Katun (oltoycha: Кадын [Kadyn]) — Rossiya Federatsiyaning Oltoy oʻlkasidagi daryo. Biysk shahridan 19 km janubi-gʻarbda Biya daryosi bilan qoʻshilib, Ob daryosini hosil qiladi. Uzunligi 688 km, havzasining maydoni 60,9 ming km2. Beluxa togʻining janubiy yon bagʻridagi muzlikdan boshlanadi. Yuqori oqimi togʻlar orasidan oqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 630 m3/ sek. Dekabrda muzlab aprelda muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: Argut, Chuya, Koʻksuv, Sema. Yogʻoch oqiziladi.[1]

Katun
Tavsif
Uzunligi 688
Maydoni 60 900 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Katun (daryo)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil