Kabarda-Bolqoriya
Kabarda–Bolqoriya Respublikasi (Kabard.-cherk. Къэбэрдей-Балъкъэр Республикэ; qorach.-bolq Къабарты-Малкъар Республика) — respublikasi,[1] Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika.[2] Maydon 12,5 ming km2. Aholisi 786,3 ming kishi (1999). Poytaxti – Nalchik shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 tuman, 7 shahar, 7 shaharchaga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
tahrirKabarda–Bolqoriya Respublikasi – respublika. Davlat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organ – respublika Kengashi va Vakillar Kengashi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
Geografiyasi
tahrirMamlakat Katta Kavkazning shimoliy yon bagʻrida va unga yondosh Kabarda tekisligida joylashgan. Uning eng baland togʻ choʻqqilari (Elbrus 5642 m, Dixtov 5203 m, Shhara 5068 m) respublikaning janubi-gʻarbi va janubida. Yer yuzasi shimoli-sharqqa tomon pastlab boradi. Togʻ tizmalari, jarlik, buloq, koʻllar koʻp.
Iqlimi
tahrirIqlimi moʻʼtadil kontinental, togʻlarda balandlik mintaqasi qonuniyatiga boʻysunadi. Kabarda tekisligida oʻrtacha harorat yanvarda – 4°, iyulda 23°. Yillik yogʻin 500 mm dan 2000 mm gacha. Togʻlarda yanvar, fevralning oʻrtacha harorati – 12° gacha va iyul-avgustniki 4° dan pastroq. Bezengi, Dixsu va boshqa muzliklar bor. Kabarda tekisligi qora, oʻtloqi-qora, respublika shim.-sharqi – kora-kashtan tuproqli. Oʻrmonlarda qora qayin, grab, eman, qayin, qandagʻoch, qaragʻay va boshqalar oʻsadi.
Togʻlarda silovsin, togʻ va oʻrmon suvsari, qoʻngʻir ayiq, toʻngʻiz, bugʻu, togʻ echkisi, tur; qushlardan qirgʻovul, chil, kaklik, bedana, baland togʻlarda ular (togʻ kurkasi), kur uchraydi. Kabarda–Bolqoriya Respublikasi qoʻriqxonasi va Elbrus tabiiy milliy bogi tashkil etilgan. Qazilma boyliklari molibden, volfram, polimetall rudalari, oltin, toshkoʻmir, mineral qurilish materiallari. Shifobaxsh buloqlar bor.
Yirik daryolari
tahrir- Terek (623 km)
- Malka (216 km)
- Cherek (131 km)
- Chegem (103 km)
- Argudan
- Baksan (173 km)
- Kurkujin
- Lesken
- Urux
- Nalchik
- Urvan
- Zolka
bu daryolar bahorda sersuv boʻladi
Tarixi
tahrir1918-yil 21 martda Shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1920-yil mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921-yil 1-sentabrda RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922-yil 16-yanvarda bir-lashgan Kabarda-Bolqoriya muxtor viloyati tuzildi. 1936-yil 5 dekabrda Kabarda–Bolqoriya Respublikasi Muxtor Respublikasi deb ataldi. Kabarda–Bolqoriya Respublikasi 1942-yil oktabrda nemislar tomonidan bosib olindi. 1943-yil yanvarda ozod etildi. 1944-yilda bolqorlar Ikkinchi jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. Kabarda–Bolqoriya Respublikasi muxtor respublikasi Kabarda muxtor respublikasi deb atala boshladi. 1957-yil bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda muxtor respublikasi yana Kabarda–Bolqoriya Respublikasi Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991-yil yanvarda Kabarda–Bolqoriya Respublikasi Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992-yil fevraldan Kabarda–Bolqoriya Respublikasi Respublikasi deb atala boshladi.
