Jens Dalsgaard Stage (talaffuzi: Yenn Steyj; 1996-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, Bundesliganing Werder jamoasida oʻynaydi. Stage koʻp qirrali oʻyinchi boʻlib, qanot himoyachisi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida ham oʻynagan.

Jens Stage
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jens Dalsgaard Stage
Tavallud sanasi 8-noyabr 1996-yil (1996-11-08) (27 yosh)
Tavallud joyi Højbjerg, Aarhus, Daniya
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
ASA
2010-2013 Lyseng
2013-2014 Brabrand
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2016 Brabrand
2016-2019 AGF 86 (10)
2019-2022 Copenhagen 76 (15)
2022- Werder Bremen 1 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Daniya U18 1 (0)
2018-2019 Daniya U21 5 (1)
2021- Daniya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

AGF tahrir

2016-yilning 27-yanvarida Stage AGF bilan shartnoma imzolagani tasdiqlandi[2]. Ilgari Brabrand IF jamoasida oʻynagandi[3]. 2015-yilda FC Midtjylland klubida ham mashg‘ulot o‘tkazgan[4].

2016-yilning 8-mayida Stage AGF safida Superligadagi professional debyutini FC Midtjyllandga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[5]. 84-daqiqada Dino Mikanović o‘rniga maydonga tushdi. Stagening shartnomasi 2016-yil dekabr oyida 2019-yilgacha uzaytirildi[6].

Copenhagen tahrir

2019-yilning 1-iyulida Copenhagen klubi Stageni bilan AGFdan besh yillik shartnoma bilan sotib oldi[7][8]. Imzolanganidan koʻp oʻtmay, iyul oyining oʻrtalarida, Stagening Aarhusdagi ijara uyi vandalizm va oʻt qoʻyishga duchor boʻldi[9]. AGF maʼlumotlariga koʻra, derazadan obyekt uloqtirilgan[9][10]. AGF mahalliy politsiyaga oʻz yordamini taklif qildi, voqeadan soʻng ular ishni tergov qilishni boshladilar. DR ga koʻra, xonadonga katta zarar yetkazilmagan, chunki olov alangasidan koʻp oʻtmay oʻchgan[9]. AGF raisi Jacob Nilsenning AGF rasmiy saytida agar jinoyatchilar aniqlanib va jinoyatchilar ularning muxlislari bilan qandaydir aloqasi borligi aniqlansa AGF oʻyinlaridan umrbod diskvalifikatsiya qilinishini taʼkidladi[11].

Stage Copenhagenda debyutini 2019-yilning 14-iyulida Superligada OB ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabali oʻyinda oʻtkazdi, Robert Skovning oʻrniga 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[12][13]

U UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi debyutini 2019-yil 19-sentabr kuni Shveytsariyaning Lugano klubiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazdi[14].

Werder Bremen tahrir

2022-yil 29-iyunda Bundesliga ligasiga yangi koʻtarilgan klubi Werder Bremen Stage bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi[15]. Shartnoma muddati oshkor etilmagan[15]. Daniyaning Ekstra Bladet tabloidi Copenhagenga toʻlangan transfer narxini 45 DKK (6 million yevro), turli bonuslar esa 60 million DKK (8 million evro) ga yetishi mumkinligini xabar qildi[16]. Germaniyaning Deichstube gazetasi xabariga koʻra, transfer narxi bonuslar bilan 4 million yevro[17].

Xalqaro faoliyati tahrir

Stage Daniya terma jamoasidagi debyutini 2021-yil 15-noyabr kuni Shotlandiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida o‘tkazdi[18].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klublarda tahrir

29-iyun, 2022-yilgi holat boʻyicha[19]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
AGF 2015-16 Daniya Superligasi 6 0 0 0 6 0
2016-17 16 1 4 0 4 [lower-alpha 1] 0 24 1
2017-18 22 2 2 0 5 [lower-alpha 1] 2 29 4
2018-19 30 6 2 0 4 [lower-alpha 1] 0 36 6
Jami 74 9 8 0 13 2 95 11
Copenhagen 2019-20 Daniya Superligasi 31 5 2 0 15 [lower-alpha 2] 1 48 6
2020-21 23 5 2 1 3 [lower-alpha 3] 0 28 6
2021-22 22 5 1 0 12 [lower-alpha 4] 4 35 9
Jami 76 15 5 1 30 5 111 21
Jami faoliyati 150 24 13 1 30 5 13 2 206 32
  1. 1,0 1,1 1,2 Appearances in the Superliga relegation play-offs
  2. Appearances in the UEFA Europa League and UEFA Champions League
  3. Appearances in the UEFA Europa League
  4. Appearances in the UEFA Europa Conference League

Terma jamoada tahrir

Yillar Terma jamoa Ishtirok Gollar
2014 Daniya U18 1
2018-2019 Daniya U21 5 1
2021- Daniya 1

Manbalar tahrir

  1. „Jens Stage“. SV Werder Bremen. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  2. „AGF henter Jens Stage i Brabrand“. bold.dk (2016-yil 27-yanvar).
  3. „Jens Stage: »Stort at træne sammen med spillere, jeg ser op til«“. stiften.dk (2015-yil 18-noyabr).
  4. „Jens Dalsgaard Stage skifter til AGF“. brabrandfodbold.dk (2016-yil 27-yanvar).
  5. „MIDTJYLLAND VS. AGF 1 - 1“. resultat.dk (2016-yil 8-may).
  6. „AGF forlænger med fire mand“. bold.dk (2016-yil 5-dekabr).
  7. „FCK HENTER JENS STAGE I AGF“. fck.dk (2019-yil 1-iyul).
  8. Avis: Stage havde otte udenlandske bejlere, bold.dk, 1 July 2019
  9. 9,0 9,1 9,2 Ritzau. „FCK-spillers lejlighed udsat for hærværk og brandstiftelse“ (Danish). DR.dk. Danmarks Radio (2020-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  10. „FCK tager afstand fra hærværk“ (Danish). www.fck.dk. F.C. Copenhagen (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  11. „AGF fordømmer angreb“ (Danish). www.agf.dk. AGF (2019-yil 15-iyul). 2019-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  12. „Jens Stage, statistik for superligaen 2019/2020 - SuperStats“. superstats.dk. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  13. Frederiksen, Thomas. „Sæsonstart: FC København møder AGF i Parken fredag aften“ (da). ugeavisen.dk (2019-yil 18-iyul).
  14. „Jens Stage efter EL-debut: Det var ikke champagnebold“ (da). dbrs.dk (2019-yil 19-sentyabr).
  15. 15,0 15,1 „Werder schnappt sich Stage vom FC Kopenhagen“ (de). kicker (2022-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  16. Schmidt. „Avis: FCK kan få 60 millioner for Jens Stage“ (da). bold.dk (2022-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  17. Knips, Björn; Cottäus, Daniel. „Werder Bremen-Transfer: Ablöse, Vertrag - alle Infos zu Jens Stage!“ (de). Kreiszeitung (2022-yil 29-iyun). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  18. „Scotland v Denmark game report“. FIFA (2021-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  19. Jens Stage Soccerway saytida