Karki xalqaro aeroporti

(Karki aeroportidan yoʻnaltirildi)

Karki xalqaro aeroporti (turkmancha: Kerki halkara howa menzili [5] IATA: KEAICAO: UTAE) – Turkmaniston sharqidagi Lebap viloyatining Karki shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Aeroport viloyati markazidagi Turkmanobod xalqaro aeroportidan keyin ikkinchi aeroport vazifasini bajaradi.

Karki xalqaro aeroporti [1]
Kerki halkara howa menzili[2]
IATA kodi: KEAICAO kodi: UTAE
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi/Operator Turkmenhowayollary Agency [3]
Xizmat doirasi Karki
Joylashuvi Karki, Lebap viloyati, Turkmaniston
Ochilgan 23-iyun, 2021-yil (3 yil avval) (2021-06-23)
Qurilgan 2019—2021
Dengiz sathidan balandligi 770 ft / 235 m
Koordinatalari 37°48′32″N 065°12′45″E / 37.80889°N 65.21250°E / 37.80889; 65.21250
Vebsayti https://www.tia.gov.tm/kerki/
Xarita
KEA (Turkmaniston)
KEA
Aeroportning Turkmaniston xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
16/34 2,700 8,858 Asfalt
Manba:World Aero Data[4]
Karki aeroporti

Soatiga 100 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega va bir vaqtning oʻzida ikkita yirik samolyot hamda toʻrtta vertolyotni qabul qila oladi.

Tarixi

tahrir

Karkida aerodrom qurish toʻgʻrisidagi qaror 1946-yilda imzolangan. Dastlabki parvozlar 1946-yilning mart oyida boshlanadi[6]. Karkidan yoʻlovchilar haftasiga bir marta Po-2 samolyotida Ashxobod va Mariga tashilgan. Koʻp yillar davomida samolyot va vertolyotlar asfaltlanmagan yoʻldan Gaurdak, Chorjoʻy, Garametniyaz, Zahmet va boshqa aholi punktlariga uchgan[7]. 1974-yilda temir-beton uchish-qoʻnish yoʻlagi quriladi. Yoʻlak 237 metr (770 fut) balandlikda joylashgan. Yangi aeroport qurib bitkazilgach, dastlabki aeroportdan foydalanish toʻxtatilgan.

Yangi aeroport

tahrir

Qurilishi

tahrir

Karkida yangi aeroport qurilishi 2019-yil may oyida boshlanadi[8]. Mahalliy Gündogdy (oʻzbekcha: Kuntugʻdi) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan qurish 2021-yil may oyida nihoyasiga yetkaziladi[9].

Faoliyat yuritishi

tahrir

Yangi aeroport 2021-yil 23-iyunda oʻz faoliyatini boshlaydi[10][11]. Ochilish marosimida Turkmanistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, hukumat aʼzolari va boshqa siyosatchilar ishtirok etadi. Aeroportga UTAE ICAO kodi[12] hamda KEA IATA kodi beriladi.

Infratuzilmasi

tahrir

Aeroport 200 gektardan ortiq hududni egallaydi. Asosiy terminalda 120 oʻrinli kutish zali, ikkita chiptaxona, birinchi tez tibbiy yordam xonalari, xalqaro aloqa nuqtalari, bagaj kassasi, pochta boʻlimi, bufetlar, CIP zali, ona va bola xonasi, 30 oʻrinli oshxona mavjud[13].

Aeroport aproni bir vaqtning oʻzida ikkita katta samolyot va toʻrtta vertolyotni qabul qila oladi. Infratuzilma favqulodda vaziyatlar va oʻt oʻchirish binosi, texnik blok, nazorat-oʻtkazish punkti, maxsus mashinalar uchun garaj hamda boshqa yordamchi inshootlarni oʻz ichiga oladi[14]. Aeroport majmuasida yoʻlovchilar va aeroport xodimlari uchun avtoturargoh hamda avtobus bekati mavjud.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Turkmaniston havo yoʻllari Ashxobod

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „В Туркменистане открылся новый международный аэропорт – в городе Керки“ (2021-yil 23-iyun).
  2. „Kerki Halkara howa menziline halkara sertifikat gowşuryldy | Syýahatçylyk“.
  3. „Аэропорт в городе Керки“. 2023-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-sentyabr.
  4. Airport information for UT51[Usurped!] at World Aero Data
  5. „Kerki Halkara howa menziline halkara sertifikat gowşuryldy | Syýahatçylyk“.
  6. „Завершается строительство новой воздушной гавани в Лебапе“ (2021-yil 9-iyun).
  7. „Президент Туркменистана открыл в Керки Международный аэропорт | Политика“.
  8. „Строительство нового аэропорта Керки начнется в мае 2019 года | Туризм“.
  9. „Открытие нового аэропорта в Керки намечено на 21 июня | Туризм“.
  10. Raboti po vvodu v ekspluatatsiyu Kerkinskogo aeroporta blizyatsya k zaversheniyu
  11. „В Туркменистане открылся новый международный аэропорт – в городе Керки“ (2021-yil 23-iyun).
  12. „Аэропорту Керки получил международный сертификат соответствия и код ICAO“ (2021-yil 23-iyun).
  13. Prezident Turkmenistana otkril v Kerki Mejdunarodniy aeroport
  14. „Глава Туркменистана принял участие в торжествах в Лебапском велаяте“ (2021-yil 23-iyun).

Havolalar

tahrir