Aholisi
tahrirAholisi. Tub aholisi – kabardinlar va bolqorlar; ruslar, ukrainlar, osetinlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – kabarda, bolqor, rus tillari. Kabardin va bolqorlar – musulmon sunniylar. Aholisining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nalchik, Proxladniy, Baksan.
Millat | Aholi soni 2010yili[3] |
Aholi soni 2010yili[4] |
Aholi soni 2010yili[5] |
---|---|---|---|
Kabardinlar | 490 453 (57,2 %) | 498 702 (55,3 %) | 363 494 (48,2 %) |
Ruslar | 193 155 (22,5 %) | 226 620 (25,1 %) | 240 750 (31,9 %) |
Bolqorlar | 108 577 (12,7 %) | 104 951 (11,6 %) | 70 793 (9,4 %) |
Turklar | 13 965 (1,6 %) | 8 770 (1 %) | 4 162 |
Osetinlar | 9 129 (1,1 %) | 9 845 (1,1 %) | 9 996 (1,3 %) |
Armanlar | 5 002 | 5 342 | 3 512 |
Ukrainlar | 4 800 | 7 592 | 12 826 (1,7 %) |
Koreyslar | 4 034 | 4 722 | 4 983 |
Siganlar | 2 874 | 2 357 | 2 442 |
Cherkeslar | 2 475 | 725 | 614 |
Tatarlar | 2 375 | 2 851 | 3 005 |
Ozarbayjonlar | 2 063 | 2 281 | 2 024 |
Chechenlar | 1 965 | 4 241 | 736 |
Gruzinlar | 1 545 | 1 731 | 2 090 |
Laktsilar | 1 462 | 1 800 | 1 587 |
Nemislar | 1 462 | 2 525 | 8 569 (1,1 %) |
Ingushlar | 1 271 | 1 236 | 664 |
Qorachoylar | 1 028 | 1 273 | 1 202 |
Millatini ochiqlamagan shaxslar | 2 269 | 15 | 0 |
Eslatma: jadvalda aholisi 2010-yilda 1000 dan ortiq boʻlgan xalqlar koʻrsatilgan
Iqtisodiyoti
tahrirKabarda–Bolqoriya Respublikasi – industrial-agrar respublika. Sanoati koʻp tarmoqli. Ogʻir sanoatida mashinasozlik va metallsozlik tarmoklari, ayniqsa elektrotexnika asbob-uskunalari, avtomatlashtirish vositalari, yogʻochsozlik stanoklari, avtomobil ehtiyot qismlari i.ch. muhim oʻrin tutadi. Volfram-molibden konlari negizida rangli metallurgiya sanoati barpo etildi. Gidrometallurgiya zavodi mavjud, kimyo sanoati rivojlangan. Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asosan, Nalchikda joylashgan. Binokorlik ashyolari i.ch. birlashmasi yigʻma temirbeton mahsulotlar, qurilishbop keramika, devorbop materiallar ishlab chiqaradi. Konserva va vino zavodlari ham bor. Bak-Chegem darasi.san GES elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojning atigi 7% ni krndiradi. Kabarda–Bolqoriya Respublikasida yiliga 200 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligi don va texnika ekinlari yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. Dasht yerlarda kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, kungaboqar, tariqetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Sugʻoriladigan yerlarda ham dehqonchilik bilan shugʻullanadilar. Sut va goʻsht-sut chorvachiligiga, mayin jun olinadigan qoʻy va echkilar boqishga asosiy eʼtibor beriladi. Zotdor yilqichilik rivojlangan (mashhur kabarda ot zotlari). Asalarichilik va pillachilik ham mavjud.
Respublikaning shim.dan Nalchik va Tirniauzga neft va gaz quvurlari oʻtgan. Avtomobil yoʻllari uzunligi – 3851 km, temir yoʻllar uz. – 133 km. Avtomobil yoʻllari Nalchik sh.ni Pyatigorsk va Vladikavkaz sh.lari bilan bogʻlaydi. Nalchik shahrida aeroport bor. Respublikada togʻ changi sayyohligi rivojlangan.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va il-miy muassasalari
tahrir20-asrning 90-yillari oʻrtalarida Kabarda–Bolqoriya Respublikasidagi 249 kunduzgi umumiy taʼlim maktabida 131 ming , 10 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 8,8 ming oʻquvchi, 3 oliy oʻquv yurtida 12,8 ming ta-laba taʼlim oldi. Kabarda–Bolqoriya Respublikasida Tarix, filol. va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot instituti, Baland togʻ geofizika instituti, loyiha instituti, Kabarda–Bolqoriya Respublikasi qishloq xoʻjalik tajriba st-yasi va boshqalar ilmiy muassasalar hamda loyiha tashkilotlari bor. 230 ommaviy kutubxona, 256 madaniyat uyi, 3 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, tasviriy sanʼat muzeyi mavjud.
Adabiyoti
tahrirKabardin va bolkrr ada-biyotlari folklor (qoʻshiq, ertak, afsonalar, qahramonlik eposi "Nartlar" va boshqalar) zaminida vujudga keldi. 19-asrdayoq kabardin shoiri va filologi Sh.B.Nogʻmov (1794–1844) kabardin-cherkas alifbosi va grammatikasini, "Adixey xalqi tarixi" asarini yaratdi. Adiblardan S. QoziGirey, S. Xon-Girey asarlari shuxrat qozondi. Maʼrifatparvar Krzi Otajukin birinchi boʻlib kabardin-cherkas tilida kitob nashr etgan (1864). Kabardada B.M.Pachev, Bolqoriyada K.B.Mechiyev oʻzlari yaratgan alifboda dastlabki asarlarini yozdilar.
20-asrning 20–30-yillarida Kabarda–Bolqoriya Respublikasi adabiyotida bolqor S. Shoxmurzayev va K.B.Mechiyev, kabardin A.P.Keshokov va B.M.Pachevlar erksevarlik ruhida asarlar yozishdi. Ali Shogensukov kabardinlar oʻtmishi haqida hikoya qiluvchi "Kambot va Lyasa" sheʼriy romaniva joʻshqin sheʼrlari bilan kabardin adabiyotiga kirib keldi. Oʻtmishdagi ijtimoiy munosabatlar, xotin-qizlarning qismati, xalqlarning oʻz huquklarini taniy boshlashi 30-yillar dramaturgiyasi va nasrida oʻz aksini topdi. J. Naloyev, S. Kojayev, M. Afaunov va boshqalar yozuvchilar asarlarida ijobiy qahramon qilib zamondoshlar olindi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida dushmanni yengishga undovchi sheʼrlar, ocherklar, hikoyalar toʻplamlari, "Mening Vatanim" (Ali Shogensukov), "Ota" (A.P.Keshokov) qissalari chop etildi. Front matbuotida A.P.Keshokov, Q. Quliyevning jangovar sheʼrlari muntazam chiqib turdi. Fashizm bilan kurashda koʻpgina isteʼdodli yozuvchilar qahramonlarcha halok boʻldilar.
Urushdan keyin shoirlardan A.P.Keshokovning "Otliqning yoʻli", "Yoshlik yeri" va boshqalar, K- Quliyevning "Togʻlar", "Non va atirgul" kabi asarlari shuhrat qozondi. Keyingi yillarda yirik nasriy asarlar yaratildi. A. Shortanovning "Togʻliklar" romani, A. Keshokovning dilogiyasi, A. Naloyev, S. Kushxov, J. Zalixonov, O. Etezov, 3. Aksirov, P. Misakov va boshqalar adiblarning asarlari nashr etildi. A. Keshokov va Q. Quliyevning eng yaxshi asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirMeʼmorligi va tasviriy sanʼati. Kabarda–Bolqoriya Respublikasi hududida neolit va ilk jez davriga oid chetan uy qoldiqlari, keramika, metalldan yasalgan bezaklar topilgan. Turli davrlarda qurilgan qoʻrgʻonlar, maqbaralar, qad. qishloq va shahar qoldiklari, baland togʻli joylarda oʻrta asrlarga oid qalʼalar majmui (ToturQalʼa), hashamatli minoralar (Abay minorasi, 16– 17-asrlar) va hokazo saqlangan. 14–19-asrlarga oid maqbarasagʻanalar koʻp uchraydi. Ular toʻrtburchakli, tomi ikki tomonga nishab yoki aylana va serqirra, baʼzan konussimon boʻlgan.
