John von Neumann

Vengriyalik-amerikalik matematik, fizik, kompyuter olimi, muhandis va polimat

John von Neumann (talaffuzi: Jon fon Neyman) (veng.: Neumann János Lajos) (28-dekabr 1903-yil — 8-fevral 1957-yil) — vengriyalik-amerikalik matematik, fizik, kompyuter olimi, muhandis va polimat. Neumann koʻplagan sohalarga, jumladan, matematika (matematik mantiq, oʻlchovlar nazariyasi, funksional tahlil, guruhlar nazariyasi, panjara nazariyasi, operator algebralari, matritsalar nazariyasi, geometriya va raqamli tahlil); fizika (kvant mexanikasi, gidrodinamika va ballistika, yadro fizikasi va kvant statistik mexanikasi); iqtisod (oʻyinlar nazariyasi va umumiy muvozanat nazariyasi); hisoblash (John Von Neumann arxitekturasi, chiziqli dasturlash, raqamli meteorologiya, ilmiy hisoblash, oʻz-oʻzini takrorlaydigan mashinalar, stokastik hisoblash) va statistika kabi koʻplab sohalarga katta hissa qoʻshgan.

John von Neumann
Tavalludi 28-dekabr 1903-yil
Budapesht, Vengriya qirolligi, Avstriya-Vengriya[1][2][3]
Vafoti 8-fevral 1957-yil(1957-02-08)
(53 yoshda)
Vashington, AQSh
Fuqaroligi Vengriya, AQSh
Sohasi Mantiq, Matematika, Matematik fizika, Nazariy fizika, Statistika, Iqtisodiyot, Informatika
Institutlar
Akademik rahbarlari Lipót Fejér
Mashhur shogirdlari Donald B. Gillies
Mukofotlari
Veb-sayt archives.hungaricana.hu

Neumann 150 dan ortiq maqolalar chop etgan: 60 ga yaqini matematika, 60 tasi amaliy matematika, 20 tasi fizika, qolganlari esa maxsus matematik fanlar yoki matematik boʻlmagan fanlar boʻyicha. Uning soʻnggi asari oʻlimidan oldin yozilgan tugallanmagan qoʻlyozma boʻlib, u keyinchalik „The Computer and the Brain“ nomi bilan kitob holida nashr etilgan.

Manbalar tahrir

  1. Doran & Kadison 2004, s. 1.
  2. Myhrvold, Nathan. „John von Neumann“ (21-mart 1999-yil). 11-fevral 2001-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Blair 1957, s. 104.

Havolalar tahrir