Kirill Altman (ruscha: Кирилл Заминович Альтман; 1988-yil 21-mart, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonda taniqli bloger[1], jurnalist va tadbirkor. „Shuhrat“ medali sohibi (2021).

Kirill Altman
ruscha: Кирилл Заминович Альтман

Kirill Altman 2021-yilda
Tavalludi 21-mart 1988-yil (1988-03-21) (36 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti (2009)
Kasbi bloger, jurnalist, tadbirkor
Mukofotlari

Kirill Altman 2019-yilda Oʻzbekistonning so‘nggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30 talik ro‘yxatiga kiritilgan. U shuningdek „Oltin qalam“ mukofotining 2023-yilgi gʻolib va sovrindorlaridan biridir.

2017-yildan YouTubedagi „Alter Ego“ mualliflik kanalining boshlovchisi. Unda Kirill Altman mashhur kishilardan intervyu oladi va hujjatli filmlar chiqaradi. „Alter Ego“ kanalidagi ayrim intervyulardan parchalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi roliklariga ham kiritilgan.

Tarjimayi holi tahrir

Kirill Altman 1988-yil 21-mart kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida tugʻilgan. Oʻzi bergan intervyuda aytishicha, Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan va oliygohda oʻqishi davomida qandaydir oʻziga xos, alohida aloqalar yoki malaka topmagan[2]. Rossiyalik hamkasbi Yuriy Dudning faoliyatidan ilhomlangan Kirill Altman 2017-yilda „Alter Ego“ YouTube-kanalini yaratadi. Kanalda u mashhur kishilardan intervyu oladi. Intervyu bergan bunday kishilar orasida Oleg Malginov, Jahongir Ortiqxoʻjayev, Alisher Qodirov[1], Murod Nazarov va boshqalar bor[3]. „Alter Ego“ kanalidagi ayrim intervyulardan parchalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi roliklariga ham kiritilgan[1].

Kirill Altman „Yuksalish“ umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda 2019-yilda tuzgan Oʻzbekistonning so‘nggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30 talik ro‘yxatiga kiritilgan[4][5].

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 2021-yilda Kirill Altmanni „Shuhrat“ medali bilan taqdirlagan[6][7][8][9]. Farmonda u bloger sifatida koʻrsatilgan. Ammo Kirill Altman blogerlik faoliyatidan oldin tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib, „Brandbox Branding“ grafik dizayn agentligi va „Days“ onlayn-doʻkoniga rahbarlik qilgan[3].

Kirill Altman „Oltin qalam“ mukofotining 2023-yilgi gʻolib va sovrindorlaridan biri boʻlib, „Internet tarmog‘ida eʼlon qilgan eng yaxshi materiali uchun“ yoʻnalishida g‘oliblar safidan joy egallagan[10].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Узбекистан продлит эпоху ренессанса“ (ru). Kommersant.uz (24-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  2. „Кирилл Альтман: как заработать на личном бренде в Узбекистане, сколько платят за пост в Facebook и что будет с Alter Ego“ (ru). Spot.uz (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „Кирилл Альтман награжден медалью «Шухрат»“ (ru). Spot.uz (25-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  4. „„Yuksalish“ harakati Oʻzbekistonning OAV va internet tarmogʻidagi jamoatchilik faollari Top-30 talik roʻyxatini tuzdi“. Daryo.uz (19-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  5. „«Юксалиш» назвал топ-30 общественных активистов“ (ru). Gazeta.uz (23-oktyabr 2019-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  6. „О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации“ (ru). Prezident.uz (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  7. „О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации“ (ru). Uza.uz (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  8. „Ijtimoiy sohalarda faoliyat yuritayotgan 266 kishi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi“. Kun.uz (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  9. „Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh faol fuqarolarni mukofotladi“. Daryo.uz (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.
  10. „„Oltin qalam“ mukofotining 2023-yilgi gʻolib va sovrindorlari aniqlandi“. Gazeta.uz (16-may 2023-yil). Qaraldi: 30-iyun 2023-yil.