Nahl surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Arabic Holy Quran (14mb).pdf |
---|
Nahl surasi (arabcha: سورة النحل, nomining maʼnosi — Asalari[9][10]) — Qurʼonning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 267–281[11]-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-boʻlib nozil boʻlgan.
Nahl surasi — سورة النحل | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Asalari[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 267–281[4] | ||||||||||||
Juz | 14 | ||||||||||||
Sura raqami | 16 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 128 | ||||||||||||
Sajda oyati | 50-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 16[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 1845 | ||||||||||||
Harflar soni | 7642 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 70[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Asosiy maʼnosiTahrirlash
Bu surada qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. So‘ngra Tangri taolo o‘zining yakka-yolg‘iz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik bo‘lolmasliklari xususida ogohlantiradi va yeru osmonlar, dengizlar, tog‘lar, vodiy va vohalar, osmondan tushib yerni ko‘kartirayotgan yomg‘ir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot, dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yo‘lovchi musofirlar uchun mayoq bo‘lgan yulduzlar va xususan bir tomchi suvdan yaralib butun borliqdan aziz va mukarram bo‘lgan inson — bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi Zot borligiga dalolat qilib turishi to‘g‘risida uqtiriladi. So‘ngra Alloh taolo ato etgan behisob neʼmatlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni neʼmat qilgan ko‘rnamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilmu hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan daʼvat etish hamda bu daʼvat yo‘lida chekiladigan jabru jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va mo‘‘jiz maxluqi bo‘lmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar o‘rin olgani uchun u „Nahl“ — „Asalari“ surasi deb atalgandir.
ManbalarTahrirlash
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Isro surasi | 16-sura — arabcha matni | Oldingisi: Hijr surasi |