Keyingi yillarda Nalchik sh. qayta qurilib, bogʻ shaharga aylantirildi. Hukumat uyi, musiqali drama teatri, Oʻlkashunoslik muzeyi, sanatoriylar, dam olish uylari, mehmonxona binolari qurildi.
Kabarda–Bolqoriya Respublikasida yogʻoch, tosh va suyak oʻymakorligi, gilamdoʻzlik rivojlangan. Bosh kiyimlar, yoqa qaytarmalari va ayollar koʻylagining yenglari zar ip va tasmalar bilan bezatiladi. Echki va qoʻy junidan turli buyumlar toʻqiladi. Bol-qorlarda gul solib namat (kigiz) bosish, kabardinlarda geometrik shakllar bilan bezab boʻyra toʻqish avj olgan.
20-asrning 2-yarmida rassomlik sanʼati rivoj topdi. N. N. Gusachenko, M. A.Vannax, M. Askarov, V. Temirkanov va boshqalar rassomlar manzara kartinalari, N.N.Gusachenko, N.M.Tretyakov, N.P. Tatarchenko va boshqalar portret hamda syujetli kartinalar, X. Krimshamxalov, M. Thaqumashev haykaltaroshlik ustida samarali ishladilar.
Musiqasida xalq qushiq va raqs janrlari salmokli oʻrin tutadi. Kabardin va bolqor xalq cholgʻulari ichida torli asboblardan shike-pshine, jiyaqobuz va boshqalar, puflama asboblardan nakire, sirina, bjemiy, sibizgʻa kabilar, urma asboblardan pxʼachich, qars va hokazo bor. Sultonbek Abayev, Kozim Mechiyev, Bekmurza Pachev va boshqalar Kabarda–Bolqoriya Respublikasining mashhur qoʻshiqchilari, xalq musiqachilari va ashulachi-dostonchilaridir. Kompozitorlardan M. Balov, X. Kardanov, V. Malov, N. Osmonovlar mashxur. "Madina" milliy operasi, "Lyalyusa", "Daxanago" milliy baletlari va boshqalar yaratilgan. Simfonik musiqa ham rivojlangan.
Kabarda–Bolqoriya Respublikasida musiqali teatr, filarmoniya, radio va televideniye xori, "Kabardinka" xalq raqs ansambli, musiqa bilim yurti, bolalar musiqa maktablari, yoshlar teatri, teatr-studiya, drama teatri, milliy truppalar bor[6]
Manbalar
tahrir- ↑ Конституция КБР. РАЗДЕЛ I. Глава I Основы Конституционного строя.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Конституция Российской Федерации. Ст. 5, пп. 1, 2
- ↑ Всероссийская перепись населения 2010 года. Национальный состав и владение языками, гражданство. Население по национальности и владению русским языком по субъектам Российской Федерации, 2013-07-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-15
- ↑ Всероссийская перепись населения 2002 года. Национальный состав и владение языками, гражданство. Население по национальности и владению русским языком по субъектам Российской Федерации, 2006-11-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-15
- ↑ Демоскоп Weekly. Приложение. Справочник статистических показателей. Всесоюзная перепись населения 1989 года. Национальный состав населения по регионам России. Кабардино-Балкарская АССР
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |