Katta Hisor kanali
Katta Hisor kanali - Hisor vodiysidagi kanal. Tojikiston va qisman Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. 1938— 42 yillari qurilgan. Uz. 50 km. Suv sarfi 68 m1/s. Tojikistonda 9,4 ming ga, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10 ming ga yerni sugʻoradi. Kanal orqali Varzob daryosi suvi Qoratogʻ daryosiga oqadi. 70 ga yaqin gidrotexnika inshooti bor. Kanalning yirik shoxobchalari: suv sarfi 2 dan 6 m³/s gacha boʻlgan Govkush, Chorakoron, Kampirqalʼa, Hisor, Yangiobod, Oyim. Kanalga qurilgan toʻgʻondan bevosita Dushanba shoxobchasi (uz. 2,5 km, suv sarfi — 10 m³/s) boshlanadi, undan Alachabof kanaliga suv beriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |