Kahf surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Kahf surasi (arabcha: سورة الكهف, nomining maʼnosi — Gʻor[8][9]) — Qurʼonning 18-surasi. Makkiy suralardan biri, 110 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 293–304[10]-sahifasida va 15-16-juzida joylashgan. 69-boʻlib nozil boʻlgan.
Kahf surasi — سورة الكهف | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Gʻor[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 293–304[4] | ||||||||||||
Juz | 15-16 | ||||||||||||
Sura raqami | 18 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 110 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 12[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1583 | ||||||||||||
Harflar soni | 6425 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 69[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy maʼnosi
tahrirSurada kishilarning Alloh taologa boʻlgan iymon-eʼtiqodlarini mustahkamlash uchun eng goʻzal, ibratli qissalardan uchtasi soʻylab beriladi.
Ulardan birinchisi «Ashobul-Kahf» qissasi boʻlib, unda zolim hokim istibdodidan dinu iymonlarini saqlab qolish uchun oʻz jonlarini fido qilgan yigitlarning bir kahfga - gʻorga panoh tortib kirishib, u joyda uch yuz yil qolib ketishgani haqida hikoya qilinadi. Suraning «Kahf»— «Gʻor» deb nomlanishiga sabab ham shudir.
Ikkinchi qissa Muso va Xizr paygʻambarlar qissalaridirki, unda Muso alayhis-salomning ilm yoʻlidagi xokisorliklari, Xizir alayhis-salomning boshqa paygʻambarlarga berilmagan gʻoyibdan ogohlik neʼmatiga muyassar boʻlganliklari toʻgʻrisidagi lavhalar ilohiy qalam bilan bayon etiladi. Uchinchi qissada Alloh taolo marhamati bilan butun dunyoni oʻz hukmida tutish sharafiga noil boʻlgan adolat va taqvoda benazir buyuk shoh Zul-qarnayn, u kishining fath-yurishlari xususida soʻz yuritiladi.
Yana bu suradan molu davlat gʻururlanishga arzimaydigan narsalar ekani, umuman bu hayoti dunyo oʻtkinchi – bebaqoligi haqida aytilgan bir qancha ibratli misollar ham joy olgandir.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.