John Fitzgerald "Jack" Kennedy (29-may 1917, Brookline, Massachusetts – 22-Noyabr 1963, Dallas, Texas), Amerika Qoʻshma Shtatlarining 35-prezidenti (1961—63), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSh floti ofitseri (1941-45), AQSH kontressi aʼzosi (1947—61). Prezidentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va boshqalar)ni olgʻa surgan. Harbiy bloklar va AQSh qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga SSSR bilan boʻlgan munosabatlarda birmuncha realistik yoʻl tutish yoʻlidan borgan; atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiqlash toʻgʻrisidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dallasda suiqasd qurboni boʻlgan.[1]

John F. Kennedy

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir