Jumaya masjidi
Juma masjidi yoki Jumaya masjidi (bolgarcha: Джумая джамия) Bolgariyaning Plovdiv viloyati, Plovdiv shahrida joylashgan. Uning turkcha nomi Hüdavendigâr Camii yoki Cuma Camii dir. Masjid Plovdivning markazida joylashgan boʻlib, 1363-1364-yillarda Usmonli qoʻshinlari tomonidan Plovdivni bosib olingandan soʻng Sveta Petka Tarnovska sobori cherkovi oʻrnida qurilgan. 15-asrda Sultonmurod I davrida eski bino buzilib, oʻrniga zamonaviy masjid qurilgan. U Ulu Jumaya masjidi yoki Bosh juma masjidi deb atalgan[1].
Masjid | |
Mamlakat | Bolgariya |
Hudud | Plovdiv viloyati |
Shahar | Plovdiv |
Koordinatalar | 42°08′52″N 24°44′54″E / 42.1479°N 24.7483°E |
Meʼmoriy uslub | Usmoniylar arxitekturasi |
Asosiy sana: 15-asr
| |
Gumbazlar soni | 9 |
Gumbazlar soni | 9 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Jumaya masjidi Vikiomborda |
Masjid katta boʻlib, toʻqqiz gumbaz va 33 m × 27 m (108 ft × 89 ft) gumbazli namoz zaliga ega. Asosiy fasadning shimoli-sharqiy burchagida minora joylashgan. Ichki devor rasmlari 18-asr oxiri — 19-asr boshlariga chizilgan[1].
Hujumlar
tahrirMasjidga 2014-yil fevral oyida „yuzlab millatchilar, fashistlar va futbol bezorilari“[2] deb taʼriflangan olomon hujum qilgan[3][4]. Hujumdan keyin 120 kishi hibsga olingan[4] va toʻrt nafari yengil jazo olgan[3]. Bolgariya bosh muftiysi Mustafo Xoji hujumni „pogrom“ deya baholagan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Dzhumaya Mosque - Plovdiv“. bulgariatravel.org. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „European Muslims respond to attacks on Mosque in Bulgaria“. The Muslim Times (2014-yil 16-fevral). Qaraldi: 2014-yil 22-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „4 Sentenced after Bulgaria Mosque Attack“. Novinite (2014-yil 15-fevral). Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
- ↑ 4,0 4,1 „Bulgarian police detain 120 after mosque attack“. Reuters (2014-yil 14-fevral). Qaraldi: 2016-yil 22-mart.