Qubod
Qubod, Kavat — neolit va jez davriga oid makonlar. Xorazm hududidagi Amudaryoning qad. Oqchadaryo deltasining gʻarbiy qismida, koʻchma qumtepalarning shim.da joylashgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Kaltaminor madaniyatiga oʻxshaydi. Q. bir necha qatlamlarga boʻlingan, baʼzi qatlamlari jez davriga oid makonlardir, shulardan ayrimlari ancha mukammal oʻrganilgan. Q.da yashovchilar ovchilik, baliq ovlash va terimchilik bilan shugʻullangan. Q.-5 qatlamidan topilgan buyumlar yarim yumaloq shaklda toʻlqinli va toʻgʻri chiziqlar bilan bezatilgan "ko-salar" va boshqa sopol buyum siniqlaridan iborat. Bu naqshlar Jonbos qalʼa makoni idishlari bezagiga oʻxshaydi. Q.-7da Kaltaminor madaniyatiga xos turar joy qoldigʻi topilgan. Turar joylarning maydoni 40–50 m;. asosan, qamish va yegʻochdan, qisman loydan qilingan boʻlib, qurilishda ustunlardan ham foydalanilgan. Qazishlar natijasida uylardan oʻchoq va kul qoldiqlari, sopol idishlarning siniqlari, suyak va chaqmoqtosh buyumlari topilgan. Sopol buyumlarning sirti boʻrtma shaklda bezatilgan. 3 mingga yaqin chaqmoqtosh qurollar topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |