoni koʻrib hayratda qoladi. U dizayn uchun fransuz mustamlaka maʼmuriyati mas’ul ekanligini bilgan va umumiy koʻrinishi xochga oʻxshashligi haqida takidlab oʻtgan. Uning fikricha, konus shaklidagi ustunlar binoni shamlar xudosiga bagʻishlangan barokko ibodatxonasiga oʻxshatadi[7].
Fransuz etnologi Mishel Leiris 1931-yilda Mali boʻylab sayohat qilgani haqidagi hikoyasida yangi masjid haqiqatan ham evropaliklarning ishi ekanligini taʼkidlaydi. Uning aytishicha, mahalliy aholi yangi binodan shunchalik norozi bo‘lganki, uni tozalashdan bosh tortgan va ulargani qamash bilan tahdid qilishgandan soʻng buyruqni bajarishgan[8].
Jan-Lui Burjua, oʻzining asarlarida masjidning qayta tiklanishida mahalliy masonlar gildiyasi qatnashganligi haqida yozib oʻtadi. Mahalliy aholi shahar masjidi va Jennening boshqa binolarini qurish va taʼmirlash uchun mas’ul boʻlgan, anʼanaviy texnikadan foydalangan holda fransuzlarning yordami bilan qurilganligini qayd etdi[9].
Sharqiy devor oldida joylashgan ayvon roʻparasida ikkita qabr joylashgan. Janubiy tarafdagi kattaroq qabrda XVIII asrning katta imomi Almani Ismoilaning qabrlari joylashgan[10]. Fransuz mustamlakachilik davrining boshida masjidning sharqiy tomonida joylashgan hovuz tuproq bilan toʻldirilgan va hozirgi haftalik bozor uchun foydalaniladigan ochiq maydon yaratilgan[11].
Malidagi koʻplab masjidlarga elektr simlari va ichki suv quvurlari bilan taʼminlangan. Ayrim hollarda masjidning tashqi devori ham kafel bilan qoplangan bo‘lib, uning tarixiy qiyofasini buzgan, ayrim hollarda esa binoning tuzulish yaxlitligiga putur yetkazgan. Katta masjid ovoz kuchaytirgich tizimi bilan jihozlangan boʻlsa-da, Jenne fuqarolari binoning tarixiy ahamiyati tufayli yangilashga qarshilik koʻrsatishadi. Koʻpgina tarixiy saqlovchilar aholining eʼtirofini yuqori baholadilar va binoning bu jihatiga qiziqish 1990-yillarda ortdi.
1996-yilda " Vogue " jurnali uchun masjid ichida modalar uyi fotosessiyasi tadbiri oʻtkazildi. Vogue jurnalining nomusulmoncha kiyingan ayollar suratlari mahalliy aholini g‘azablantirdi va o‘shandan beri nomusulmonlarning masjidga kirishi taqiqlandi[12]. Masjid 2005-yilda suratga olingan Sahara filmida koʻrsatilgan.
Koʻrinishi
tahrirKatta masjidning devorlari quyoshda toblangan tuproq gʻishtdan (ferey deb ataladi), qum va tuproqli ohakdan qurilgan va gips bilan qoplangan boʻlib, binoga silliq, noodatiy koʻrinish beradi. Binoning devorlari toron deb nomlangan rodier xurmo (Borassus aethiopum) tayoqchalari bilan bezatilgan, bu tayoqchalar taxminan 60 cm (2.0 ft) ga yaqin. Toron, shuningdek, yillik taʼmirlash uchun tayyor iskala sifatida ham xizmat qiladi. Seramika deb ataluvchi quvurlar orqali bir tom boshqa tom bilan bogʻlanib yogʻingarchilik mavsumlarida qoʻl keladi[13].
Masjid 75 m × 75 m (246 ft × 246 ft) ga yaqin maydonchada qurilgan bozor sathidan 3 metr (9.8 fut) baland koʻtarilgan. Bu platforma Bani daryosi toshqinida masjidga zarar yetkazilishining oldini oladi. Unga bezatilgan oltita zinapoya orqali kirish mumkin. Asosiy kirish binoning shimoliy tomonida joylashgan. Buyuk masjidning tashqi devorlari bir-biriga aniq ortogonal emas, shuning uchun binoning rejasi sezilarli trapezoidal konturga ega[14][15].
Buyuk masjidning namoz devori yoki qiblasi sharqqa Makka tomon shahar bozori orqali qaratilgan. Masjidning atrofida uchta katta va baland minoralar joylashgan. Markaziy minoraning balandligi taxminan 16 metrni tashkil qiladi[16]. Har bir minoraning tepasidagi konus shaklidagi shpallar yoki choʻqqilar tosh bezaklar bilan qoplangan[17]. Sharqiy devor bir metrga yaqin (3 fut) qalinlikda boʻlib, tashqi tomondan oʻn sakkizta ustunga oʻxshash ustun bilan mustahkamlangan, ularning har biri hovlidan tepada joylashgan. Burchaklar toron bilan bezatilgan toʻrtburchaklar shaklidagi tayanchlardan hosil boʻlgan va tepa qismi qimmatbaho toshlar bilan qoplangan[10].
Taxminan 50 metrlik qibla devorining ortida joylashgan hovli masjidning sharqiy yarmini egallaydi. Loy bilan qoplangan, Roder nomli ust qavat shimoliy va janubiy qismlarni toʻqqiz qirralik ustun orqali bogʻlab turadi[18]. Ushbu koʻrinish toʻqsonta katta toʻrtburchak ustunlardan iborat oʻrmonni yaratadi, ular ichki ibodat zalini qamrab oladi va koʻrish maydonini sezilarli darajada kamaytiradi. Shimoliy va janubiy devorlardagi shisha oynalar quyosh nurini zal sathiga erkin tushishi uchun imkon beradi. Zamin qumli tuproqdan iborat[19].
Namoz zalidagi qibla devorlaridagi uchta minoraning har birida oʻz oʻrni yaʼni mehrob bor. Imom namozni katta markaziy minoradagi mehrobda o‘qiydi. Markaziy mehrob shiftidagi tor teshik minoradagi tomdan yuqorida joylashgan chordoq bilan bogʻlanadi. Markaziy minoradagi mehrobning oʻng tomonida ikkinchi tokcha yaʼni minbar boʻlib, undan imom juma xutbasini oʻqiydi[10].
Qibla devoridagi minoralarda namozxonni tom bilan bog‘lovchi odatiy zinapoyalar yo‘q. Buning oʻrnida tomga olib boradigan zinapoyalardan iborat ikkita toʻrtburchak minora mavjud. Bir zinapoya namozxonaning janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan boʻlsa, shimoliy tomondagi asosiy kirish eshigi yaqinida joylashgan boshqa xonalariga faqat masjidning tashqi eshigidan kirish mumkin. Masjidda kichik shamollatgichlar oʻrnatilgan boʻlib teskari oʻchoqli kosalar bilan qoplangan, ular olib tashlanganda issiq havo binodan koʻtariladi va shu orqali ichki zal ventilyatsiya qilinadi.
Ibodatxonaning gʻarbidagi ichki hovli, oʻlchami 20 m × 46 m (66 ft × 151 ft), uch tomondan oynavand devorlar bilan oʻralgan. Mehrobning hovliga qaragan devorlari ravoqli teshiklar bilan berkitilgan. Gʻarbiy bino ayollar foydalanishi uchun ajratilgan[20].
Doimiy tamirlashlar boʻlib turgan boʻlsa-da, 1907 yilda fasad qurilganidan beri dizaynga faqat kichik oʻzgarishlar kiritilgan. Masjidning burchak tayanchlarida esa yogʻoch toronlari ham ancha kam edi[21][22]. Nashr etilgan fotosuratlardan koʻrinib turibdiki, 1990-yillarning boshlarida devorlarga ikkita qoʻshimcha qator toron qoʻshilgan[23].
Madaniy ahamiyati
tahrirJenne masjidi masullari har yili oʻtkaziladigan xalqaro festivalda qatnashib masjidning qayta tamirlash va uni saqlash uchun kerakli mablagʻlarni yutib olishadi. Bu baʼzi kerakli ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlarini oʻz ichiga oladi, lekin asosiy maqsad masjidga yetkazilgan zararni (asosan, yillik yomgʻirlar va harorat va namlik oʻzgarishi natijasida yuzaga kelgan yoriqlar) tuzatishdir. Festivaldan oldingi kunlarda gips chuqurlarda tayyorlanadi. Uni tamirlash uchun bir necha kun kerak boʻladi, lekin vaqti-vaqti bilan yangilab turish kerak, bu vazifani odatda yosh bolalarga topshirishadi. Erkaklar masjidning o‘rnatilgan iskala va palma yog‘ochidan yasalgan narvonlariga chiqib, masjid yuziga gips surishadi va bir qadar tamirlashadi.
Yana bir guruh erkaklar gipsni yer idishlaridan masjiddagi ishchilarga olib boradilar. Bayram boshida masjidga gipsni kim birinchi bo‘lib yetkazib berishini bilish uchun poyga o‘tkaziladi. Ayollar va qizlar bayram oldidan yer idishlariga, bayram paytida masjid ishchilariga suv tashiydilar. Jenneda masonlar gildiyasi aʼzolari ishni boshqaradilar, festivalda koʻp marta qatnashgan va gʻolib boʻlgan jamiyatning keksa aʼzolari esa bozor maydonidagi katta kuzatuv arkida oʻtirib, poygani tomosha qilishadi.
1930 yilda Fransiya janubidagi Frejus shahrida Jenne masjidining nusxasi qurilgan. Ayrim jihatlari, Missiri masjidiga oʻxshash boʻlib, sementdan qurilgan va asl rangiga oʻxshash qizil oxraga boʻyalgan. U qishda mintaqaga yuborilgan Fransiya armiyasidagi Gʻarbiy Afrika mustamlakachi qoʻshinlari Tirailleurs sénégalais uchun masjid sifatida foydalanish uchun moʻljallangan edi.
Asl masjid oʻrta asrlarda Afrikadagi eng muhim islomiy taʼlim markazlaridan biriga oʻquv bino vazifasini oʻtagan, minglab talabalar Jenne madrasalariga Qur’on oʻrganish uchun kelishgan. Jennening tarixiy hududlari, jumladan, Buyuk masjid 1988 yilda YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda bundan koʻra eskiroq boʻlgan koʻplab masjidlar boʻlsa-da, Buyuk masjid Jenne shahri va Mali xalqining eng koʻzga koʻringan ramzi boʻlib qolmoqda.
2006-yil 20-yanvarda masjidning tomini buzgan kishilar tufayli shaharda tartibsizlikni kelib chiqadi[24][25]. Kishilar jamoasi Aga Xon Madaniyat Trust tomonidan moliyalashtirilgan restavratsiya loyihasi doirasida tomni koʻzdan kechirayotgan edi. Erkaklar linch qilinmaslik uchun tezda gʻoyib boʻlishdi. Masjidda olomon Iroq urushi paytida AQSh elchixonasi tomonidan taqdim etilgan ventilyatsiya ventilyatorlarini yirtib tashlashdi va keyin shahar boʻylab tarqab ketishdi. Olomon shahar hokimining uyi bo‘lgan Madaniyat missiyasiga bostirib borib, imomning ukasiga tegishli mashinani vayron qilgan va imomga tegishli uchta mashinaga ham zarar yetkazgan. Mahalliy politsiya toʻlib-toshgan va Mopti’dan qoʻshimcha kuchlarni chaqirishga majbur boʻlgan. Tartibsizliklar paytida bir kishi vafot etdi[26].
2009-yil 5-noyabr payshanba kuni qibla devorining janubiy qismida joylashgan katta minorasining yuqori qismi 75-yildan keyin qulab tushdi. 24 soat ichida 75mm (3 dyuym) yomgʻir yogʻdi[27]. Minorani qayta qurish uchun Ogʻa Xon madaniyat jamgʻarmasi mablagʻ ajratdi[28].
Masjid Malining gerbida tasvirlangan .
Lazerli skanerlash bilan yaratilgan 3D hujjatlari
tahrirJenne masjidining 3D hujjatlari 2005 yilda yer usti lazerli skanerlash usuli yordamida amalga oshirilgan[29][30]. Bu kelajak avlodlar rekord yaratish va madaniy meros ob’ektlarini 3D formatida hujjatlashtirishni tashkillashtirishni maqsad qilgan Zamani loyihasining bir qismini tashkil etdi[31].
Ommaviy madaniyati
tahrirXaritada Savannah Citadel 2008 loyihasida joylashtirilgan Sonic Unleashed oʻyinidagi bino buyuk masjidga oʻxshaydi.
Sid Meier's Civilization V 4X videooʻyini masjidni qurish orqali yutish mumkinligi taqdim etiladi[32].
Masjid — II imperatorlik va IV asrlardagi Mali mo''jizaviy binosi hisoblanadi/
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Bourgeois 1987
- ↑ "When the sultan became a Muslim. he had his palace pulled down and the site turned into a mosque dedicated to God Most High. This is the present congregational mosque. He built another palace for himself and his household near the mosque on the east side." Hunwick 1999, s. 18
- ↑ "When Sultan Kunburu died — may God Most High have mercy on him — he was succeeded by the sultan who built the towers (abraj) of the congregational mosque. He in turn was succeeded by the sultan who built the wall which surrounds that mosque." Hunwick 1999, s. 20
- ↑ Caillié 1830, s. 460, Vol. 1
- ↑ Bourgeois 1987.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Dubois 1896.
- ↑ Dubois 1911, s. 189; Dubois’s French text is quoted in Bedaux, Diaby & Maas 2003, s. 16
- ↑ Leiris, Michel. A África Fantasma. São Paulo: Cosac naify, 2007 — 154, 155-bet. ISBN 9788575036563.
- ↑ Bourgeois 1987, s. 58
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Maas & Mommersteeg 1992, s. 112
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, s. 159
- ↑ Dorsey. „Mud and infidels: Djenné, Mali“. San Diego Reader (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, ss. 111–117. A short illustrated article in English by the same author is: Maas, Pierre (1990), „Djenné: Living Tradition“, Saudi Aramco World, Nov/Dec: 18–29, 3 March 2009da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, s. 112; Figure 7.2 is a plan of the mosque.
- ↑ Bedaux, Diaby & Maas 2003, s. 170
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992.
- ↑ Bourgeois 1987, s. 60
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, s. 115. A photograph by Amir-Massoud Anoushfar showing the arches in the prayer hall is available on the ArchNet site
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, s. 114
- ↑ Maas & Mommersteeg 1992, s. 115
- ↑ Dubois 1911, s. 187, includes a picture of the new mosque as it looked in 1910; Bedaux, Diaby & Maas 2003, s. 16, reproduces Dubois’s picture; Gardi, Maas & Mommersteeg 1995, s. 162, includes a photograph taken before 1914.
- ↑ Sanogo & Fané 2008, s. 44 Fig. 14 reproduces the 1911 Dubois picture and is available online.
- ↑ Bedaux, Diaby & Maas 2003, s. 56
- ↑ Informations n° 21, automne 2006: Graves incidents à Djenné le 20 septembre 2006, Djenné Patrimoine, 2006, 2 December 2008da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 14 March 2010
- ↑ DJENNE : Les travaux de la mosquée provoquent des émeutes, MaliWeb, 2006, 29 March 2008da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 14 March 2010
- ↑ la rénovation contestée de la mosquée de Djenné : Un homme trouve la mort dans les émeutes, Afribone, 2006, 22 July 2011da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 14 March 2010
- ↑ Djenné : Une tour de la Mosquée s'effondre, Maliweb, 2009, 25 February 2012da asl nusxadan arxivlandi; Restoration works continue despite violent storms at the Great Mosque of Djenné, UNESCO World Heritage News Archive, 2009
- ↑ Aga Khan Trust for Culture leading reconstruction works in Djennè, Ismaili Mail, 24 January 2010, qaraldi: 21 February 2010
- ↑ Rüther, Heinz (25-28 March 2002). "An African heritage database – The virtual preservation of Africa's past". ISPRS Commission VI Workshop: Developments and Technology Transfer in Geomatics for Environmental and Resource Management. Dar es Salaam, Tanzania: International Society for Photogrammetry and Remote Sensing. pp. 185–192. https://www.isprs.org/proceedings/xxxiv/6-w6/papers/ruther.pdf.
- ↑ „Site - Djenne Mosque“. Zamani Project, University of Cape Town. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
- ↑ Rüther, Heinz; Rajan, Rahim S. (2007). "Documenting African sites: The Aluka Project". Journal of the Society of Architectural Historians 66 (4): 437–443. doi:10.1525/jsah.2007.66.4.437.
- ↑ „Civilization V: Gods and Kings“. 2K. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
Havolalar
tahrir- Bedaux, R.; Diaby, B.; Maas, P., muh. (2003), L'architecture de Djenné (Mali): la pérennité d'un Patrimonie Mondial (fransuzcha), Leiden: Rijksmuseum, ISBN 90-5349-420-0.
- Bourgeois, Jean-Louis (1987), „The history of the great mosques of Djenné“, African Arts, UCLA James S. Coleman African Studies Center, 20 (3): 54–92, doi:10.2307/3336477, JSTOR 3336477.
- Caillié, René (1830), Travels through Central Africa to Timbuctoo; and across the Great Desert, to Morocco, performed in the years 1824–1828 (2 Volumes), London: Colburn & Bentley. Google Books: Volume 1, Volume 2.
- Dubois, Félix (1896), Timbuctoo: the mysterious, White, Diana (trans.), New York: Longmans.
- Dubois, Félix (1911), Notre beau Niger (fransuzcha), Paris: Flammarion.
- Gardi, Bernard; Maas, Pierre; Mommersteeg, Geert (1995), Djenné, il y a cent ans (fransuzcha), Amsterdam: Institute Royal des Tropiques, ISBN 90-6832-250-8. Reproduces postcards and photographs dating from the early years of the 20th century.
- Hunwick, John O. (1999), Timbuktu and the Songhay Empire: Al-Sadi's Tarikh al-Sudan down to 1613 and other contemporary documents, Leiden: Brill, ISBN 90-04-11207-3.
- Maas, Pierre; Mommersteeg, Geert, muh. (1992), Djenné: chef-d'oeuvre architectural (fransuzcha), Amsterdam: Institut Royal des Tropiques, ISBN 90-6832-228-1.
- Sanogo, Klessigué; Fané, Yamoussa, muh. (2008), Plan de Conservation et de Gestion des " Villes anciennes de Djenné " – Mali, 2008–2012 (fransuzcha), République du Mali: Ministère de la Culture du Mali/UNESCO.
- Stuttgart, K.; Israel, Massada, muh. (1976), Arieh Sharon, Kibbutz + Bauhaus: an architect’s way in a new land, 19-bet