Kichik Muhammad Mahram uyi – Xorazm viloyati, Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Kichik Muhammad Mahram uyi XIX asr oxirida qurilgan[1]. Hozirda Xiva shahridagi Kaltaminor mahalla fuqarolar yigʻini, Sherpa Oʻrazova koʻchasi, 66-uyda joylashgan. Xorazm viloyati madaniy meros boshqarmasi tasarufida[1].

Kichik Muhammad Mahram uyi
Joylashuvi Xiva, Xorazm viloyati
Koordinatalar 41°22′45″N 60°21′11″E / 41.37920878785782°N 60.35315249821426°E / 41.37920878785782; 60.35315249821426
Turi uy
Arxitektura uslubi Xorazm meʼmorchiligi
Asoschi Kichik Muhammad mahram
Asos solinishi XIX asr oxiri
Mashhur kishilari Kichik Muhammad mahram
Qarovchi Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi
Qurilish materiali pishiq gʻisht va sinch
Map
Kichik Muhammad Mahram uyi xaritada

Tarixi

tahrir

Kichik Muhammad Mahram uyi Muhammad Rahimxon II Feruzning maslahatchisi va nufuzli amaldorlaridan biri Kichik Muhammad mahram tomonidan XIX asr oxirda qurilgan[2].

Xiva xonligida Muhammad mahramlar ikkita boʻlganligi uchun biri ulugʻ Muhammad (Mamat) mahram, ikkinchisi kichik Muhammad (Mamat) mahram deb ataganlar. Tarixchi Yusuf Bayoniy bu mahramlar ikki nafar boʻlganligi, kichik Muhammad mahram yana aqlli Muhammad deb atashgani va bu mahram oʻz hisobidan madrasa qurdirgani, 1909-yilda vafot etgani haqida maʼlumot qoldirgan.

Kichik Muhammad Mahram uyi Xorazm meʼmorchilik uslubida ayvon shaklda barpo qilingan[2]. Qurilishda pishgan gʻisht bilan birga nigirik (sinch) ishlatilgan. Xorazmda yerosti suvlari yaqin boʻlgani, yozi issiq, yogʻingarchilik kam boʻlishi, togʻlar deyarli yoʻqligi tufayli uylar baland joyda qurilgan, paxsalardan qilingan devorlar uylarning salqinligini taʼminlagan. Xuddi shunday shaklda Kichik Muhammad Mahram uyi ham qurilgan. Uyning umumiy yer maydoni 0.0440 gektar boʻlgan[2]. Uy qurilish osti maydoni 284.86 kv. metr, bostirmasi 489,28 kv. metr, uyning balandligi 3,2 metrni va baʼzi joylari 3,7 metrni bostirmasining balandligi 4,4 metrni tashkil qilgan. Kichik Muhammad Mahram uyining umumiy hajmi: 1155,89 kub metr boʻlgan.

Uyning sirt devorlari pishiq musulmon gʻishtdan qurilgan, ishchi xonalarning oraliq devorlari, sinchdan (nigirik) tiklangan, tomning usti yogʻoch (bolor) bilan yopilgan[2]. Uy bir qancha marta taʼmirdan chiqarilgan. Hozirda Kichik Muhammad Mahram uyidan „Kaltaminor“ mahalla fuqarolar yigʻini idorasi sifatida foydalanib kelinmoqda[1].

Manbalar

tahrir