Jirmiz
Jirmiz– Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 10 ta qishlo fuqarolar yigʻinidan biri hisoblanadi. Qishloqning umumiy yer maydoni 2500 km.kv tashkil qiladi. Jirmizda yashovchi umumiy aholi 8 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.(2012-yil) Qishloq oʻzida bir qancha millatni birlashtirgan. Qishloqda o'zbeklardan tashqari tatarlar, koreyslar va ruslar istiqomat qiladi.[2] Qishloq hududidan Polvon-Gʻazovot va Yangiyop kanallari oqib oʻtadi. Aholi bu kanallardan ichimlik va dalalarni sugʻorish maqsadida foydalanadi.
Jirmiz | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Xorazm viloyati |
Tuman | Xonqa tumani |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 220803[1] |
Avtomobil kodi | 90 |
Etimologiyasi
tahrirRivoyatlarga koʻra bu yerda qadimda bir ulugʻ zot yashagan. Uning bir qancha shogirdlari boʻlib, ustozi ulardan biriga koʻproq mehr qoʻyib, unga sen „ Jirimsizsan“ der ekan. Bu soʻz oʻta yuvosh, aytganini qiladigan maʼnoni anglatadi. Vaqtlar oʻtishi bilan shogirt vafot etadi va uning xizmatlari uchun qishloq va qabristonning nomlari uning nomi bilan atala boshlanadi. Aholi koʻpaygan bu yerlarga Katta Jirmiz nomini berishadi.[3]. Jirmiz soʻzi xorazm shevasida oʻta yuvosh, aytganini qiladigan maʼnosini anglatadi. Dastlab hudud Jirmiz deyilgan. Biroq vaqt oʻtgach qishloq hududi kengayadi va Katta Jirmiz deb atala boshlanadi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida ham shunday nomlangan toponimlar mavjud. Yuqori Qashqadaryoda qayta ishlanmagan yer – jovuz deb ataladi[4].
Hududiy boʻlinmalari
tahrirHozirda qishloq 3 ta mahallaga boʻlingan boʻlib bular; Katta Jirmiz, Nurobod, Katta kuch mahallalaridir.
Infratuzilma obyektlari
tahrirQishloqda 3 ta maktab, 1 ta kollej, 1 ta qishloq vrachlik punkiti, 50 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyat yuritadi.[2]
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.
- ↑ OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022
- ↑ B. Joʻrayev. Yuqori Qashqadaryo. 132-bet